[0:00]Salom, bitta bitcoin bugungi kunda 42 000 dollar turadi. Nega unaqa? Nega unaqa qimmat? U bitcoin o'zi nima u? Yana blokcheyn nima, kriptovalyutalar nima, bir-biri bilan qanaqasiga bog'liq? Bugun tushuntirib berishga harakat qilaman. Faqat bu videoni chalg'imasdan oxirigacha ko'rishingiz kerak bo'ladi, bo'lmasam bu narsani tushunmay qolishingiz mumkin. Va o'zi bugungi son sal jiddiyroq chiqqan, yana xuddi shu sabab chalg'imasdan hammasini tushunib olishingiz uchun. Fariz intro.
[0:30]Check. The grills in my mouth double as a freeze wheel. The grills in my mouth. Hozir blokcheyn ishlashini tushuntirib berishga harakat qilaman. Masalan, men Farizdan 5 so'mga bitta dutorni plastik karta yordamida xarid qilmoqchiman. Mening bankim, mening hisobimda rostdan ham 5 so'm borligini aniqlab, hisobimdan o'sha 5 so'mni yechib tashlaydi va Farizning bankiga yuboradi. Farizning banki esa, ana shu 5 so'mni uning hisobiga qo'shib qo'yadi. Va bu pul o'tkazmasi haqidagi ma'lumotni banklar o'zida saqlab qoladi. Banklar shunday qilib hayotimizni osonlashtirishadi, pul o'tkazmalarini amalga oshirishadi va hokazo. Va banklarga biz ishonamiz. Banklarga rahmat. Lekin dunyoda krizislar ro'y bergan paytida, ko'pincha banklar hamma bizning pulimizni yo'qotib qo'yishadi va pulni qaytarib olsa bo'lmaydi. Jack, everything and more. The worst day on Wall Street. What in the world is happening on Wall Street? Sabab, chunki hamma narsa bankning ichiga bog'langan va u yiqilsa, hamma qolgan narsa ham yiqiladi. Shuningdek, odamlar banklarning ishtirokisiz pul o'tkazmalarini qanday qilib amalga oshirish mumkin ekanligi haqida o'ylanib qolishdi. Ana shu payt blokcheyn paydo bo'ldi. Xo'p, to'xtab turinglar, video qiziqmi? Qiziq bo'lsa kerak. Shu degan umiddaman, hech bo'lmasam. Endi shu kabi videolarni chiqarishimizni davom ettirishimiz uchun yordaminglar kerak bo'ladi. Layk bosib qo'yishinglar kerak, obuna bo'lishinglar kerak va qo'ng'iroqchani iltimos, chertib qo'yinglar. Davom ettirishimiz uchun asosiy yordam mana shu bo'ladi. Rahmat. Blokcheyn bloklardan iborat zanjir deb tarjima qilinadi. Blokcheyn ham xuddi shu bank bajaradigan ishni bajaradi, faqat butun o'tkazmalar haqidagi ma'lumotni o'zining ichida saqlamasdan internetda hammaning ko'z o'ngida saqlaydi. Agar bank tizimida bank markaz deb hisoblansa, blokcheyn markazlashmagan tizim deb hisoblanadi, chunki u har bir kompyuterning ichida bo'ladi, internet orqali joylashgan bo'ladi har bir kompyuterning ichida va ma'lumot ham dunyodagi internetga ulangan har bir kompyuterning ichida joylashadi. Ya'ni, masalan, bankdagi ma'lumotni faqat bank ishchilari biloladi, to'g'rimi? Ha, ligi bank sirlarini faqat bank ishchilari biladi. Siz esa blokcheynga ulangan bo'lsangiz, blokcheynda hamma sodir bo'lgan narsalarni istagan bir kompyuter yordamida internetga kirib ko'rsangiz bo'ladi. Ana shu blokcheynda ishlatiladigan pul kriptovalyuta deyiladi. Eng birinchi paydo bo'lgan kriptovalyuta Bitcoin. Undan keyin yana bir arava har xil kriptovalyutalar paydo bo'lib keldi. Litecoin, Ethereum, Monero va hokazo. Masalan, Bitcoinnni oltin yoki dollar desangiz, qolgan kriptovalyutalarni rubl yoki yevro deb hisoblasa bo'ladi. Lekin ular haqida keyinroq. Demak, blokcheyn mana bunday ishlaydi. Bir xonaning ichida 10 ta odam bor deylik. Ana shu xonaning ichidagi odamlar har biri qog'ozchada Sa'dulloda beshta bitcoin bor deb yozib olgan. Endi men shu pulni Farizga bersam, xonadagi barcha odam qog'ozchalarida Sa'dulla Farizga beshta bitcoin berdi deb yozib qo'yadi. Sal keyinroq men Farizdan mana shu bitcoinnni qarzga so'rasam va u birdaniga manda uncha pul yo'q deb qolsa, xonadagi barcha odam Fariz yolg'on gapirayotganligini e'lon qiladi va aldashga yo'l qo'ymaydi. Blokcheyn ham xuddi shunaqa ishlaydi. Demak, har bir harakatingizni sizga o'xshagan boshqa foydalanuvchilar qo'llab turadi va bir paytda tekshirib turadi. Endi mana shu blokcheyn degan bitta katta tizim doim ishlab turishi uchun kuniga 24 soat Mayner degan apparatlar doim ishlab turadi. Kompyuterlar, faqat u siz o'rganib qolgan kompyuter emas, ya'ni ekrani yo'q, klaviaturasi yo'q, o'ynashsa bo'lmaydi unda. U kichik bir to'rtburchak doim tenglamalarni non-stop yechib turadigan kichik apparat. Endi bir savol tug'ilishi mumkin sizlarda. Bu maynerlarning foydasi kimga tegadi? Nega odam uni sotib oladi? Axir shuncha svet yeydi, energiya yeydi, shuncha pul sarflaydi. Foydasi nimada? Gap shundaki, shu maynerlarni yoqib qo'yib, blokcheyn tizimini qo'llab-quvvatlaganingiz uchun, siz mayneringizning quvvatiga qarab, ana shunga bo'lgan mos ravishdagi Bitcoinlar miqdori bilan mukofotlanasiz. Ya'ni, siz blokcheyn uchun quvvat berasiz, blokcheyn esa sizga shu uchun pul beradi. Keyin ana shu pulni yana blokcheyn ichida ishlatasiz. Demak, odamlar hech qanday banklarsiz o'zaro pul o'tkazmalarini ta'minlay oladi. Kim kimga qancha o'tkazdi, qayerga o'tkazdi, hammasini jamiyat ko'rib turadi. Endi tasavvur qiling, agar davlat, davlat budjetini birdaniga blokcheynga o'tkazib qo'yishganda edi, balki korrupsiyani ham yo'qotish imkoni paydo bo'lar edi. Masalan, u bu rivojlanish uchun ajratilgan pullarni hammasi qayerga ketganini, nimaga sarflanganini jamiyat ko'rib turgan bo'lar edi. Hozircha esa O'zbekistonda kriptovalyutani ayirboshlash yoki bir-birimizga o'tkazish usullari uncha rivojlanmagan, lekin an'anaviy pul o'tkazmalari bilan banklar yordam berishga har doim tayyor. Ana shunday banklardan biri O'z sanoat qurilish banki. Qisqasiga SQB. Agar u bu joyga yubormoqchi bo'lgan pulingizning miqdori 2000 dollardan oshsa, masalan, bo'lmasam O'z sanoat qurilish banki SWIFT xizmati yordamida xorijdagi u bu tanishlaringizga yoki masalan, u bu xorijiy tashkilot bilan shartnoma tuzgan bo'lsangiz, o'sha shartnomani to'lash uchun pulni qulay va arzon yo'l bilan yuborsangiz bo'ladi. Video tagidagi havolaga bosib, aniq bir pul miqdorini yuborsangiz, bankka yana necha pul komissiya to'lashingiz kerak ekanligini aniqlab olsangiz bo'ladi. Masalan, 100 dollar deb tersangiz, mana shu 100 dollarni o'tkazish uchun ustidan yana necha pul to'lash kerak ekanligini ko'rsangiz bo'ladi. Bosinglar, ishlatilar, yaxshi bank. Men ishlataman shu bankni. Hatto Fariz ham ishlatadi shu bankni. Ha, ha, Farizning ham puli bor. Xo'p, lekin kriptovalyutalarning salbiy taraf ham bor. Masalan, u hech qanday davlat organlari nazorati ostida turmagani uchun, uni Darknetda ishlatishadi. Darknet esa hamma noqonuniy bo'lgan narsalarni savdo qilish mumkin bo'lgan joy. Masalan, Darknetda giyohvand moddalarni sotadigan yoki hattoki odam savdosi bilan shug'ullanadigan shaxslar Bitcoin yoki boshqa kriptovalyutalarni hisob-kitob uchun ishlatishadi. Chunki Bitcoin blokcheynida, masalan, u bu joyga pul yuborganingizda yoki u bu joydan pul qabul qilganingizda, ism-sharifingizni ko'rsatish shart emas. Endi qarang, bu mavzu o'zi juda ham keng. Har xil kriptovalyutalar bor, hattoki har xil blokcheynlar bor va hamma shu mavzularni bitta videoning ichiga sig'dirib bo'lmaydi. Shuning uchun agar shu loyiha davom etishini xohlasangiz, fikringizni izohlarda qoldirib keting. Ana shundan keyin aniq bo'ladi, qiziqmi yoki qiziq emasmi sizlarga? Endi bitta juda ham muhim savol, nega Bitcoin shunaqa qimmat degan savol sizni qiynayotgan bo'lsa kerak? Hozir bo'ladi javob, ikkita sabab. Chunki u haypda va chunki Bitcoinning soni cheklangan. Satoshi Nakamoto degan shaxs, aslida u shaxs bir odammi yoki bir guruhmi nomalum. Xullas, Satoshi Nakamoto degan shaxs Bitcoinni kashf etgan, chiqargan va chiqargan payti uning miqdorini 21 millionta Bitcoin bilan cheklab qo'ygan. Endi qarang, bozorning bir teoriyasi bor. Agar taklif pasaysa, talab oshadi. Shunday qilib, odamlar dunyoda kriptovalyutalarni qancha ko'p mining qilsa yoki qancha ko'p savdo qilsa, ayniqsa davlatlar yoki katta tashkilotlar qancha ko'p shu kriptovalyutalarni ishlatsa va u haqida gapirsa, hayp shu bilan birga oshadi, talab oshadi va shu bilan birga narxi. Aslida bundoq qarasanglar, hattoki dollar ham o'ziga bo'lgan talabni xuddi shunday usul bilan ushlab turadi hozirgi kunda. Tasavvur qiling, agar butun dunyoda odamlar birdaniga dollarni ishlatmay qolsa. Uning narxi tushib ketmaydi deb o'ylaysizmi? Bu haqida ham fikringizni izohlarda yozib ketsangiz bo'ladi. Hozircha shu. Ketdik pastga, suhbatlashamiz. The grills in my mouth, double as a freeze. The grills in my mouth, double as a freeze.



