Thumbnail for Нега чарчаймиз? | Доктор Гулбаҳор by Doktor Gulbahor

Нега чарчаймиз? | Доктор Гулбаҳор

Doktor Gulbahor

24m 21s2,215 words~12 min read
YouTube auto captions
Transcript source

YouTube auto captions

This transcript was extracted from YouTube's auto-generated caption track. The transcript below is server-rendered so it can be read, searched, cited, and shared without opening the original YouTube player.

Timestamped outline
Pull quotes
[0:00]Charchoq shunchaki dam yetishmasligi emas, tanangiz bong urayotganini eshitasizmi?
[0:00]Kun boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham charchasangiz, bu organizmdagi jiddiy muammo belgisi bo'lishi mumkin.
[0:00]Mitoxondriyalarning faolligi 30 yoshdan so'ng pasaya boshlaydi va 50 yoshda 50% ga tushadi.
[0:00]Har gal stressga tushganingizda tanangiz uch kunlik energiya zaxirasini yo'qotadi.
Use this transcript
Related transcript hubs

[0:00]Assalomu alaykum. Har kuni uxlasiz, lekin sizni charchog'ingiz tugamayapti. Nimadan deb o'ylaysiz? O'zi aslida siz rostanam dam olganmisiz, yo faqat ko'zingizni yumib yotibsizmi? O'zingizni qachondan beri akkumulyator o'tirib qolgan telefonga o'xshatasiz? Charchoq shunchaki dam yetishmasligi emas, tanangiz bong urayotganini eshitasizmi? Kun boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham charchasangiz, bu organizmdagi jiddiy muammo belgisi bo'lishi mumkin. Buni ustiga kofe ham sizga yordam bermayapti. Nega energiyangiz tiklamayapti? Yuqorida aytayotgan holatlarim sizga tanishmi? Uxlab turganingizda ham charchoq sizni tark etmayaptimi? Amaliy faktlarga o'tamiz. Har ikki-uch odamdan biri surunkali charchoqdan aziyat chekar ekan. Va qizig'i, ularni 60% buni normal holat deb o'ylar ekan. Mitoxondriyalarning faolligi 30 yoshdan so'ng pasaya boshlaydi va 50 yoshda 50% ga tushadi. Har gal stressga tushganingizda tanangiz uch kunlik energiya zaxirasini yo'qotadi. Yuqorida sanaganlarimdan qaysi biri sizda bor? Agar ikki va undan ko'proq aytganimga ha menda bor desangiz, bu aynan siz uchun. Bu suhbat sizning tanangiz uchun javob hisoblanadi. Nima uchun charchaymiz? Demak, charchoqning sabablari to'rt darajada tuziladi. Birinchisi, turmushga oid sabablar. Ikkinchisi, hujayraviy sabablar, ya'ni bizning har bitta to'qimamiz, organlarimiz hujayralardan tuzilgan. Aynan mana shu hujayraning ichida energiya ishlab chiqaruvchi organellarimiz mavjud. Shulardan eng kattasi mitoxondriyalar. Aynan mitoxondriyalardagi buzilishlar, nutrientlar tanqisligi va oksidativ stress. Keyingi eng katta sabab bu neyroendokrin buzilishlar. Ya'ni gipofiz-gipotalamus o'qining buzilishi, qalqonsimon bezdagi o'zgarishlar, buyrak usti bezining charchash sindromi. Keyingi eng katta sabab bu ichki muhit va ruhiy sabablar, ya'ni disbioz, toksinlar, stress, dofaminni regulyatsiyasining buzilishi. Ko'rdik-a, to'rtta asosiy sabab. Endi hamma sababni sekin-sekin yoritib o'tishni boshlayman. Eng katta sabablardan biri bu turmush tarziga oid sabablar. Bu nima? Birinchi, bizning dangasaligimiz. Ya'ni insonda jismoniy faollik yetishmovchilik natijasida qon aylanish pasayadi. Bilamiz, jismoniy faollik nima uchun kerak? Ibn Sino tabobatida bu uchinchi-to'rtinchi hazmdan hosil bo'lgan chiqindilarni chiqarib yuboradi. Agar kimda-kim to'g'ri ovqatlansa-yu, lekin jismoniy faolligi bo'lmasa, u ko'proq kasal bo'ladi. Demak, jismoniy faollik biz uchun eng kerakli bo'lgan narsa hisoblanadi. Va albatta, jismoniy faollik yetishmasa qon aylanish suyadi, mitoxondriyalarning faolligi pasayadi. Mitoxondriyalar bu elektr energiyasi stansiyasi. Ularning soni va faolligi charchoq bilan juda ham bog'liq. Qancha kam harakat qilsak, shuncha mitoxondriyalar energiyani kam ishlab chiqaradi va biz albatta charchashga muhtoj bo'lamiz. Keyingisi, hozirgi kunda eng avj olgan narsa bu ovqatlanishimizdagi xatolar. Uglelarning haddan tashqari ko'p iste'mol qilinishi, oqsil va yog'ning kam bo'lishi, bizdagi energetik buzilishga sabab bo'ladi. Chunki shirinliklar va pishiriqlar avvaliga yaxshigina energiya beradi, keyin esa xuddi shunday keskinlik bilan energiyaning pasayishiga sabab bo'ladi. Va albatta, bunday yuqori va pastki keskin-keskin glyukozani qondagi pasayishi va ko'tarilishi insulin rezistentligiga olib keladi. Bundan tashqari bizning energiyamiz, ya'ni mitoxondriyalar asosan energetik ozuqani ikki xil narsadan, yog'lardan va uglevodlardan oladi. Haddan tashqari uglevodlarning ko'p kirishi va energiya asosan uglevodlar hisobiga bo'lishi organizmda erkin radikallarning ko'payishiga olib keladi. Bu esa bizda surunkali charchoqqa sabab bo'ladi. Bular fiziologik yoki bizning kam harakatligimiz va turmush tarzimiz sababli paydo bo'luvchi charchoqlar edi. Keyingilari endi patologik, ya'ni hujayra darajasida yoki ruhiy bosimlar ostida paydo bo'ladigan charchoqlar hisoblanadi. Bulardan birinchisi mitoxandrial disfunksiya. Ya'ni hali aytdik, mitoxandriya hujayralarning elektr energiyasi stansiyasi hisoblanadi. Agar u yaxshi ishlamasa, ATF energiyasi yetishmaydi. Bemorda mushakning zaifligi, energiya tugashi, jismonan, ruhan, aqlan ham charchoq kuzatiladi. Buning asosiy sababi oksidativ stress, nutrientlarning tanqisligi va viruslar hisoblanadi. Albatta, buning sababini aniqlab, tekshiruvlar qildirish kerak va qo'shimcha ravishda har bitta aytgan narsamga avvaldan ta'kidlay: mutaxassis tashxis qo'yadi va davolash protokolini ham mutaxassis yozadi. Men esa sizlarga qo'shimcha narsalar taklif etib ketaman. Mitoxandriyani disfunksiyasini sababini aniqlab, masalan, noto'g'ri ovqatlanishmi, oksidativ stressmi, nutrientlar yetishmayaptimi, virusli yuklamami, yaxshilaymiz, sababga kirishamiz va koenzim Q10, L-karnitin, magniy, alfa-lipoy kislotalarni ratsionimizga qo'shamiz. Va albatta, har bitta kasallikning negizida baribir ham sog'lom turmush tarzining buzilishi yotadi. Shuning uchun ham tabobat nuqtai nazaridan sitta-yi zaruriya, ya'ni olti zarur shartni albatta to'g'rilab, keyin men aytgan narsalarni qo'shsangiz, demak, surunkali charchoqdan inshaalloh qutilib ketasiz. Keyingisi gipoteroz, ya'ni qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi ham insonlarda surunkali charchoqqa sabab bo'ladi. Nimaga? Chunki qalqonsimon bez gormonlari bu metabolizmni boshqaradi. Agar metabolizm yaxshi bo'lmasa, xohlaymizmi, xohlamaymizmi, mushaklarning zaifligi, qonning kamayishi, energiyaning tugashi, jismonan, aqlan charchoq paydo bo'ladi. Bemorni ich qotishi, sovqotishi, vaznning ortishi, aniqrog'i shishish, terilarning quruqshashi, charchoq, aqliy zaiflik, ya'ni aqlning nima deydi, aqliy zaiflik emas, charchash, ya'ni aqliy charchoq kuchliroq bo'ladi. Endi bunda endokrinologga uchraymiz, qalqonsimon bezni tekshirtiramiz va davosini endokrinolog belgilaydi. Qo'shimcha ravishda biz selen qabul qilishimiz mumkin, vitamin B guruhi kamqonlik bo'lsa, kamqonlikni yaxshilashimiz kerak bo'ladi. Keyingisi buyrak usti bezining charchog'i, adrenal charchoq. Demak, kortizol uzoq vaqt yuqori bo'lib, ya'ni biz taqdirdan norozi bo'lishimiz yoki arzimagan stresslarni ham haligi pashshadan fil yasashimiz, yoki bo'lmasam ketma-ket kelgan sinovlarga chidash bera olmasligimiz va hokazo, hokazo juda ko'p sabablar tufayli o'zimizdagi kortizol zaxiralarini ishlatib yuboramiz. Natijada kortizol uzoq vaqt yuqori bo'ladi, keyin pasayib ketadi va bu doimiy charchashga, ayniqsa kunduzgi energiyaning kamayishiga olib keladi. Bemorda ertalabda charchoq, kechasi uyqusizlik, yarim kechasi uyg'onib ketish kabi simptomlar paydo bo'ladi. Endi tekshiruvni endokrinolog qiladi, bunda, demak, so'lakdan, siydikdan, qondan to'rt martalab, bir marta emas, kortizol degat tekshiruvlar bo'ladi va qolganini mutaxassis belgilaydi.

[8:50]Yechimida qo'shimcha nima qilamiz? Ashvaganda, radiola, melatonin va dam olishni tiklash va vitamin C ga e'tibor berish, albatta sog'lom turmush tarzi bilan. Keyingi sabab bu insulin rezistentligi, ya'ni insulinga sezuvchanlikning ortishi.

[9:08]Bu yerda nima bo'ladi? Insulin, demak, bizda juda ko'p, lekin hujayra uni sezmaydi. Natijada hujayraning tashqarisida qonda rosa shakar, ya'ni ko'p bo'ladi, hujayraning ichida esa glyukoza kam bo'ladi. Bu esa energiyani kamayishiga olib keladi. Qanaqa simptomlar bo'ladi? Gipoglikemiya, giperglikemiya, asabiylik, dam olishdan so'ng ham charchoq va qo'shimcha qandli diabetning belgilari ham sekin-sekin paydo bo'lishi mumkin. Endi albatta, buni ham endokrinolog davolaydi, o'zining maxsus tekshiruvlari bor, insulinda glyukozani tekshiradi va albatta, nimalarga e'tibor berishimiz kerak? Imkon qadar past uglevodli parhez, berberin, alfa-lipoy kislota, sog'lom turmush tarzi, harakat, oqsil va ko'katlarga kattaroq e'tibor berishimiz kerak bo'ladi. Keyingi sabablardan biri ichakdagi disbioz, ya'ni bizning katta qismimiz bo'lgan, biz bilan yashovchi mikrobiotaning buzilishi yallig'lanishga sabab bo'ladi. Va natijada organizmda turli nutrientlar, vitaminlar, minerallarning buzilishi va so'rilishi va ishlab chiqarilishi buziladi. Bu esa bizda ich ketishiga yoki qabziyatga, qorinda gaz bo'lishiga, ongimizning tuman bo'lishiga, surunkali charchoqqa olib keladi. Albatta, buni terapevt yoki gastroenterolog tekshiradi va buning yechimlari shifokorga qo'shimcha ravishda probiotiklar, kversetin, glyutamin, ya'ni ichak o'tkazuvchanligini yaxshilash, to'g'ri ovqatlanish va albatta, shujak chorva va kletchatkalar. Keyingi katta ta'sir qiluvchi narsa bu sistemali yallig'lanish. Yallig'lanish har doim mitoxondriya faolligini pasaytiradi va bemorda surunkali charchoq, tanada og'riq, uyqudan to'ymaslik paydo bo'ladi. Nima qilamiz? Demak, birinchi o'rinda surunkali yallig'lanishning sababini yo'qotamiz. Sababi juda ko'p, buni o'zimiz qila olmaymiz, bu tekshiruvlarni profilaktik vrachlar qiladi. Biz qo'shimcha nima qilishimiz mumkin? Omega-3 ni ratsionga kiritamiz, kurkuma, ziloniy choy va albatta uglevodlardan parhez. Keyingi eng katta charchoqning sababchilaridan biri bu vitamin D ning tanqisligi. Vitamin D bu progormon, azizlarim. Vitamin D ning immunitet va energiyani tartibga soluvchi xususiyatlari bor. Buning yetishmovchiligini qanaqa simptomlar bor? Depressiya, suyak zaifligi, charchoq. Tekshiruvda, demak, 25-OHni tekshiramiz laboratoriyada. Va yechim nima? Demak, avvalambor, vitamin D ga boy bo'lgan ovqatlarni ratsionga kirgizamiz. Va ovqat bilan, quyosh bilan buni korreksiya qilishimiz qiyin, albatta. Vitamin D3 K2 formasi shifokor tavsiyasi bilan. Ma'lum miqdorda va ma'lum oylarda. Buni davolovchi dozasi bor, hamda ushlab turuvchi dozalari bor. Shuning uchun o'z bilarmonchilik bilan qabul qilishni taklif qilmayman. Chunki bu vitamin D ning haddan tashqari ko'p bo'lishi ham buyraklarni tosh bog'lashiga, qon tomirlarning kalsinatsiyaga sabab bo'ladi. Shuning uchun hamma narsaning normasi yaxshi. Keyingisi dofamin charchog'i, ya'ni hozirgi kunda mana moda bo'lgan, hammamiz gadjet qaramligiga o'rganib qolganmiz, to'g'rimi? Mana shu gadjetdan tez-tez foydalanish dofaminni qo'llab qo'yadi, ya'ni katta-katta-katta dofamin beradi. Keyinchalik apatiya rivojlanadi, hech narsa qilgim kelmayapti degan narsa va bemorda motivatsiyaning tushishi, zavqlanmaslik, charchoq paydo bo'ladi. Shuning uchun ham dofamin charchog'ida, gadjet qaramligida nima qilamiz? Dofamin detoksi, ya'ni gadjetlarni yo'qotamiz. Gadjetdan foydalanishni cheklaymiz. Tirozin va badan tarbiya, tabiat qo'ynida dam olish, albatta bunga e'tibor berish kerak. Hozirgi kunda ko'pchiligimiz mana shu dofamin qarmog'iga tushib qolganmiz gadjetlar orqali. Keyingi eng katta sabablardan biri vitamin B12 va folat tanqisligi. Metillanish, ya'ni jigarning o'zining detoksning turlari, fazalari bor, xuddi shunday metillanish jarayoni pasaysa, bunda, demak, DNKning sintezi va moddalar almashinuvi buziladi. Bemorda hushning, ongning past bo'lishi, depressiya, charchoq paydo bo'ladi. Endi nimalarni tekshiramiz? Vitamin B12 ni tekshiramiz, gomotsisteinni tekshiramiz va holatga qarab metil B12, metil folat, vitamin B kompleksi buyuramiz. Keyingi eng katta charchoqning sabablari bu kandidoz, bizning ichagimizda, bizning badanimizda, kerak bo'lsa, jinsiy organlarimizda yashovchi, albatta, kandidalar hammasi zararli emas. Candida albicans bor, ya'ni ko'proq shu ta'sir qiladi bizga. Bu nima qiladi? Asetilaldegid singari toksin chiqaradi, ko'ryapsizlarmi? Ichak ikkinchi miya, kerak bo'lsa, miyani ham boshqaradi bu. Natijada bo'shashish, turli kandidaga xos o'zgarishlar, allergik fon, ongning xiralashishi, boshning tuman bo'lishi boshlanadi. Tekshiruvni profilaktik shifokor yoki gastroenterolog qiladi va antikandidniy dieta birinchi o'rinda probiotiklar bilan. Xo'p. Keyingi charchashimizning sabablaridan biri bu sirkad ritmining buzilishi, ya'ni, ayniqsa, shaharda, endi qishloqlarda u darajada emas, shaharda, bemorlarning ichida ham juda ko'pida, mana shu garmonal buzilish bor insonlarda, juda ko'pida, soat 12:00-1:00 gacha uxlamaslik va kunduzgi turmaslik paydo bo'ladi. Bu nimaga sabab bo'ladi? Melatonin kortizol ritmi buziladi, ya'ni kechqurun soat 9-10 dan keyin melatonin ishlab chiqarish kuchayadi, 11:00-12:00-1:00 da pikka yetadi, keyin joyini kortizolga ajratib beradi. Bizda teskari bo'ladi, kortizol ko'payadi, ertalabga yaqin melatonin ko'p kamayishi o'rniga, ikkovida disbalans bo'ladi. Shuning uchun ham kechqurun uxlay olmaydi, ertalab tetik bo'la olmaydi. Nima qilishimiz kerak? Demak, yechimi, albatta, shifokorga uchraymiz. Melatonin qabul qilamiz, ekranlarni o'chiramiz. Kechqurunga borganda miyani ishlataydigan darslar, qanaqadir qayg'uli kinolar, seriallar ko'rmaymiz. Qorong'u gigiyenasiga amal qilamiz. Ya'ni svetlarni o'chirib, ayniqsa oq yoki ko'k lampalar uyquni buzadi, sariq lampalar ko'proq uyquni kamroq buzadi.

[16:52]Shuning uchun qorong'u, qorong'ulikda melatonin yaxshi ishlab chiqariladi. Tunni dam olish rejimiga amal qilamiz. Estrogen yetishmovchiligi ayollarda surunkali charchoqning sabablaridan biri, ya'ni estrogen yetishmovchiligi. Estrogen bu ayollar go'zalligi, ayollarning qaddiqomati, ayollarning yoshligi. Buning yetishmovchiligi mitoxandrial disfunksiyaga va dofamin buzilishiga olib keladi. Shuning uchun bunaqa vaqtda kayfiyatning buzilishi, tez charchash, xotiraning susayishi paydo bo'ladi. Albatta ginekologga ko'rinamiz, ginekologning tavsiyalari bilan fitogarmonlar, masalan, hell bal ishlatishimiz mumkin yoki bo'lmasam zig'ir, soya mahsulotlari, fitoestrogenlarga boy, magniy, omega-3 ichamiz. Keyingi charchoqning sabablari bu virusli yuklama. Virusli yuklama mitoxondriyalarni doimiy charchatadi. Va bemorda doimiy charchoq, limfa bezlarining shishishi paydo bo'ladi, ayniqsa Epstein-Barrda. Endi buni virusolog ko'radi va kerakli lecheniyani buyuradi. Biz nima qilamiz? Qo'shimcha ravishda ashvaganda, immunomodulyatorlar, vitamin C, glyutation, holatga qarab va kerak bo'lsa, demak, virusga qarshi preparatlar buyuriladi. Keyingi surunkali charchoqning sababchisi bu elektrolit tanqisligi, ya'ni kaliy, magniyning yetishmovchiligi. Nimaga? Chunki magniy ATF bilan bog'liq holda faol bo'ladi. Kaliy hujayraviy balans uchun juda ham muhim. Shuning uchun kaliy, magniy, natriyning muvozanatining buzilishi ham charchoq, mushak zaifligi, yurak urishidek o'zgarishlar, taxikardiyaga olib keladi. Kardiologga uchraymiz, tekshiruvlar qilamiz, lecheniyasini olamiz. Qo'shimcha avokado, banan, magniy bisglitsinat yoki sitrat, suv me'yori va ishqorlashtiruvchi suvlar iste'mol qilamiz. Keyingi surunkali charchoqning sababi bu glyutation tanqisligi. Glyutation bu jigar detoksining gultoji hisoblanadi. Asosiy antioksidant. Bu zaharli moddalarni chiqarib yuboruvchi narsa hisoblanadi, modda hisoblanadi. Endi buning yetishmovchiligi surunkali charchoqqa olib keladi. Chunki detoksni nima bajaradi? Jigar bajaradi. Shuning uchun jigar detoksi buzilsa, ichak detoksi buzilsa, buyrak detoksi buzilsa, hammasi surunkali charchoqqa sabab bo'ladi. Xo'p, demak, bemorda nima bo'ladi? Turli xil, masalan, toshmalar bo'lishi, teridagi buzilishlar, doimiy og'irlik hissi va hokazolar. Davolashni shifokor buyuradi. Qo'shimcha holatga qarab glyutation qabul qilish mumkin, alfa-lipoy kislotasi va, demak, oltingugurtga boy bo'lgan ozuqalar bular karam, gulkaram, aysberg karami va hokazolar. Keyingi surunkali charchoqning eng katta sabablari bu toksik metallar bilan zararlanish. Bular nima? Simob, qo'rg'oshin, alyuminiy. Bular hujayraviy fermentlarni bloklaydi, mitoxondriyani dabdalasini chiqaradi. Shuning uchun bemorda bosh og'rig'i, ongning tuman bo'lishi, mushak zaifligi kuzatiladi va albatta buni profilaktik, moshniy, zo'r nima deydi, mutaxassis ishlaydi.

[20:44]Tekshiruvlar bilan ham xilatorlar qo'llaydi va antioksidantlar bilan ishlaydi. Keyingi eng katta sabab bu kamqonlik.

[20:55]Bilamiz, bizda, demak, kislorodni tashish vazifasini nima bajaradi? Gemoglobin, eritrotsit bajaradi. Albatta, kislorod yetib bormagandan keyin nima bo'ladi? Surunkali charchoq paydo bo'ladi. Temirning tanqisligi, oqsil tanqisligi, umuman organizmdagi makro-mikronutrientlar defitsiti bu charchoqqa olib keladi. Shuning uchun oqsil kammi, albatta charchaydi. Temir kammi, charchaydi. Sink kammi, charchaydi. Shuning uchun albatta charchoqda nutrientlarning balansini, vitamin kammi, charchaydi. Antioksidant kammi, charchaydi. Hammasini, demak, imkon qadar to'g'irlab qo'yish kerak bo'ladi. Psixogen charchoqlar, ya'ni doimiy stresslar, doimiy ichki tanqid, doimiy e'tirofsizlik yoki oiladagi ziddiyatlar yoki ishxonadagi ziddiyatlar yoki doimiy bosimlar, bu ham eng katta charchoqning sababchisi hisoblanadi. Shuning uchun bemorda nima bo'ladi? Hech narsadan ko'ngli to'lmaydi, qiyin hayot, motivatsiya yo'q. Albatta, bunda psixolog ishlaydi, psixiatr ishlaydi. Nafsni tozalash, ibodat, zikr, hayotdan xursand bo'lish, qazo-qadarga rozi bo'lish. Bu eng katta nima deydi, muammo hisoblanadi. Ya'ni mana shu psixologiya ham, stresslar ham, depressiya ham charchoqning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Keyingi charchoq bu antibiotiklardan keyingi charchoq. Nimaga? Chunki antibiotiklar ichak mikrobiomini o'ldiradi, bilamiz. Bu ayab o'tirmaydi, yaxshi mikrob, yomon mikrob, do'st mikrob, dushman mikrob demaydi, bir boshdan qirib ketadi. Natijada disbioz paydo bo'ladi, yallig'lanish paydo bo'ladi. Surunkali yallig'lanish, hali aytdim, charchoqqa olib keladi. Xo'p, demak, yechimini gastroenterolog ishlaydi. Probiotiklar, prebiotiklar, ichakni tiklash va hokazolar: sink, glutamin. Keyingisi, demak, jigar detoksining buzilishi. Hali aytdim, demak, jigar, buyrak, ichak, teri bu eng katta detoks organlar. Bularning buzilishi, albatta, surunkali charchoqqa sabab bo'ladi. Shuning uchun bemorda har doim jigar detoksini qo'llab-quvvatlab turish kerak bo'ladi. Keyingi katta sabablardan biri ovqatni o'zlashtira olmaslik. Bu nima degan? Glyutenga sezuvchanlik, kazeinga sezuvchanlik, laktaza yetishmovchiligi. Bu ham immunitetni noto'g'ri ishlashiga va yallig'lanishni kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

[23:36]Bemorda qanaqa o'zgarishlar? Ichakning buzilishi, goh ich o'tishi, goh ich qotishi, qorin dam bo'lishi, qorinda og'riq bo'lishi, terining yomonlashishi, rangining o'chishi, charchoq va hokazolar. Endi, albatta, gastroenterolog shug'ullanadi, tashxislarni u qo'yadi, eliminatsion dieta qiladi, probiotiklar, fermentlar va hokazolar bilan ishlaydi. Azizlar, bugungi yetkazmoqchi bo'lgan ma'lumotlarim shulardan iborat edi. Agar suhbatim yoqqan bo'lsa, layk bosishni, obuna bo'lishni va meni qo'llab-quvvatlashni aslo unutmang. Ha aytgancha, agar sizda shu va shunga o'xshagan belgilar bo'lsa, tashrif buyuring. Inshaalloh, qo'limdan kelgancha davolashga yordam beraman.

Need another transcript?

Paste any YouTube URL to get a clean transcript in seconds.

Get a Transcript