Thumbnail for Makkajuxori va Sabzi urugini ekgan Nasriddin Afandini nayranglari Barcha turdagi uruglar33 301 90 90 by BREND URUG'LAR UZ

Makkajuxori va Sabzi urugini ekgan Nasriddin Afandini nayranglari Barcha turdagi uruglar33 301 90 90

BREND URUG'LAR UZ

11m 33s750 words~4 min read
Auto-Generated

[0:03]Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Nasriddin Affandining uch-to'rt botmon yeri bor ekan. U ana shu yerda dehqonchilik qilib ro'zg'or tebratarkan. Lekin dala katta bo'lgani uchun, bir o'zi mehnat qilishga qiynalib qolibdi. Bitta yordam bo'lgandami, sira qiynalmagan bo'lardim. Bu Nasriddinning qo'shnisi Qudrat Boyvachcha. O'ta qo'rs, hasis va laqma odam. Hoy Nasriddin kallang ishlamaydi seni. Bunaqangi jaziramada hatto mening eshagim ham tushda salqinlab yotadi. Ha tentak.

[0:59]Hali ham ishlayapsanmi? Bu kuningdan battar bo'l. Shunaqami hali? Shoshmay tur. Ey seni. Ha. Piching gap kimning ham nafsiniyatiga tegmaydi deysiz. Hangoma ana shu kundan boshlandi. Hoy Nasriddin nima qilyapsan? Sendan gap so'radim. Nima balo aqldan ozdingmi? Hoy tentak gapirsan chog'i. Ha. Halat bermang boy otajon. Men tezroq xazinani topishim kerak. Nima? Ha tentak.

[1:38]Xazina. Qanaqa xazina? Yo'q, buni sizga ayta olmayman. Jon Nasriddin ayta qol endi. Yo'q, ilojim yo'q. Endi bu sirni tagiga yetmasam o'lib qolaman. Qo'ymadingiz, qo'ymadingiz-da. Lekin bu sir oramizda qolsin boy ota. Kelishdik. Birovga aytsam til tortmay o'lay. Otam rahmatli tushimga kirib, men ko'mgan xazinani topsang kam bo'lmaysan dedilar. Ana xolos. Menimcha xazina mana shu yerga ko'milgan bo'lishi kerak. Dalani bir chetdan ag'daraveraychi, topilib qolar. Kel, senga o'zim yordam beraman. Xazinani bo'lishamiz. Qo'ying boy ota, xazina o'zimga kerak. Ey ol, degancha, qani. Ey, boy ota. Shunday qilib Qudratboy kunni kun, tunni tun demay ishlayveribdi.

[2:44]Ey tovba. Boylikni qudratini qarang, qoyil qolmasdan ilojing yo'q.

[2:52]Iye, bir nima topdi shekilli. Qudratboy ikki kun tinimsiz ishlab, kattagina dalani chopiqdan chiqaribdi. Xazina yo'q-ku. Balki otam xazinani dalaga emas, boqqa ko'mgandir. Ha. Boqni ham kovlaymiz. Mayli boy ota, mehnatingiz zoya ketmasin. Bu yerga jo'xori bilan sabzi ekib qo'yamiz. Nima dedingiz? Menga farqi yo'q. Ha. Qudratboyning ko'zi ko'rmas, qulog'i eshitmas, xayoli faqat xazinada edi. Nasriddin ham tekin dastyordan unumli foydalanishga harakat qilardi. Ertasi kuni ham Qudratboy sahar mardondan Nasriddin Afandining bog'iga kelib g'ayrat bilan ishlay boshlabdi. Bog'qa suv keltirib sug'orsak, yer yumshaydi. Keyin xazinani topishimiz oson bo'ladi. Bo'pti. Ariqni tozalamasak suv oqmaydi, boy ota. bunga kamida to'rt oy vaqtimiz ketadi. Balki bitta-yarimta yordamga chaqirarmiz? Yo'q, yo'q, kerak emas. Sherikni ko'paytirib nima qilasan? O'zimiz tozalaymiz. O'zimiz. Qudratboy bilan Nasriddin bir necha kun tinmay ishlab, ariqni xas-xashak, tosh-tuproqdan tozalashibdi. Mana endi dalani ham, bog'ni ham sug'orsa bo'ladi. Shoshmang. Qudratboy yana ishga kirishib ketibdi. Unga har bir daraxtning tagiga xazina ko'milgandek tuyularkan. Buni nima qilasan Nasriddin? Mana shu niholning qaddini tik qilib, shu yog'ochga bog'lab qo'ysak, u to'g'ri o'sib baquvvat daraxt bo'ladi. Agar shu holicha qoldirsak, u qiyshayib sinib ketishi mumkin. Bu orada dalaga ekilgan jo'xori bilan sabzi ham mo'l hosilga kiribdi. Sen meni ahmoq qilyapsan shekilli. Bu yerda ham hech narsa yo'q. O'zim ham hayronman. Balki otam xazinani boshqa yerga ko'mgandir. Endi nima qilamiz? Xazinani albatta topamiz. Lekin avval jo'xori bilan sabzini yig'ishtirib olaylik. Yaxshi. Kel endi, jo'xorining hosilini bo'lishamiz. Roziman. Boy ota, siz mayli jo'xorining so'tasini oling, menga poyasi ham bo'laveradi. Nima dedingiz? Ha. Meni laqilataman deb ovora bo'lsang, poyasini men olaman. Chunki u ko'proq. Ha.

[5:46]Ixtiyoringiz boy ota.

[6:02]Ha. Ha. Ha. Affandini boqib laqillatdim. Hosilning ko'pi menga tegdi. Voy ahmoq ey.

[6:18]Ha kelinglar, jo'xoridan olib qolinglar. Koping besh tangadan bo'ldi. Olinglar, olinglar, olinglar. Ha. Jo'xoripoyaga kelib qoling. Olib qoling. Bir bog'ini o'n tangadan sotaman. Sotaman-u ketaman. Kelib qoling, jo'xoripoyaga. Jo'xoripoyani bog'ini o'n tangadan sotamiz. Esini yeganmi bu boy. E, Qudratboy, jo'xoripoyani bu yerda emas, mol bozoriga olib borib sotish kerak edi.

[6:54]Yo'g'a. Savdoga baraka boy ota. Ha. Xop desang, bir tangaga olaman g'aramingni. Xop. Umrida mehnat qilmagan, jo'xorining so'tasi qimmatroqmi, yoki poyasimi, farqiga bormaydigan boyga izza bo'lgani juda alam qilardi. Hoy pandavaqi. Sen shu holingda meni chuv tushirib o'tiribsan-a? Iye, qiziq ekansiz-ku boy ota. Axir jo'xorining poyasini o'zingiz tanladingiz-ku. Ko'ramiz, endi kim g'olib bo'larkan. Ha, bu safar ham tanlash sizdan. Ha.

[7:50]Yerning ustidagisi meniki, tagidagisi seniki. Aqlingizga qoyilman. Keling, keling.

[8:14]Kelib qoling, olib qoling. Yangi sabzining bir qopini besh tangadan sotaman. Menga bir qop. Oling, oling. Kelib qoling, sabzi bargiga bir bog'ini o'n tangadan sotaman, kelib qoling.

[8:35]Ha. Savdoyingizga baraka, boy ota. Ha, yolg'onchi, firibgar. To'xta. to'xta. Yana meni aldadiding-a.

[10:11]Sen otangning davlatida mehnat nimaligini bilmay o'sgansan. Xoroz bedana urishtirib, undan qolgan merosni ham sovurib yubording. Ochko'zliging va ahmoqliging tufayli shu ahvolga tushib o'tiribsan. Endi aqlingni yig'ib ol. Soqchilar. Mana buni olib chiqib tashlanglar. Qani. Qo'yib yuboringlar. Qo'yib yuboringlar. Bu pullar halol mehnatim evaziga berilgan pullar. Qo'yib yuboringlar. Rahmat sizga taqsir. Sen ham bora qol. Turi. Mana sallingiz.

[10:48]Birovlarni masxara qilish yaxshi emas. Rahmat senga Nasriddin. Ha. Mana bu esa sizning ulushingiz. Oling. Oh. Kechir meni Nasriddin. Endi hech kimni kalaka qilmayman. Shunday qiling, boy ota. Baraka topasiz.

[11:23]Azizlar, mehnat bilan topilgan halol pul juda qadrli bo'ladi.

Need another transcript?

Paste any YouTube URL to get a clean transcript in seconds.

Get a Transcript