[0:03]1941-yil, Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Franklin Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Churchill Atlantika xartiyasini imzolashadi. Xartiyada Amerika Qo'shma Shtatlari va Birlashgan Qirollik natsizmga qarshi kurashishga kelishib olinadi. 43-yilga kelib Tehran konferensiyasida Ruzvelt, Cherchel va Stalin Germaniyaning urushdan keyingi taqdirini belgilashadi. 6-iyun 1944-yilda ikkinchi front ochiladi. Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Kanada hamda ularning ittifoqdoshlari Normandiyaga desant tushiradi. Ikkinchi frontni ochish orqali natsistlar kuchi ikkiga bo'linishi kerak edi. Bu degani SSSRga qarshi yurish yoki bosim deymizmi, biroz susayishi kutiladi. 12-sentyabr 1944-yilda Gitler mag'lub bo'lgan taqdirda, Germaniyani uchta zonaga bo'lib, okkupatsiya qilish yuzasidan Londonda uchrashuv o'tkaziladi. Yalta konferensiyasida esa Yevropaning yangi chegaralari belgilanadi. Germaniyani okkupatsion zonalarga bo'lib olish taraflar tomonidan tasdiqlanadi va Amerika hamda Britaniya zonalari hisobidan fransuzlarga ham okkupatsion zona taqdim qilinadi. 30-aprel 45-yil Adolf Gitler o'z joniga qasd qiladi. Germaniyaning hokimiyati Grossadmiral Karl Dönitzga o'tadi. 7-may kuni General-polkovnik Alfred Yodl fransuzlar shahri Reimsda Germaniya harbiy kuchlarining so'zsiz taslim bo'lishi to'g'risidagi aktni imzolaydi. Ammo Stalinning qistovi bilan so'zsiz kapitulyatsiya to'g'risidagi akt takror imzolanadi. Germaniya ittifoqchilar nazoratiga olinadi. 1945-yil 6-iyun kuni Germaniyaning sharqiy okkupatsion zonasi Sovetlarga o'tadi. Shimoliy-g'arbiy hududlar Buyuk Britaniyaga. Janubiy-g'arbiy hududlar Amerikaga va nihoyat g'arbiy qismi fransuzlarning okkupatsion zonasiga aylanadi. Berlin shahrining o'zi ham alohida to'rtta zonaga bo'lib olinadi. Okkupatsiya qilingan zonalar endilikda ularni nazorat qilayotgan g'olib chiqqanlar tomonidan birgalikda va hamkorlikda boshqarilishi kerak edi. Germaniyaning urushdan keyingi ahvoli ham tang bo'lgan. Urushda 7 millionga yaqin nemis qurbon bo'lgan.
[2:37]10 millionga yaqin fuqarolar boshpanasiz qoladi. Har beshinchi bino vayron qilinadi. Qishloq xo'jaligi rivojlanishi 30 yilga ortga tashlanadi. 15 milliard dollarga yaqin reparatsiyalarni to'lab berish zimmasiga yuklanadi. Urush vaqtida pul massasi besh barobarga ko'payib ketgan edi. Shuning uchun mamlakatda giperinflyatsiya kuzatiladi. Aholi ayirboshlash vositasi sifatida pulga emas, sigaret va paypoqlarga ko'proq ishonadi. Hududlarining qariyb 20% ni qo'ldan chiqaradi. Mana shunday vaziyatda Amerika Qo'shma Shtatlari va Buyuk Britaniya o'zlari egallagan hududlarda iqtisodiyotni tiklash, fuqarolar turmush tarzini yana qayta yo'lga qo'yish maqsadida zonalarini birlashtiradi. Natijada Bizoniyya yaratiladi. Bi lotinchada ikkini anglatadi. Ikkita zona degani. Birlashishga asosiy sabab pul islohotida edi. Yagona pul tizimi va boshqaruvdagi umumiy qoidalar gumanitar inqirozga tezroq chek qo'yishni nazarda tutgan edi. Keyinchalik Fransiya zonasi ham Bizoniyaga qo'shiladi va Trizoniya hosil bo'ladi. Trizoniyada demokratik institutlarni yo'lga qo'yish orqali uning iqtisodiyotini tiklash zarur edi. Iqtisodiyoti tiklangan kuchli Germaniya kommunizmning g'arbga qarab yoyilishini to'xtatuvchi chegaraga aylanishi kerak edi. Trizoniya kelgusida Germaniya Federativ Respublikasini yoki xalq tilida esa G'arbiy Germaniyaga asos solish uchun qo'yilajak qadam edi. Albatta bu Stalinga yoqmaydi, sababi esingizda bo'lsa, Germaniya taqdiri g'olib chiqqanlar tomonidan birgalikda hal etilishiga kelishilgan edi. Bundan tashqari G'arbiy Germaniya paydo bo'lishi Stalinning Sharqiy Yevropada kommunistik davlatlarni tuzish bo'yicha rejasiga jiddiy xavf tug'dirar edi. Stalin bunga javoban nima qilganligi va Stalinga javoban Trizoniya qanday reaksiya ko'rsatgani haqida bilmoqchi bo'lsangiz, paragraf 961 kanaliga o'tib sovuq urush to'g'risidagi videoni ko'ring. Bu yerda to'xtab o'tmaymiz. 1949-yil 23-may kuni Germaniya Federativ Respublikasi yaratiladi. Uning ketidan 7-oktyabr kuni Germaniya Demokratik Respublikasi, ya'ni SSSR nazoratidagi Sharqiy Germaniyaga asos solinadi. Shunday qilib, bir davlat ikkiga bo'linib ketadi. Ularni ajratib olish uchun va Sharqiy Germaniyadan G'arbiy Germaniyaga o'tib ketayotgan aholini to'xtatib qolish uchun SSSR tomonidan Berlin devori quriladi. Nega aholi u yerga ketgan? Fikringizni izohlarda qoldiring. Hali urush davom etayotgan davrlarda 1944-yilda Kvebek konferensiyasida AQSH moliya vaziri Genri Morgentau tomonidan taklif qilingan rejaning memorandumi tasdiqlanadi. Hujjatga ko'ra, Germaniya mag'lub bo'lgach, agrar davlatga, ya'ni qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan davlatga aylantirilishi kerak edi. Germaniyaning harbiy salohiyatiga bolta urish maqsadida muhim sanoat sohalari yo'q qilinishi taklif qilinadi. Bu degani Germaniya aholisining katta qismi ocharchilikdan o'lib ketishi mumkin edi. Sababi sanoat rivojlanmasa, bunday zid joylashgan aholini agrar tuzum bilan uddalab bo'lmaydi. Qolaversa ikkinchi jahon urushi o'zi nega boshlangan edi? Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyaga qo'yilgan choralar nemis xalqi tomonidan adolatsiz deb qabul qilganligi sababli emasmi? Albatta bu yagona sabab emas, lekin muhim sabablardan biri hisoblanadi. Shuning uchun Morgentau rejasi amalga oshirilsa, yana nemis xalqining noroziligiga olib kelib, kelgusida takror jahon urushi boshlanishi mumkin edi. Bunday reja Amerika va Britaniya aholisining noroziligiga olib keladi. Bunga sabablar ko'p. Birinchidan ularning fikriga ko'ra natsistlar jinoyatlari uchun jazolanishi shart, lekin oddiy xalqning aybi nimada degan fikr paydo bo'ladi. Ikkinchidan Germaniyadek rivojlangan bir davlatning qolaqashib ketishi savdo sohasida katta bir bozorni yo'qotishni anglatar edi. Uchinchidan bunday og'ir choralar nemis xalqini radikallashishga olib kelishi va kelajakda ular kommunistlar tarafdorlariga aylanishi mumkin edi. Bundan tashqari Germaniya reparatsiyalarni to'lab berish kerak. Bunaqa keskin jazolangan davlat bunday pullarni to'lay olarmidi? Yo'q, albatta. Shuning uchun bu rejaning o'rniga Marshall rejasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika Qo'shma Shtatlari jabr chekkan davlatlarni yana oyoqqa turg'izish kerakligini tushunib yetadi. Marshall rejasiga ko'ra, 1948-yildan boshlab Yevropaning 18 ta mamlakatlariga moliyaviy yordam ko'rsatish boshlanadi, shu jumladan G'arbiy Germaniyaga ham. Jami 13 milliard dollar ajratiladi. Bugungi kunda bu summa 162 milliard dollarni tashkil qiladi. Germaniya shundan 1,3 milliardini, ya'ni bugungi 17 milliard dollarni qabul qiladi. Germaniya bir vaqtning o'zida o'sha olingan pullar hisobiga urushda yetkazilgan zararlar uchun kontributsiyalarni ham to'lashni boshlaydi. Germaniyada iqtisodiy islohotlarga start beriladi.
[7:59]Germaniya iqtisodiyotini qayta oyoqqa qo'yish rejasi nemis iqtisodchisi Valter Oken tomonidan ishlab chiqiladi va Germaniya Federativ Respublikasining iqtisodiyot vaziri Lyudvig Erxard tomonidan amalga oshiriladi. U pul bilan bog'liq islohotlarni narxlarni liberallashtirish, ya'ni davlat tomonidan belgilanadigan narxlardan voz kechib erkin bozor narxlariga o'tishni hamda monopoliyaga qarshi kurashish bo'yicha ishlarni amalga oshiradi. Erxardning fikricha, iqtisodiyotda davlat aralashuvi kamaytirilishi kerak. Tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratilishi zarur. Bunda u soliqlarni pasaytirishni reja qiladi. Xususiy mulkka ham alohida e'tibor qaratadi. Lekin Erxardning ilk va asosiy ishlaridan biri bu pul islohati hisoblanadi.
[8:50]Giperinflyatsiyaga nuqta qo'yish maqsadida yangi pul birligi chiqariladi, doych-marka. Giperinflyatsiya degani inflyatsiya ko'rsatkichlari juda yuqori tezlikda ko'tarilishiga aytiladi. Narx-navo bir yilda 10-50 barobarga oshib ketishi mumkin. Xullas, odamlarning qo'lidagi eski reyx markalar doych markalarga almashtiriladi. Pensiya, ish haqi, ijara to'lovlari birga bir kurs bo'yicha ayirboshlanadi. Naqd pul va jamg'armalardagi pullarning yarmini birga 10 va yana qolgan yarmi esa birga 20 kursda almashtirilishiga ruxsat beriladi. Qolgan pullar shunchaki yonib ketadi. Natijada xalq giperinflyatsiyadan qutuladi. Hamma bir xil holga keladi. Ya'ni, hayotni hamma noldan boshlaydi. Hukumat monopolist kompaniyalarni doim kuzatib boradi. Ularning rivojlanishiga yo'l qo'yilmaydi. Raqobat ta'minlanadi. O'rta va kichik biznesga afzalliklar beriladi. 1950-yillardan boshlab Germaniya 20 yillik to'xtovsiz iqtisodiy o'sish davriga qadam qo'yadi. Aholi daromadlari 56-yilga kelib ikki barobarga oshadi. Turkiya, Yugoslaviya va Italiyadan ishchilarni jalb qilishni boshlaydi. Narxlarni erkinlashtirishda davlat avvaliga qisman aralashadi. Savdogarlar narxlarni ko'klarga ko'tarib yubormasligi maqsadida tavsiya qilingan narxlar ishlab chiqiladi. Raqobatbardoshlikni ta'minlash maqsadida ma'lum vaqt ko'mir, temir, po'lat, o'g'it, gaz va elektr energiya sohalariga dotatsiyalar beriladi va qat'iy belgilangan narxlar ushlab turiladi. Soliq imtiyozlari berilishi esa yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytiradi. Korxonalar shaffoflik va soliq to'lashga o'tadi. 1962-yilga kelib Germaniyaning sanoat ishlab chiqarish ko'rsatkichlari urushdan oldingi raqamlarga yetib oladi. Qora bozor yo'qotiladi. Ishlab chiqarish va tovarlar ko'payadi. Aholi daromadlari oshadi. Ular kelib tushgan pullarni ishlab chiqarishga yo'naltiradi. Ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi oshar ekan, unga qo'shilib maoshlar ham ko'tariladi. Mehnat unumdorligi bu oddiy til darajasiga tushuntirsam, siz bugun 10 ta non yopsangiz, ertaga ish vaqtida hamkasbingiz bilan suhbatni biroz kamaytirib 20 dona non yopasiz. Bundan tashqari, Germaniyada belgilangan vaqtda ortiqcha mehnat qilinsa, to'lovlar soliqqa tortilmagan.
[11:19]Bu ham daromad oshishiga sabab bo'lgan. Germaniya iqtisodiyoti rivojlanishining yana bir muhim sohasi bu, albatta, avtomobilsozlik. Nemislar mashinalarga qanaqadir stil berishga oshiqmaydi. Ularning oliy maqsadi mashina qulay va hamyonbop bo'lishida edi. Shuning uchun 1950-yillarga kelib Volkswagen zavodi Juk yoki Qo'ng'iz deb nom olgan avtomobillarni ishlab chiqaradi. Juk avtomobillari xalqning eng sevgan mashinalariga aylanadi. O'sib boruvchi soliqlar bu siz bo'lmaydi. 2500 markadan pastroq daromad topganlar 18% soliq to'lagan. 250 ming markadan yuqori daromadga ega aholi 95% soliq to'lagan. Bu ikkalasining o'rtasidagi daromadlardan 50% soliq o'ndirilgan. O'sib boruvchi soliq ijtimoiy adolatni ta'minlash maqsadida o'rnatiladi, ya'ni qancha ko'p pul topsangiz, molodes, toping, lekin ko'proq soliq to'lang. Axir shuncha pul topishingizda sizga mana shu vatan sharoit yaratib bermoqda degan mantiq bor. Qancha oz pul topsangiz, shuncha pastroq soliq to'laysiz. O'zingizda ham qolishi kerak-ku. Sodda qilib tushuntirishni yaxshi ko'raman. Urushdan keyin vayron bo'lgan mamlakat qurilishga ham katta ahamiyat beradi. Hamma yoqda qurilishlar, nochor oilalarga beriladigan bepul turar joylar qad ko'taradi. Germaniyada sanoat rivojlanishida ilm-fan ham muhim rol o'ynagan. Qarang bular nima qilgan? Aqlli fuqarolar mamlakatdan ketib qolmasin deb, olimlarning oyliklarini ko'tarib berishadi. Natijada ular yaratgan texnologiya va yangiliklar sababli yuqoridagi mehnat unumdorligi 60% ga ko'tariladi. Jurnalistlar Erxarddan nemis iqtisodiyotining siri nimada deb so'rashganda tadbirkorlarning ishbilarmonligi, intizom, ishchilarning mehnatsevarligi va hukumatning to'g'ri siyosatida deb javob bergan. Guohi bo'lganingizdek, biror davlatning rivojlanishida qanaqadir hech kimga noma'lum bo'lgan formula, nomlarini aytish qiyin, mag'zini tushunish undanda qiyin bo'lgan biror bir iqtisodiy sirli retseptning o'zi yo'q. Hammasi oddiy qadamlar. Iqtisodiy mo'jiza bu shunchaki tinimsiz mehnatni anglatadi. 1980-yillarda Sharqiy Germaniyada siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlardan norozilar soni borgan sari ko'payadi. Islohotlar o'tkazilishi bo'yicha talablar mamlakat bo'ylab tarqaladi. Germaniya Demokratik Respublikasining xalqi Sharqiy Germaniyani tark etish niyatida ekanligini bildiradi.
[14:04]Berlin devori qulaydi. Nemis xalqi uzoq davom etgan ayriliqdan qutuladi. Ular yana birlashadi.
[14:55]Bugungi kunda Germaniya Yevropa Ittifoqining a'zosi bo'lib, ittifoqning eng katta iqtisodiyotiga ega davlat hisoblanadi. Mamlakat o'zining tovarlari bilan dunyoni ta'minlaydi. Sayyoramizning 3% yalpi ichki mahsuloti aynan nemislar tomonidan ishlab chiqiladi. Kimyo sanoati, avtomobilsozlik, elektrotexnika, havo kosmik sanoati kabi sohalarda juda ilg'or. Yalpi ichki mahsulot bo'yicha Yaponiyadan keyin to'rtinchi o'rinni egallab kelmoqda. G7 xalqaro klub a'zosi hisoblanadi. Paragraf 961 Iqtisodiyotimiz Germaniyanikidek kuchli bo'lsin. Yangi yilda yangi yutuqlar sizlarga hamroh bo'lishini tilab, 2023-yilni tarix saltanatiga topshiraman. Sog'-salomat bo'ling.



