Thumbnail for ЭРОН ИСРОИЛГА ВАЙРОНКОР 4 ТА РАКЕТА ТАШЛАДИ---ТРАМП НАЗОРАТНИ ЙЎҚОТДИ by Xabarlar uz

ЭРОН ИСРОИЛГА ВАЙРОНКОР 4 ТА РАКЕТА ТАШЛАДИ---ТРАМП НАЗОРАТНИ ЙЎҚОТДИ

Xabarlar uz

8m 37s1,041 words~6 min read
YouTube auto captions
Transcript source

YouTube auto captions

This transcript was extracted from YouTube's auto-generated caption track. The transcript below is server-rendered so it can be read, searched, cited, and shared without opening the original YouTube player.

Pull quotes
[0:21]Agar NATO Xormuz bo'g'ozini ochishga yordam bermasa, alyansni juda yomon kelajak kutadi.
[0:21]Telefon raqamingni yozsam, to'rtta-beshta kartang chiqib keldi, tashlab qo'ydim.
[0:21]Ba'zi raketalar Isroil havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan, lekin ayrimlari hududga tushgan.
[0:21]Eron tomonidan uchirilgan raketalardan biri kassetali bombali jangovor qismga ega bo'lgan.
Use this transcript
Related transcript hubs

[0:08]Xabarlar uz

[0:21]Eron Isroilga to'rtta raketa otdi. Kassetali bomba hujumi oqibatida bir kishi yaralandi. Eron armiyasi Dubay va Doha aholisini ogohlantirdi. Netanyaxuning o'limini rad etuvchi video soxta ekanini isbotlandi. Agar NATO Xormuz bo'g'ozini ochishga yordam bermasa, alyansni juda yomon kelajak kutadi. 100 yilga yetadigan oltin va mis zaxirasi bor, Shavkat Mirziyoyev. Eronga qarshi urush Yevropani falaj qilishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari. Trump Eron bilan urush ustidan nazoratni yo'qotdi. Endi esa, batafsil. Shavkat uka, qalaysan, yaxshimisan? Charchamayapsanmi, ishlaring yaxshimi? Kecha pul so'ragan ekansan, bankka borolmadim, shamollaganimdan. Tezda degan programma bor ekan, o'shandan yuborib qo'yuvdim. Humo Uzcardga yuborsa bo'lar ekan. Ha, kursi ham yaxshi, ancha baland ekan. Yana eng zo'rini aytaymi, karta raqaming esingdan chiqib ketuvdi. Telefon raqamingni yozsam, to'rtta-beshta kartang chiqib keldi, tashlab qo'ydim. Mayli, charchaman. Eron Isroilga to'rtta raketa otdi. Kassetali bomba hujumi oqibatida bir kishi yaralandi. Bugun Eron Isroil tomon to'rt marta raketa zarbasi yo'lladi. Bu haqda Times of Israel xabar bermoqda. Ba'zi raketalar Isroil havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan, lekin ayrimlari hududga tushgan. Xabarga ko'ra, Eron Isroilga ketma-ket to'rtta raketa zarbasi yo'llagan. Eron tomonidan uchirilgan raketalardan biri kassetali bombali jangovor qismga ega bo'lgan. Bu turdagi raketa havoda portlab, ko'plab kichik portlovchi elementlarini katta hududga so'chadi. Bu sababli bir nechta joylarda portlashlar kuzatilgan, jarohatlar va zarar. Hujum natijasida kamida bir kishi jarohat olgan. Markaziy Isroil hududlarida binolar va avtomobillarga zarar yetgan. Favqulodda xizmatlar bir nechta turar joylarda yong'in va shikastlangan obyektlar haqida xabar bergan. Qaysi hududlar zararlangan? Xabarlarga ko'ra, kassetali bombaning bo'laklari markaziy Isroildagi bir nechta shaharlarga tushgan, jumladan, Bney Brak, Ramat Gan, Petah Tikva va boshqa yaqin hududlar. Ba'zi odamlar oyna sinishidan yoki portlashlar to'lqinidan yengil jarohat olgan. Eron armiyasi Dubay va Doha aholisini ogohlantirdi. Eron armiyasi Dubay va Doha shahrining ayrim hududlarida yashovchi aholiga evakuatsiya qilish haqida ogohlantirish bergani ma'lum qilinmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu hududlarda AQSH harbiy xizmatchilari yashirinib turgani aytilgan. va yaqin vaqt ichida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan zarbalarda ular nishonga olinishi mumkinligi ta'kidlangan. Shu sababli, mazkur hududlarda yashovchi fuqarolarga xavfsiz joylarga chiqib ketish tavsiya qilingan. Trump Eron bilan urush ustidan nazoratni yo'qotdi. Demokrat senator Kris Merfi, Donald Trump Eronga qarshi operatsiyani boshlashda xato hisoblaganini va endi vaziyatni nazorat qila olmasligini aytdi. Endi Trump bu urush ustidan nazoratni yo'qotgani aniq. U Eronning qasos olish qobiliyatini qo'pol ravishda noto'g'ri baholadi. Mintaqa betartiblikka botib ketdi. deb yozdi u. Senatorning so'zlariga ko'ra, Eron dronlar, qayiqlar va minalar yordamida neft infratuzilmasiga doimiy hujumlar uyushtirishga qodir va Hormuz bo'g'ozining yopilishi allaqachon neft narxlarining oshishiga olib kelmoqda. Agar bo'g'oz yopiqligicha qolsa, bu global retressiyaga olib kelishi mumkin. Agar NATO Xormuz bo'g'ozini ochishga yordam bermasa, alyansni juda yomon kelajak kutadi. Trump ittifoqchilar AQSHga Xormuz bo'g'ozini qamaldan chiqarishga yordam bermasa, NATO kelajagi uchun yomon bo'lishini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, ittifoqchilar Forz ko'rfaziga mina tozolovchi kemalarni yuborishi kerak, chunki Yevropada bunday kemalar qo'shma shtatlarga qaraganda ko'proq.

[4:05]Shuningdek, Eronning dron operatorlarini zararsizlantirish uchun maxsus kuchlar ham yordam berishi lozim. Biz NATOga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo'ldik. Biz ularga Ukraina bo'yicha yordam berishga majbur emasdik. Ukraina bizdan minglab kilometr uzoqda, ammo biz yordam berdik. Endi esa, ular bizga yordam beradimi yo'qmi, ko'ramiz. Men anchadan beri biz ularga ko'mak berishimizni, ammo ular bizga yordam bermasligini aytib kelaman. Ular yordamga kelishiga ishonchim komil emas. dedi AQSH prezidenti. Netanyaxuning o'limini rad etuvchi video soxta ekanini isbotlandi. 16-mart kuni Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyaxuning yaqinda e'lon qilingan videosi sun'iy intellekt yordamida yaratilgani aniqlandi. Bu haqda Tasnim xabar qildi. Netanyaxu idorasi bir nechta soat oldin bosh vazirning taqdiri haqidagi gap-so'zlarga javoban videoni e'lon qilgan. Biroq internet foydalanuvchilar videoda sun'iy intellektdan foydalanilgan bo'lishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Ularning fikricha, videoda bir nechta shubhali belgilar mavjud. Masalan, kadrda ko'rinadigan qahva finjoni to'la bo'lsada, u ag'darilganda yoki harakatlanganda ichidagi suyuqlik to'kilmaydi. Shuningdek, Netanyaxu qahva ichayotgandek ko'rinsa ham, finjondagi qahva miqdori kamaymaydi. Bundan tashqari, ayrim foydalanuvchilar videoda bosh vazirning yuz ko'rinishi haqiqiy suratlaridan farq qilishini ham qayd etgan. So'nggi kunlarda Eronning raketa hujumlari fonida Netanyaxuning halok bo'lgani yoki jarohat olgani haqidagi taxminlar ijtimoiy tarmoqlar va ayrim xorijiy manbalarda keng muhokama qilinmoqda. Videoning sun'iy intellekt yordamida yaratilganini ko'rsatish uchun ayrim foydalanuvchilar shu sahnaga o'xshash tarzda boshqa siyosatchilar, jumladan, Fransiya prezidenti Emmanuel Macron ishtirokidagi sun'iy videolarni ham yaratib ko'rsatgan. 100 yilga yetadigan oltin va mis zaxirasi bor, Shavkat Mirziyoyev. Yoshlik bir va qalmoq qir kollarida 45 million tonna mis, 5000 tonnadan ziyod oltin zaxirasi bor. Ushbu zaxira sanoatga kamida 100 yilga yetadigan kafolatli xomashya bazasi bo'ladi. Bu haqda 16-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon metallurgiya kombinatida uchinchi mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida aytib o'tildi. Konlardagi mobil den, selen, tellur, reni kabi noyob metallar yangi innovatsion yo'nalishlardagi loyihalar uchun mustahkam zamin yaratadi. Uchinchi mis boyitish fabrikasi to'liq ishga tushganidan keyin Olmaliq kombinatida mis konsentratining kunlik hajmi hozirgi 2400 tonnadan 5000 tonnaga oshadi. Shu bilan birga loyiha doirasida 6000 dan ziyod yoshlar yuqori daromadli ish joyiga ega bo'ladi. Fabrikada AQSH, Germaniya, Rossiya, Xitoy va Finlandiyaning tog' kon sanoatidagi eng ilg'or texnologiyalari joriy qilinmoqda. Barcha texnologik jarayonlar raqamlashtirilib, sun'iy intellekt asosida yagona boshqaruv tizimiga ulanadi. Bularning hisobiga energiya sarfi 10% ga, tan narx 15% ga kamayadi. Mehnat unumdorligi esa 10% ga oshadi. Eronga qarshi urush Yevropani falaj qilishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari. AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi tufayli yuzaga kelgan energetik inqirozi Yevropa iqtisodiyotiga og'ir zarba berishi mumkin. Bu haqda Visage xabar qildi. Nashr prognoziga ko'ra, bu holat uzoq davom etgan iqtisodiy turg'unlikdan so'ng o'sishni tezlashtirishni rejalashtirgan Yevropa uchun kutilmagan holat bo'lishi mumkin. Neft va gaz narxining oshishi allaqachon Yevropa davlatlarining qazilma yoqilg'i importiga sarfini oshirgan. Mo'jaroning dastlabki 10 kunida bu xarajatlar qariyb 3 milliard yevroga ko'paygan. Yevropa ittifoqi hukumatlari vaziyat oqibatlarini yumshatishga harakat qilmoqda. Biroq ularning imkoniyatlari Ukrainadagi urush boshlangan paytdagidan ham cheklangan. So'nggi yillarda Yevropada davlat qarzi va qarz olish qiymati sezilarli darajada oshgan. Buyuk Britaniya va Fransiyada davlat qarzi kamida so'nggi 60 yil ichidagi eng yuqori darajaga yaqinlashgan yoki shu darajaga yetgan. Energiya narxining oshishi sanoatga bosimni kuchaytirmokda. Kimyo sanoati va og'it ishlab chiqarish kabi energiyaga kuchli bog'liq tarmoqlar gaz narxi oshish va inflyatsiya xavfi haqida ogohlantirmokda. Bu holat ayrim zavodlarning yopilishi va ishlab chiqarishning Xitoy yoki AQSHga ko'chirilishi xavfini ham keltirib chiqarmoqda. Nasharning yozishicha, Eron atrofidagi mo'jaro AQSH prezidenti Donald Trump siyosati tufayli Yevropa iqtisodiyotiga berilgan navbatdagi zarba bo'lgan. O'tgan yili joriy etilgan tariflar Yevropa kompaniyalarining eng yirik eksport bozorlaridan biriga kirishni cheklagan hamda AQSH bozoriga qo'yilgan tarif to'siqlari sabab Xitoydan importning Yevropaga ko'chishiga olib kelgan.

Need another transcript?

Paste any YouTube URL to get a clean transcript in seconds.

Get a Transcript