Thumbnail for 10-dars: Ayol makonati ll Ustoz Abdulloh Zufar by Nozik Xilqat

10-dars: Ayol makonati ll Ustoz Abdulloh Zufar

Nozik Xilqat

11m 32s1,182 words~6 min read
Auto-Generated

[0:17]Bismillahir rohmanir rohiym. Ayollarga tegishlik yuz hadis kitobidan darsimiz davom etyapti. Bugun to'qqizinchi hadis. Mavzuda aytdilar min ayolga aytyaptilar, ayolni makonati oliyligidan, Islom har qanday odamlar uning oldiga kirib verishligiga ijozat bermaydi. Ya'ni makonati oliyligi degani, darajasi yuksakligi degani. Bilamizki, darajasi baland odamlarni oldiga hamma kirib chiqib yuravermaydi-ku, shahar bedarvoza qilib, masalan, kim podshohning oldiga xohlagan payt kirib chiqaveradi. Hech kim uni xos odamlari bo'ladi, oldiga kirib chiqadigan. Uni makoni oliyligidan, zoti oliy deydiku, ya'ni, ana shuning uchun hamma ham kirib chiqavermaydi uning oldiga. Ana shunga o'xshash islomda ayollarning oldiga hamma kirib chiqavermaydigan qilingani, bu uni bir zulm qilgandan emas, balki aksincha makonning oliyligidan deyapti. Kim, masalan, prezidentlar mazlum deydi, nimaga desa, chunki hammadan o'rab chirmab qo'yilgan ular deydi. Hech kim unaqa demaydi, u mazlumalik emas, bu aksincha, bu darajasi yuqoriligidan. Endi buni mana shuni tushunmaganda, hozir ana shu sabablardan ayollarni mazlumga chiqaradi, o'rab chirmab o'tiradi deb, mazlumaligi emas, bu aksincha, makoni oliyligidan deyapti. Ana shunga hozir hadis keltiriladi. Uqbat ibn Amr roziyallohu anhudan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: kirib chiqishdan saqlaninglar dedilar. Ya'ni no mahram ayollarni oldiga kirishdan erkaklarni qaytaryaptilar. Kirmanglar. Shunda ansorlardan bir kishi aytdiki: "Yo Rasululloh, qudalarchi nima deysiz?" Qudalar kirib chiqib yurishni. Qola aytdilarki: "o'limdur dedilar". Ya'ni qudalarning ham no mahramini so'rayaptilar-da. Bitta mahrami bo'lsa, masalan, qaynota kelinning oldiga kiradi, muammo yo'q. Lekin no mahram qudalar bo'ladi-ku, masalan, qaynaqa, qayni uka. Ana shularni hamov deyiladi. O'shani so'rayapti, mana kelinoyib olib kirib chiqib yursa bo'ladimi nima deysiz deyapti. Rasululloh aytyaptilarki, o'sha qudalar ham, ya'ni no mahramlari o'limdur dedilar. Buni hozir sharhlaydi, o'lim degani nima degani, bu o'lim bilan teng, yoki o'limdan qochgandek undan qochish kerak degan ma'nolari bor. Ya'ni ruxsat yo'q, xullas. Qaynaqaga ham, qayni ukaga ham, uni oldiga, ya'ni qizning ayolning oldiga kirib chiqib yurishligiga ruxsat yo'q. Nomahrami nomahram, garchi qayni uz bo'lsa ham. Maqsad mana shu hadisdan chiqyapti, yuqorida mavzuda aytilgan narsa, ayollarning bu makoni oliyligidan. Hammaga qalang qasang'iga ko'rinib yuravermaydi ayollar, ya'ni. Endi mana shu hadisga taalluqli kifoiyadalardan birinchisi Erkaklar mahram bo'lmagan ayollar oldiga kirishdan man qilinayapti. Yoki ayollar ham xuddi shunday, erkaklar oldiga mahramlari bo'lmagan erkaklar oldiga kirishdan man qilinayapti. Ya'ni farqi yo'q demoqchida, erkak kiradimi ayolning oldiga mahramlar bilan bo'lmagan ayolning oldiga, Yoki ayol kiradimi erkakning oldiga mahramlaridan bo'lmagan erkaklar oldiga farqi yo'q, ikkalasi ham man qilinayapti. Man qilish deganda ham bu yerda o'sha xilvat tarzida kirib chiqish man qilinayapti, shu ham bor. Agar oldida odam bo'lsa, bozorda ham, ko'chada do'konga ham kiraveradi-ku, yoki taksiga o'tiradi bo'lgan, oldida bir boshqa odam bo'lganda, yolg'iz qolmasa bo'ldi, ya'ni. Ikkinchisi, begona ayol bilan xilvatda qolish man qilinayapti erkaklarni. Yana erkaklar man qilingandek, ayol ham bundan tiyilishi kerak. Ana shuning uchun ham yolg'iz o'zi taksiga o'tirmaydi bitta o'zi, masalan, Yoki hatto ba'zan mana liftlarga chiqish to'g'ri kelib qolsa ham, bitta yolg'iz o'zi bitta erkak bilan liftga chiqa olmaydi. Chiqib ketdi, buni jo'natib yuboradi, o'zi orqasidan chiqish kerak boshqa. Yoki boshqa ayollar bo'lsa mumkin. Muhimi xilvatda qolmasligi kerak. Uchinchisi, ayol kishining oldiga kiradiganlardan eng xatarli kishi, bu erning qarindoshlari ekan deyapti.

[5:07]Bu eng xatarlisi deganda shundaylarki, ularga nikohlanishi halol bo'lgan qarindoshlari deyapti mana. Agarchi u ayol turmushga chiqmagan bo'lganda ularga halol bo'lardi-ku. Ana o'sha qarindoshlari, ya'ni demoqchiki, ko'pchilik masalan, qayna akasini, qayni ukasini, Nima qilibdi, qayna akam, qayni ukam deydida, unga nisbatan beparvo bo'ladi, ana shuni aytyapti. Aslida ayol kishining oldiga kiradigan erkakning eng xatarlisi ana shu erkakning qarindoshlari. Qayna akasimi, ayolning qayni ukasimi, nimaga eng xatarlisi deyapti? Chunki odamlar ha o'zining kelinining oldiga kirib chiqib yuribdi deb beparvo qoladi u narsadan-da, keyin ular o'sha narsadan foydalanib bir yomonlikni boshlashi mumkin. Bu hayotda ko'p kuzatiladi ham. Shuning uchun eng xatarlisi mana shu deyapti. U nikohlanishi halol bo'lganlarideyapti. Nikohlanishi harom bo'lgan masalan, qaynota endi muammo yo'q. Nikohlanishi halol bo'lganlar deyapti. Lavlam taku mutazavuja. Agar o'sha ayol bu erkakka tegmagan bo'lganda, unga tegishi mumkin bo'lardi-ku, masalan, qayni akasiga uni. Yoki qayni ukasiga tegishi mumkin bo'lardi, yoki bu eridan ajrashsa ham tegishi mumkin, yoki bu eri o'lsa, masalan. U erning ukasiga, akasiga tegishi mumkin. Ana shunaqangi ayol kishi eridan ajrashsa, yoki eri o'lsa, unga tegishi mumkin bo'lgan erkaklar bor-ku, erkak qarindoshlari erning. Ana o'shalarni nazarda tutyapti, bu eng xatarlisi ularning oldiga kirib chiqish. To'rtinchisi, odamlar odatlanib qolgan mana bu narsa xatarlik ekan.

[6:55]Ana shu erning akasi xotinini, erini xotinini, ya'ni shu kelinining oldiga kirib chiqib yurishligi, u bilan xilvatda qolishligi deyapti. Bu ham yuqorida tushuntirilgandek, ya'ni o'sha

[7:11]Qaynaka, qayni ukalar kelinining oldiga kirib chiqib yurishligi bu xatarlik. Xususan, yana bo'ydoq bo'lsa agar. Beshinchisi, erning qarindoshi bilan xilvatda qolish voqe bo'lishligi, boshqadan ko'ra ko'proq bo'ladi deyapti. Ya'ni, masalan, erning bir oshnasi, yoki erning bir qo'shnisi, ayol o'sha bilan xilvatda qolib ketganidan ko'ra, ko'proq mana bu erning qarindoshi bilan xilvatda qolib ketish sodir bo'ladi-ku, xususan biz tomonlarda mana bitta uyda yashaydi hamma. Ana shunday aytyaptiki: "Yomonlik ana o'shandan kutilinadi, boshqadan ko'ra ko'proq".

[8:14]Yomonlik ana o'shandan kutilinadi, boshqadan ko'ra ko'proq. U bilan fitnalanish imkonliroq bo'ladi, imkoniyat bor, ya'ni. U bilan deganda, o'sha qayni uka, qayni akalar bilan fitnalanib qolish. U erkak bu ayolning oldiga kirib chiqib yurishi oson bo'lib qolgani uchun deyapti. Odamlardan inkor sodir bo'lmaydi unda. Ya'ni hech kimga bir shubha tushmaydi-da, o'zining akasinikiga kirib chiqib yuribdi deb o'ylaydi hamma, keyin shu sababdan yomonlik voqea bo'ladi deyapti. Endi faqat biz tomonlarda odamlarda u akadan tashqari qo'ni-qo'shnilari ham o'zi kirib chiqib yuravergani uchun, bu narsaga yengil qarash sodir bo'lgan. Akayni ham emas, shu qo'ni-qo'shnilar, erkakning do'stlari, ular ham oddiy holat bo'lib kirib chiqib yuraveradi uyga. Oltinchisi, erning yaqinlari bilan xilvatda qolish ayol kishiga halokat ekan, bir necha taraflardan bu deyapti.

[9:18]Ya'ni yuqorida hadisda u o'lim u dedilar-ku, erning qarindoshi bilan xilvatda qolishligini. Ana shu o'limni halok deb tafsir qilyapti-da hozir. Ayol kishini halok qiladi bu bir necha taraflardan halok qiladi. Nimadan halok qiladi? Birinchisi, yo o'sha ma'siyatga tushib qolib halok bo'ladi ayol. Yo eri uni taloq qilib yuborishi bilan halok bo'ladi deyapti, agar rashki tutsa u erkakning. Agarchi u ayol bir ma'siyatga tushmagan bo'lsa ham. Valovlam taqo fil ma'siya deyapti. Ya'ni yo o'sha ma'siyatga tushib halok bo'ladi. Halok bo'ladi degandan ham maqsad ikki xil. Ya'ni, masalan, eri o'ldirib qo'yishi ham mumkin keyin uni. Yoki er indamagan taqdirda ham jahannamga ketadi, ana shu haqiqiy halok bo'lish. Yoki eng kamida eri taloq qilib yuboradi deyapti, rashk kelib, rashki tutsa agar. Agarcha hali bir ma'siyat voqea bo'lmagan bo'lsa ham deyapti. Ya'ni hech qanday bir yomon ish bo'lmadi, lekin baribir shubha qiladi-da erkak, taloq qilib yuboradi, ana shundan keyin ayol halok bo'ladi deyapti. Yettinchi foyda, erning yaqini bilan xilvatda qolish, ayol kishiga o'lim manzilida voqea bo'lar ekan. Bu ham shu yuqoridagi gap. Ya'ni o'limdek qarash kerak degani-da bunga. Odam o'limdan qanday ehtiyotini oladi, masalan, nima qilibdi deb odam o'zini jardan tashlamaydi-ku. Yoki nima qilibdi deb odam, masalan, bir tokka qo'lini tiqib ko'rmaydi-ku, undan qattiq ehtiyotini oladi. Ana shuning uchun hadisda uni o'lim deyilgan. Qanday, qanday o'limdan ehtiyotini olsang, Xotinga ham aytilyapti, ering qarindoshidan ana shunday ehtiyotini ol, yoki erkakka aytilyapti, o'zingning akang, ukangdan xotinni shunday ehtiyot qil. Sakkizinchi, erkakning yaqini bilan xilvatda qolish ayolning dinini ketkazadi deyapti mana. Va o'limdan xatarlikdur. Bu ham o'sha ma'no, ya'ni.

[11:17]Endi keyingisi o'ninchi hadis. Ayol chiroyi va yoshligini ummatni halok qilmaydigan narsalarga yo'naltirish kerakligi haqida ekan. Inshaalloh keyingi darsda shundan davom ettiramiz. Vallohu

Need another transcript?

Paste any YouTube URL to get a clean transcript in seconds.

Get a Transcript