[0:14]9-12-asrrlarda ilm-fan va madaniyatning yuksalishi. Turon hududi jahon madaniyatining ko'hna o'choqlaridan biri bo'lgan. Islom dini kirib kelishidan avval ham bu yerda yashagan xalqlar boy me'morchilik va hunarmandchilik an'analariga ega edilar. Mintaqaga islom dini kirib kelgach, mahalliy an'analar islom madaniyati bilan uyg'unlashib, yanada yuksalish pallasiga kirdi. Ilm-fan, savdo-sotiq, qurilish va qishloq xo'jaligi misli ko'rilmagan darajada taraqqiy etdi. Ilk islom davridagi mavjud siyosiy va iqtisodiy muhit bu jarayonga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 9-10-asrlarda me'morchilikning ajoyib yutuqlari masjid va madrasalar qurilishida ko'proq namoyon bo'ldi. O'sha davrlarda diyorimizga kelib ketgan sayyoh va olimlar shaharlarga ta'rif bera turib, asosiy binolar sifatida masjid va madrasalarni tilga olganliklari shundan dalolatdir. Masjid binolari yonida hashamatli va ulug'vor minora, xonaqoh, ulamo-yu avliyolarning mozorlari ustiga maqbaralar qurildi. Bunday joylarni ziyorat etuvchilarning soni ko'p bo'lganligidan maxsus hujjatlar ham bino etila boshladi. Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, shaharlar ahamiyatining ortib borishi natijasida 9-asrga qadar asosan loy va xom g'ishtdan qurib kelingan binolar o'rniga endi pishiq g'ishtlar ham ishlatila boshlandi. Saljuqiylar davrida fan va madaniyat taraqqiyoti uchun barcha shart-sharoit yaratilib berilgan. Ushbu xonadonga mansub oliy hukmdormi, shahzodami yoki malikami, hammalari biror bir shaharda bir nechta madrasa qurilishni o'z vazifalari deb bilganlar. Ulardan vazirlar, amirlar, mahalliy hokimlar ham o'rnak olib ish tutganlar. Mashhur vazir Nizomulmulk o'z davrida ko'plab madrasalar qurdirgan. Ilm toliblari ham diniy, ham dunyoviy sohalarda bilim olganlar. O'quvchilarga oylik nafaqa berilgan, joy bilan ta'minlangan. Ularni o'z davrining yetuk olimlari o'qitgan. Ilm toliblarining ixtiyorida ko'p ming sonli kitoblarni o'zida jamlagan kutubxonalar ham bo'lgan. Nizomulmulk tomonidan asos solingan Bog'doddagi Nizomiya madrasalaridan birida 6000 talaba yashab, ta'lim olgani ma'lum. Har bir madrasa qoshida kutubxona, ayrimlarda shifoxona ham mavjud bo'lgan. Jumladan, Nishopurda asos solingan madrasaga shifoxona ham biriktirilgan. Madrasada astronomlar, matematiklar, falakiyotshunoslar, riyozatshunoslar, tabiblar, kimyogarlar, yirik shoirlar faoliyat ko'rsatganlar. Ular o'z zamonlarining barcha ilmlardan xabardor bo'lganlar. Marv noibi Ma'mun 813-yilda Bog'dod xalifaligi taxtiga o'tiradi. U Xuroson, Movarounnahr va Xorazmdagi ilm ahlni Bog'dodga olib ketadi. Ular orasida tarixda mashhur Muhammad Muso Xorazmiy ham bo'lgan. Xorazmshohlardan Abul Hasan Ali ibn Ma'mun ilmga katta e'tibor ko'rsatib, o'z saroyiga olimlarni taklif qildi. Gurganchda 1004-yilda akademiyaga asos soladi. Bu tarixda Ma'mun akademiyasi nomi bilan qoladi. Mazkur akademiyada Abu Rayhon Beruniy ilm ahliga boshchilik qilib, unda Abu Ali ibn Sino ham faoliyat yuritgan. Akademiyada diniy bilimlar bilan bir qatorda olimlar dunyoviy va tabiiy fanlar bilan, xususan, astronomiya, matematika, fizika, kimyo, mineralogiya, kartografiya, geografiya, geometriya, tabiatshunoslik, tibbiyot, falsafa, tarix, arab tili, mantiq, adabiyot, islom huquqshunosligi va boshqa ilmlar sohasida chuqur tadqiqotlar olib borishgan. Ular arab, fors, hind, lotin, yunon va turkiy tillarni mukammal bilganlar. Yunon olimlaridan Platon, Aristotel, Ptolomey, Yevklid, Pifagor va Galen asarlarini chuqur tahlil qilib, ularga bag'ishlab sharhlar bitganlar. O'zlari yuqoridagi ilmlar sohasida tadqiqotlar o'tkazib, fanni yangi g'oyalar bilan boyitganlar. Ular Gurganch madrasalarda yoshlarga ta'lim-tarbiya berib, iste'dodli shogirdlar tayyorlashga katta hissa qo'shdilar. Shuningdek, akademiyada Beruniyning astronomiya, Abu Nasrning matematika, Abul Xayr Hammorning kimyo maktablarini ham yoshlarga chuqur bilim berildi. Bu davrga kelib Gurganch madrasalari va yuqoridagi maktablar haqiqiy ilm maskanlariga aylandi. Ularda ta'lim olgan yoshlar keyinchalik Sharqning mashhur allomalari bo'lib yetishdilar. Ma'mun akademiyasida yig'ilgan olimlarning aksariyati Muhammad Muso Xorazmiy asarlarining sharhlovchilari yoki bu olimning biror fan sohasidagi ilmiy an'analari davomchilari bo'lgan. Xulosa qilib aytganimizda, yurt obodonchiligi, mamlakat ravnaqi-qudratining yuksalishi davomida unda tabiiy ravishda ma'naviy madaniyat, ilm-fan rivoji ham jadal suratlar bilan ko'zga tashlanib bordiki, buning natijasida bu zaminda o'z elini shon-sharafga burkagan, dunyoga dovrug' taratgan mashhur allomalar, ilm-fan yulduzlari yetishib chiqdilar.

O‘zbekiston tarixi | Animatsion rolik21-DARS. "IX-XII asrlarda ilm-fan va madaniyatning yuksalishi
MMIV History
5m 30s547 words~3 min read
Auto-Generated
Watch on YouTube
Share
MORE TRANSCRIPTS


