[0:00]Effective learning, assalomu alaykum dear students. Yaqinda effective learning boʻyicha masterklass qilgan edim. Masterklassimizda yaxshi yozilmabdi, shu sabab qaytib bu videoni yozyapman. Bu videoda sizlar qanaqa qilib vaqtinglarni toʻgʻri dars qilayotganda sarflashni, qanaqa qilib zerikishni oldini olishni, qanaqa qilib oʻrganayotgan narsalarni mustahkam esinglardan chiqarmaydigan qilib oʻrganishni va shu bilan birgalikda yangi bir oʻqish, oʻrganish metodologiyasini oʻrganib olasizlar. Bu videoda men briefly deydi, tez-tez emas-ku, anavi yuzaki qilib umumiy bir tushunchalarni berib ketaman. Bu masterklass bilan birda kitob ham berilgan, kitob bir sakkiz betgina. Oʻqishni maslahat beraman, vaqtinglarga arziydi. Kitobni oʻzimiz yasaganmiz, yoqqan boʻlsa, iltimos, like qilib qoʻyinglar. Effective learning oʻzi nima? Avvalambor bitta narsani bilishimiz kerakki, biz oʻrganayotganimizda narsa oʻrganishga oʻqish nazarda tutiladi. Oʻqish deganda bu yerda hozir kitob oʻqish emas, aynan shu oʻrganish. Shuning uchun baʼzi payt oʻqish soʻzidan foydalansam, sizlar kitob oʻqishni emas, aynan oʻrganishni nazarda tutishni qolardim. Biz oʻqiyotgan paytimizda bizda zerikish boʻlsa, bu demak nimadir bir narsani alomati ekan. Chunki bizning tanamiz, umumiy holatda reaksiya koʻrsatadi. Misol uchun davleniyasi oshgan odamga doktor skori chaqiradigan boʻlsanglar ukol qiladi-da, ukolni azginasini yuboradi. Azginasini yuboradi-da, keyin kutadi. Magneziya qiladi adashmasam, kutadi. Tana reaksiya beradimi, bermaydimi? Agar reaksiya bermaydigan boʻlsa, qaytib qolganda ham yuboradi. Agar reaksiya beradigan boʻlsa, oʻrniga narsasiga qidiradi. Xuddi shu oʻrinda bizning tanamiz, bizning miyamiz hamma koʻzimizga koʻrinayotgan narsalarga, bizlar bilan boʻlayotgan voqealarga hammasiga reaksiya qiladi. Dars qiziq boʻladigan boʻlsa, ichiga kirib ketasizlar, vaqt oʻtganini bilmaysizlar. Qiziqarli bir komediya kino koʻrsanglar kulasizlar, yaʼni hammasi tananing boʻlayotgan reaksiyasi boʻlyapti. Baʼzi bir holatlarda shunaqa boʻladiki, baʼzi va koʻp holatlarda shunaqa boʻladiki, oʻqiymiz, oʻqiymiz, zerikish holati boʻladi. Shu payt bilishimiz kerakki, zerikish bu simptom. Bu simptom nimani anglatadi deydigan boʻlsak, bu simptom shuni anglatadiki, biz hozir oʻqiyotganimizda ilm oʻrganmayapmiz. Ilm oʻrganmayapmiz, chunki zerikish orqali siz biror bir narsani oʻrgan olmaysiz. Oʻrgan olmaysizki, oʻrgan olmas ekansiz desam toʻgʻriroq boʻlsa kerak, chunki bu ham oʻzim yaqin oʻrgangan narsamda. Nima sabab biz agar zerikadigan boʻlsak, yangi narsani oʻrgan olmaymiz? Buni sababi shundaki, zerikish paytida miyamiz maʼlum bir holatda boʻladi. Buni miyaning steyti deb aytamiz, steyt bizda holat degani. Miyamiz ikki xil holatda boʻladi, aktiv holatda va passiv holatda. Biz zerikayotgan paytimizda bizning miyamiz passiv holatda boʻladi. Passiv holatni koʻrsatish uchun mana vizualni mana bu rasmni tasavvur qilib olsanglar boʻladi. Bu rasmdagi maʼlumot bizda EEG studiesdan olingan. EEG degani electroencephalography ekan, bu narsa nima deb men qiziqsam bu odamni miyasiga narsa ulab, oʻsha miyani boʻlayotgan protsessini men tushunishim boʻyicha oʻsha miyadagi neyronlardan, miyadan umumiy bir aktivnostni oʻlchasharkan va odam zerikayotgan paytda miyani aktivnostisi, yaʼni miyani boʻlayotgan oʻsha miyani yuritayotgan ish faoliyati deymikan, miyani ishlashi, umumiy holatda miyani ishlashi slows down qilar ekan. Yaʼni susayib borar ekan, odam zerikayotgan paytda. Va bu susayish holati mana bunaqa koʻrinishda boʻlar ekan. Bu prosto vizualniy oʻzimizni tushunib olishimiz uchun qilingan. Endi bunaqa koʻrinish qaysi payt bizda boʻladi desak, biz uxlarimizdan oldin, yotayotganimizda ham miya xuddi shunaqa holatda boʻlar ekan. Yaʼni uxlarimizdan oldin miya qanaqa holatda boʻladi? Umuman oʻzini ovora qilgisi kelmaydi, ishlatkisi kelmaydi va miya oʻzini majburlab miyani ishlatmaslikka harakat qiladi. Oʻzidan-oʻzi majburlab ishlatmaslikka harakat qiladiki, miya biladiki, siz uxlayapsiz, siz dam olishingiz kerak. Ortiqcha narsani oʻylaydigan boʻlsangiz, miya yana ishlab ketishi mumkin, uyqingiz qochib ketishi mumkin, shuning uchun miya oʻziga maksimal darajada dam beradi. Biz zerikayotgan paytimizda ham bizda xuddi shunaqa protsess roʻy berar ekan. Yaʼni miyamiz mana mana shunaqa holatda boʻlar ekan, biz zerikayotgan paytimizda. Vaholanki, biz oʻqiyotganimizda agar miyamiz qachon aktiv holatda boʻladi, qachonki biz oʻqiyotgan narsamizni qiziqib oʻqiydigan boʻlsak. Miyaning aktiv holati taxminan mana bunaqa koʻrinishda boʻlar ekan. Buni men oʻzim rasmlarni qilib chizganman, prosto tushunishinglar uchun. Bunaqa holatda miyani aktivligi, yaʼni miyani aktivnostisi speeds up, yaʼni oshyapti, oshib borayapti. Koʻrib turganinglardek, bitta hayol emas, har xil hayollar, har xil oʻy-hayollar boʻladi. Va hayotinglardan oʻzinglar ham misol qilsanglar boʻladi, yangi biror bir narsani oʻrgangan paytinglar yoki oʻrtoqlaringlar bilan oʻtirib nimadir gaplashib turibsizlar, sizlarga bir yangi gʻoya kelgan paytida, miya oʻz-oʻzidan ishlab ketadi. Oʻzidan-oʻzi ishlab ketadi-da, esinglarda boʻlmagan narsalar esinglarga tushib qoladi. Miya har xil bitta dona narsani oʻylamaydi-da, har xil narsalarni oʻylaydi. Men oʻzimda mana shunaqa holat hali-haligacha bor. Men hech tushunmas edim, kimdir bilan gaplashsam, biror bir fikrni oʻylasam, oʻrnimdan turib ketib qolaman. Oʻtirib oʻsha maʼlumotni hazm qilolmayman, oʻrnimdan turib ketib, ozgina bunday yurishim kerak. Endi mana mana shu narsani oʻrgananimdan keyin bildimki, miya prosto oʻzidan-oʻzi ishlab ketar ekan, miya yoqilib ketar ekanda energiya kelib, men oʻzimni oʻzim turgʻizib olib, men ishlashim kerak ekan der ekan. Keyin men bunday sekin oyogʻimdan yursam, miyadagi oʻylayotgan narsalarimni bunday sekin hazm qilib olishga, bir-biriga bogʻlashga yordam berar ekan shu protsess. Tushuntira oldim-mi? Demak, qilgan xulosamiz, agar siz zerikayotgan boʻlsangiz, miyangiz sizning passiv koʻrinishda boʻladi. Passiv koʻrinishda boʻlmasligi uchun miya aktiv koʻrinishda boʻlishi kerak. Aktiv koʻrinishda boʻlishi uchun siz qiziqishingiz kerak. Learning is always engaging, buni tarjimasi oʻqish, oʻrganish hamisha engaging, yaʼni qiziqarli degan maʼnoni beryapti. Siz biror bir narsani oʻrgangan narsangizni eslab koʻradigan boʻlsangiz, qaysi bir narsani osonlikcha, qaysi bir narsani yengil va uzoq muddatga eslab qolgan boʻlsangiz, shu protsess sizga qanaqadir bir qiziq holatda shu protsess boʻlgan. Yaʼni siz qiziqish orqali oʻrganib qolgansiz. Buni sababi shundaki, miya oʻrganishni yaxshi koʻradi. Miya yangi narsani oʻrganishni yaxshi koʻradi. Eʼtibor bersanglar chaqaloqlar qaysi holatda kuladi? Qachonki siz oʻsha chaqaloqga yangi bir nimadir bir qiliq qiladigan boʻlsangiz. Yaʼni u oldin koʻrmagan qiligʻini qiladigan boʻlsangiz, u uchun bu yangiligi, yangilikni chaqaloq qabul qilayotganligi uchun kayfiyati koʻtariladi-da kuladi. Bizni oʻzimizda ham shunaqa. Yangi narsaga agar qiziqib qoladigan boʻlsak, ichiga kirib ketamiz. Va oʻrganish protsessi ancha oson boʻladi. Bunga oddiy misol qilsak boʻladi. Miyamiz yangi maʼlumotni oʻrganayotganda, miyani oʻrganish protsessi network of information deydi bu narsani, maʼlumotlarni bir-biriga bogʻliydi. Bu qanaqa koʻrinishda boʻladi? Misol uchun, qaranglar. Biz kitob oʻqiyapmiz. Mana mana bu yerda kitobdagi nuqtalarga eʼtibor beringlar, bu hozir mana bu nima deb chizib qoʻyganimni keyin tushuntirib beraman. Kitob oʻqiyotganimizda kitobda berilayotgan maʼlumotlar bir-biriga bogʻlangan boʻladi. Yaʼni birinchi maʼlumotga ikkinchi maʼlumot bogʻlanyapti, ikkinchi maʼlumotga uchinchisi, uchinchisiga toʻrtinchisi bogʻlanyapti. Yaʼni maʼlumotlarni ketma-ket, qanaqadir bir bogʻlovligi bor. Xuddi shu logika boʻyicha bizning miyamizning ichida ham maʼlumotlarni bogʻlovligi bor. Bunga qanaqa misol qilsa boʻladi? Misol uchun siz haligi kun bolalikga misol qildim. Ruchkani nima deganini bilmas edingiz, sizga ruchkani kimdir bir ixtiro qildi-da, yangi narsaday koʻrsatdi. Bu narsa bilan sen miyangdagi narsani yozma koʻrinishiga keltirsang ham boʻladi deb koʻrsatishdi. Va undan tashqari alohida sizga qogʻoz koʻrsatishdi-da, mana bu qogʻoz, sen bu qogʻoz bilan misol uchun oʻtin yoqsang ham boʻladi. Bu qogʻozni sen misol uchun boʻlmagan qilib ishlatsang ham boʻladi deyishdi. Va qogʻozda sizda tushunchasi alohida boʻlayapti, ruchkaning tushunchasi alohida boʻlayapti-da, siz oʻzingiz shu ikkita sizning miyangizda bor boʻlgan maʼlumotni bir-biriga bogʻlab, ha, mana shu qogʻozga mana shu ruchkada yozsam boʻlar ekan degan bir xulosani chiqarib olyapsiz. Tushuntira oldim-mi? Mana mana shu biz anglab yetmaydigan holatlarda ham boʻladi, bu har gal payt, har xil maʼlumotlarni miyamizda bir yigʻindisi, qoʻshilmasi bor. Shu narsa umumiy holatda network of information deyiladi. Endi qachonki miyamizni, miya qachon yaxshi oʻqiydi, qachon mazza qilib oʻqiydi? Oʻshanaqa holatda mazza qilib oʻqiydiki, qachonki biz yangi oʻrganayotgan maʼlumotimizni, yaʼni bir-biriga oʻsha shundoq bogʻlangan maʼlumotni miyamizga qachonki bogʻlab olish oson boʻladigan boʻlsa, miya qiziqib shu narsani oʻrganadi. Qachonki bu maʼlumotni qiyin olish, miyaga bogʻlab olish qiyin boʻladigan boʻlsa, qiyinidan qilib qoʻydim, miya bu maʼlumotni ololmaydi. Bunga kelinglar misol koʻramiz. Qaranglar, bizning miyamizda, boya yuqorida aytib oʻtdim sizlarga, oʻrganishni, oʻqishni yaxshi koʻradi. Lekin dars qilishni yomon koʻradi miya. Nimani hisobiga unaqa? Buni sababi shundaki, biz dars qilishni oʻzi umumiy holatda oʻrganayotganimizda, biz notoʻgʻri metodlar boʻyicha oʻrganganmiz. Notoʻgʻri metod deganda nazarda tutilgan narsa, biz dars qilishni toʻgʻriligini qanaqa qilib toʻgʻri dars qilish kerakligini oʻzi tegini bilmaymiz. Bizga singdirilgan metodlar, yaʼni oʻsha tushunmadingmi, qayta oʻqi. Javobni eslab qolmayapsanmi, prosto yodlab ol, javobni tushunmayotgan boʻlsang deydigan metodlar bizda yoshligimizdan shakllangan.
[9:30]Yoshlikda misol uchun bizga oʻqituvchimiz notoʻgʻri yoʻl bilan oʻrgatgan boʻlsa, yoshligimizda bu biz uchun yagona oʻrganish yoʻli boʻlgan. Toʻgʻrimi? Chunki biz bilmaganmizda, toʻxta bu bunaqa metod emas e, mana bunaqa metod qilib koʻrgin, bunaqa metod qilib koʻrgin degan narsa boʻlmaganda. Va odatda biz yoshligimizda oʻrgangan metodlarimiz hech qanaqa bir scientific deydi, yaʼni olimlar tomonidan dokazat qilinmagan metodlar. Faqatgina urf-odatga asoslangan metodlar. Bu aytganimdek aqling yetayotgan boʻlsa ham, yetmayotgan boʻlsa ham mana bu narsani yodlab ol. Universitetga kirayotgan oʻquvchilar tarixga qanaqa tayyorlanishni bilasizlar, tarixni faqat yodlaydi, faqat yodlaydi. Voqea nima boʻlgan, qanaqa boʻlgan qiziq emas. Voqea raqam, voqea raqam, voqea raqam. Tegi qanaqa qilib kelib chiqdi, haligi bir ke tarixni menga gapirib ber, bir mazza qilib aytsanglar baraka topmaysizlar, chunki oʻquvchilar faqat yodlab oladi. Qiziqish yoʻq, shuning uchun yodlashyapti. Yoki biz oʻzimiz ham oldin shu narsani aytardik, soʻz yodlash uchun flesh karta ishlatadi. Qogʻozga soʻz yozasan, oʻzbek tilida, orqasiga inglizchasini yozasanda, oʻgirasan-da mana bunaqa qilib yodlaysan. Bu hech qaysi ish bermaydigan metodlar ekan. Chunki buni biz yoshligimizda asos siz qilib biz oʻrganganmiz. Endi qiziqish oʻrganish yoʻllari bor, yaʼni qiziq qilib oʻrganish yoʻllari bor. Bitta narsani bilishimiz kerakki, bizning miyamizda yuqorida aytib oʻtganimdek oʻrganishni yaxshi koʻrar ekan va oʻrganishni xillari bor ekan. Men yuqorida aytib oʻtganimdek biz notoʻgʻri yoʻl bilan oʻrganganmiz. Bu narsalarni biz oʻrgangan yoʻllarni notoʻgʻriligini, yaʼni bitta isbotlab beradigan yoʻl, biz televizor koʻrayotganimizda, biror bir serial koʻrayotganimizda, serial misol uchun agar 500 ta seriyadan iborat boʻladigan boʻlsa, biz 500 ta seriyani bittasini ham yozib olmaymiz. Yaʼni mana bu personajni oti bunaqa ekan, bu mana bunaqa joyda ishlar ekan deb yozib olmaymiz. Oʻz-oʻzidan qanaqa qilib turib esimizda qoladi? Yoki biz oʻyin oʻynayotganimizda, oʻyinlarda shunaqa qiyin oʻyinlar borki, 150 xil personaj bor. 150 xilda hammasida toʻrttadan, beshtadan oʻzini ishlatadigan bir skilllari bor, ishlatadigan bir magelari bor. Har bitta qahramonga sotib olsa boʻladigan narsalar bor. Yaʼni bunga sotib olsa boʻladigan narsa bunga tushmaydi, bunga tushadigan bunga tushmaydi. Shularning bittasini ham biz yozib olmaymiz. Bularning hammasini shunaqa eslab qolamizki, odamlar professional boʻlib ketadi. Balki oʻzinglarda ham shunaqa bordir. Yoki bu oʻzinglarga bir yangi dunyoni ochayotgan boʻlsanglar, yangi dunyo deganda deylik, siz anime koʻrayapsiz-da, animeda qanaqadir bir fantastik olamda odamlar yashayapti. Shu olamga siz shunaqa zoʻr koʻnikib qolasizki, shunaqa bir bu olamni ishlash qonun-qoidalarini, ishlash prinsipini tushunib olasizki, birovga ham siz aytib oʻrgata olib, bu qarangin deysiz, mana bunaqa, bunaqa holatda, bunaqa holatda istoriya bunaqa deysiz. Lekin oʻshani bittasini ham siz yozayotganingiz yoʻq, oʻsha narsani. Oʻshani bittasida ham siz flesh karta olayotganingiz yoʻq, yoki yodlayotganingiz yoʻq, taks buning otasi mana bunaqa ekan, buning otasi mana bunaqa ekan, buning otasi mana bunaqa ekan deb. Koʻryapsizlarmi, oʻrganish bizga qiziq boʻlyapti, qiziq boʻlganligi uchun biz oʻrganyapmiz. Endi oʻrganish jarayonida bizga relevance kerak ekan. Men yuqorida bu narsani aytib oʻtdim. Yaʼni biz oʻrganayotgan maʼlumotlarimiz miyamizdagi bor maʼlumotlarga qoʻshib oʻrganar ekanmiz. Bu qanaqa koʻrinishda boʻladi? Kelinglar, shu koʻrinishini koʻraylik. Tasavvur qilinglar, sizlar A maʼlumotni, B maʼlumotni va C maʼlumotni oʻrgandinglar. Va shu maʼlumotlarni bizning miyamizga qoʻshishimiz kerak. Biz miyamizga qoʻshayotganimizda, biz misol uchun A plus B plus C deb miyamizga shu narsani qoʻshmoqchi boʻlsak, miya bu narsani qabul qilmasligi mumkin. Chunki miyada shu A, B, C degan maʼlumotni qabul qilish uchun oʻxshashligi yoʻq. Tushuntira oldim-mi? Miya oʻziga oʻxshaydigan, mana shu miyada bor boʻlgan narsani tortib olish oson boʻladi. Lekin miyangizda agar umuman yoʻq boʻladigan boʻlsa, shu yerda qiynalyapti miya. Bunaqa holatda nima qilamiz, qanaqa qilib yangi narsa oʻrgansak boʻladi, hayotda koʻrmagan narsamizni qanaqa qilib oʻrganamiz? Buning uchun biz qabul qilayotgan maʼlumotimizni miyamizdagi bor boʻlgan maʼlumotga oʻxshatib qabul qilishimiz kerak ekan. Bu nima degani? Yuqorida aytib oʻtganimdek, A plus B plus C ni miya qabul qilolmayapti. Shu payt biz qilib koʻrsak boʻladi, balki miyada bordur A plus B. Ikkalasi bitta maʼlumot, bitta maʼlumot, plus C, yaʼni A bilan B ni men bitta narsa qilib olaman, bitta maʼlumot qilib olaman, plus C qilib miyamga kirgizib koʻraman. Miyada agar shunga oʻxshaydigan bir maʼlumot boʻladigan boʻlsa, miyani qabul qilib olish ancha oson boʻladi. Boʻlmasa miya yetarvoladi-da, zerikish hosil boʻladi. Oʻxshamayapti-mi? Demak men boshqa variant qilib koʻraman. Davay men bitta variant qilib koʻrayki, A plus B barobar C deb. Miyaga yuboraman shu signalni, miya koʻradi-da, ha, menda shunga oʻxshaydigan maʼlumot bor deydi-da, miyani qabul qilib olishi ancha oson boʻladi. Buni kelinglar hayotiy bir misolda koʻraylik. Hayotiy misolda qiladigan boʻlsam, biz ingliz tilida zamon oʻrganamiz. Ingliz tilida zamonni, aynan shu zamonni misol qilib olganim, koʻpchilik oʻquvchilar zamonda qiynaladi, zamonni ishlash prinsiplarini bilmaydi, formulalarda adashtiradi, zamonlarni bir-biri bilan adashtiradi. Shunaqa holatda nima qilish kerak? Biz yangi zamon oʻrganayotganimizda, zamonni bizda ishlatilish qoidasi bor. Zomonni bizda formulasi bor, zamonni misol uchun key wordlari bor deylik. A, B, C maʼlumot boʻldi bizda, umumiy holatda shu hammasi bizda bitta zamon. Endi biz bir zamonni oʻrganayotganimizda, biz miyamizga miyamizdagi bor maʼlumot bilan yangi zamonni bogʻlashimiz kerak. Bu qanaqa holat boʻladi? Misol uchun, biz oʻtgan zamonni, past simple oʻrganyapmiz. Past simple oʻrganayotganimizda, past simple oʻzi qachon ishlatilinadi? Past simple bizda oʻtmishda boʻlib oʻtgan narsalarga nisbatan ishlatilinadi. Koʻpchilik oʻquvchilar shunaqa holatda, davay qani bitta past simplega gap tuzib koʻrgin desa, gap tuzayotganida aqlim yetar-yetmas I played football yesterday degan gapni yozadi. Vaholanki miya kecha futbol oʻynamagan boʻlsa, shu narsani qabul qilib oladimi, qabul qilmaydi. Shu holatda siz past simple oʻrganayotganingizda, past simple oʻzbek tilida qabul qilib, yaʼni bu narsani men oʻtmish uchun ishlatar ekanman, oʻtmishda boʻlib oʻtgan narsa uchun ishlatar ekanman deb turib, miyangizda aynan shu oʻtmishga koʻchsangiz, oʻtmishni oʻylasangiz-da, oʻtmishda boʻlgan biror bir voqeani oʻylab koʻrsangiz. Yaʼni uyimizga bir kuni mehmonlar kelishgan edi, keyin men kosa sindirib qoʻygan edim, keyin oyimlardan gap eshitgan edim. Shu gapni siz oʻylab turib past simple bilan bogʻlaydigan boʻlsangiz, past simple siz qoidasini birdaniga oʻrganib olasiz. Past simpleda formulasi bor ekan bizda. Past simple formulasini siz eslab qolishingiz uchun, past simple formulasi agar siz uchun umumi yangi formula boʻladigan boʻlsa, oʻrganib olish qiyin boʻladi. Agar siz past simple formulasini toʻxta, mana miyamda present simple bor edi. Present simple formulasi menda subject plus verb plus S edi. Endi xuddi shu narsani men oʻtgan koʻrinishiga oʻzgartirar ekanman, demak menda bor formulani oʻtgan koʻrinishiga oʻzgartirar ekanman. Subjectim hali ham subject oʻrnida turibdi, undan keyin kelayotgan feʼlga men S emas-da, ED ni qoʻshimchasini qoʻshib aytsangiz, mana miyangizda bor edi present simple formulasi, shu present simplega bogʻlab olyapti. Umumiy holatda tushuntirib berayapman uni logikasini tushuntirib berayapman, demak, miyamizdagi bor narsaga biz bogʻlashga harakat qilishimiz kerak ekan. Va shunaqa holatda biz nima deydi, odam shu narsani aytsa, bu qiyin degan narsa oʻz-oʻzidan xayolga keladi-da, chunki men ham mana shu paytgacha boʻlgan narsani eshitdim-da, hoʻp birov aytayotgan narsasi toʻgʻri, lekin qiyin-dur desam, ketidan shu maʼlumot kelib qoldiki, relevance, yaʼni shu bogʻlash qobiliyati. Bu qobiliyat ekan. Bu talant emas ekan, bu qobiliyat ekan. Qobiliyat nima? Qobiliyat bu odam oʻzini ustida ishlab shakllantirsa boʻladigan narsa. Agar bu talant boʻlganda men aytardim, bitta qilib koʻr, agar oʻxshasa demak sening talanting bor, oʻxshamasa talanting yoʻq derdim. Lekin bu qobiliyat ekan, buni oʻrgansa boʻlar ekan. Endi bu qobiliyatni rivojlantirish uchun, biz shu qobiliyatni amaliyotda qoʻllashimiz uchun, bizda ikki xil yoʻl bor ekan, yaʼni shu narsani biz oʻrganishimizga amaliyotda qoʻllashimizga yordam beradigan. Birinchi yoʻli bu oʻrganayotgan narsamizni maqsadini aniqlash. Maqsadini aniqlash, purpose bizda maqsad degani. Maqsadini aniqlayotganimizda, biz oʻzimizga mana bu uchta savolni bersak boʻlar ekan. Birinchisi, men bu narsani nimaga bilishim kerak? Yaʼni yangi narsani oʻrganyapsiz-da, nima sababdan siz shu narsani oʻrganish, oʻrganishni bilishingiz kerakligi toʻgʻrisida oʻylasangiz, miya ishlaydi-da, miya qidirishni boshlaydi, haqiqatan oʻzi nimaga kerak edi deb. Mana shunga oʻxshaydigan, shunga oʻxshaydigan qanaqa bir maʼlumot bor edi deydi-da, qiziqish bildiradi, yaʼni maʼlumotni tortib olish oson boʻladi. Ikkinchi savolni bersangiz boʻlar ekan. Nimaga shu narsani menga kimdir oʻrgatyapti? Men sizlarga mana shu mavzuni nimaga oʻrgatyapman? Sababi sizlar ingliz tilini, yoki yangi fan oʻrganadigan boʻlsanglar, uni yangi kitob oʻqiyotgan boʻlsanglar, bu kitobdagi maʼlumotni yaxshiroq qiziqib, mazza qilib oʻrganishinglarga. Bu sizlar maqsadni tushunayapsizlar-da, haqiqatan menga kerakli narsa ekan deyapsizlar-da, sizlarga yana qiziqish uygʻonyapti. Miya sekin yana aktiv holatga, yuqorida koʻrsatganimdek aktiv paysga oʻtishni boshlayapti. Tushuntira oldim-mi? Undan tashqari bu narsani umumiy maqsadi nima degan savolni berar ekanmiz. Umumiy maqsad, bu yuqoridagi mana bu narsani nimaga bilishim kerak emas-da, umumiy maqsadi nima? Bu yerda men bu narsani oʻrganganimdan keyin qanaqa holatda qoʻllayman bu narsani, hayotimda qanaqa kerak boʻladi deydigan savollarni odam oʻziga berishi kerak ekan. Bu birinchi yoʻl. Ikkinchi yoʻli bor ekan, bu analogiya yaratish. Analogiya degani, bu hayotimizda bor boʻlgan narsalar bilan yangi oʻrganayotgan narsalarimizni bogʻlab olish. Bu qanaqa boʻladi? Misol oʻrnida qilsak, siz deylik med studentsiz, yaʼni meditsinskiy kollejda, universitetda oʻqiysiz va siz oʻzingiz uchun bir yangi kasallik turini oʻyladiz, oʻrgandingiz. Yangi kasallik turi, bu kasallik turi shunaqa ekanki, odamning tanasiga deylik misol uchun oq dogʻlar tushib ketar ekan. Va oʻsha payti siz kasallikni oʻrgangan paytingizda siz hayotda haqiqatan taniydigan, tanasiga oq dogʻ, oq dogʻ tushgan qoʻshningiz boʻladigan boʻlsa, oʻsha qoʻshningizni toʻgʻrisida oʻylab, analogiya qilib olasiz. Va haqiqatan mana shu qoʻshnim bor edi-yu, demak shu qoʻshnimda mana bu kasallik ekan-da degan narsa kelib chiqadi. Bu narsa analogiya yaratish, yaʼni bogʻliqlik yaratish. Tushuntira oldim-mi? Bogʻliqlik yaratishni yuqorida aytib oʻtganimdek oʻzi umumiy holati, umumiy logikasi oʻsha bogʻliqlik yaratishda, maʼlumotlarni networkingi, oʻsha miyadagi maʼlumotlarni bir-biriga qoʻshish deydi. Mana analogiya yaratish bu protsessni ancha osonlashtirib beradi. Undan tashqari bizda oʻrganayotgan paytimizda miyamizni shunaqa holati bor ekanki, u flow deb nomlanar ekan. Flowni oʻzbek tiliga tarjimasi bu oqim degani. Miyaning oqim holati, yaʼni shu flow holati bu shunaqa holatki, miyangiz maksimum potensialini ishlatadi. Oʻrganayotgan narsangizning ichiga kirib ketasiz. YouTubeda birinchi olgan videolarim bor-ku, oʻzi aksariyat oʻquvchilar oʻshalarni koʻrgan. Odamlar aytadi koʻrib mazza qilaman deydi. Mana oʻsha paytda siz ichiga kirib ketayapsiz, maʼlumot oʻrganyapsiz-da, ichiga kirib ketayapsiz, miya aktiv holatda boʻlayotganini flow holatiga tushib qolishi mumkin ekan. Flow holati, bu aytganimdek miyamizni maksimum darajada ishlatishi ekan. Endi miyani biz maksimum darajada, yaʼni flow holatida ishlatsak boʻlar ekan. Bu narsa ham oʻrgatsa boʻladigan narsa ekan. Buning uchun bizga ikkita asosiy shart kerak ekan. Miyamizni choʻtki qilib biror bir maʼlumotni oʻrganishi uchun. Buning uchun birinchi boʻlishi kerak boʻlgan shart bu miya aktiv holatda boʻlishi kerak. Yaʼni siz miyangiz passiv holatda boʻlib turib, siz flow holatiga chiqa olmaysiz. Chunki miya aytayapman, aktiv holatida boya analogiya keltirdim, bu odam uxlaridan oldingi holati, passiv holati. Miyangiz passiv holatda boʻlsa, siz oʻrganolmaysiz, chunki uxlayotganingizda miya oʻziga-oʻzi dam beradi, ishlamayman deydi, unaqa bilan siz flowga hech qanaqa erisha olmaysiz. Flowga chiqishingiz uchun miyangiz aktiv holatda boʻlishi kerak ekan va ikkinchi shart, siz oʻrganayotgan narsaga fokus qaratishingiz kerak ekan. Haqiqatni bitta joyga jamlashingiz kerak. Buni biz hayotdagi misoldan oladigan boʻlsak, siz dars qilmashsiz. Darsxonangizda sizni chalgʻitadigan narsalar bor, chalgʻitadigan faktorlar bordir. Chalgʻitadigan faktorlarga misol uchun sizning darsxonangizning oʻzi boʻlishi mumkin. Misol uchun, men ishlayotgan joyimda agar ortiqcha narsalar koʻp boʻladigan boʻlsa, chalgʻitaveradi. Men mana shu narsalardan qutilib olaman, mana miya boʻshaydi, fokus qarata olaman. Fokusga ikkinchi yordam beradigan narsa bu noise cancellation, yaʼni ortiqcha shovqinlardan chetlash. Nimaga unaqa? Sabab shundaki, har bitta shovqin, har bitta qulogʻimizga eshitilayotgan ovoz bu maʼlumot. Bu maʼlumot, u qoʻshiq boʻladimi, qoʻshnimizni bir-biri bilan gaplashayotgani boʻladimi, yoki siz kutubxonada kitob oʻqiyotgan paytingiz kimdir puch-puch-puch ovozini baland qilib oʻqiyotgan boʻladimi, bu narsaning hammasi oʻsha siz oʻqiyotgan kitobingizga boshqalar gapirayotgan gap, ovozdan chiqqan gap qulogʻimizga keladi. Qulogʻimizga ortiqcha maʼlumot boʻladi. Biz mana bu yerda berilayotgan maʼlumotni oʻrganishimiz kerak-ku. Koʻryapsizlarmi, biz oʻrganishimiz kerak boʻlgan maʼlumotni olayotgan paytimizda, yoniga qoʻshimcha yana maʼlumot keladigan boʻlsa, miya avtomatik tarzda chalgʻiydi. Yaʼni fokusni odam boshqa yoqqa qaratadi. Shuning uchun oʻrganayotganingizda yon atrofingizda chalgʻitadigan narsalarni olib tashlab, telefonni ovozini oʻchirib, boshqa shovqin kirmaydigan qilib environment yaratib olsangiz, yaʼni oʻzingizga shunaqa sharoit yaratib olsangiz, siz flow holatiga tushishingiz osonroq boʻlar ekan. Endi flow holatida bizda studentlarni eng zoʻr student qaysi degan bir savolga javob beradigan boʻlsak. Men oʻzim oʻquvchilarimga aytamanki, har bitta ingliz tili darajasida shugʻullanish vaqti bor. Misol uchun beginner kuniga yoʻq deganida ikki soat shugʻullanishi kerak. Elementary uch soat, uch yarim soat shugʻullanishi kerak, pre-intermediate toʻrt soat, besh soat shugʻullanishi kerak, intermediate odam kunini ingliz tili bilan shugʻullanishi bilan oʻtkazishi kerak degan bir narsani oʻquvchilarga oʻrgataman. Vaholanki bu yerda yana bitta tomoni borki, eng zoʻr oʻquvchi bu flowni yaxshi egallagan oʻquvchi. Nimani hisobiga? Buni sabab shundaki, flow holati, aytib oʻtganimdek odamni butun anaqasini eʼtiborini oʻrganayotgan maʼlumotga qaratadi. Miya ishlaydi, chunki miya aktiv holatda boʻlganda aytdim, har xil narsani oʻylaydi va tabiiy ravishda miyangiz siz koʻp ishlatganingizdan keyin, siz energiyangizni yoʻqotasiz. Energiyani yoʻqotgandan keyin tabiiy ravishda siz charchaysiz. Charchagan odamga tabiiy ravishda dam kerak. Eng zoʻr oʻquvchi bu koʻp shugʻullangan, uzoq shugʻullangan oʻquvchi emas, eng zoʻr oʻquvchi bu qisqa muddatda koʻp maʼlumotni oʻrgangan oʻquvchi zoʻr oʻquvchi hisoblanar ekan. Tushunyapmizmi? Shuning uchun biz kuniga 10 soat miyamizni passiv holatida shugʻullanganimizdan koʻra, kuniga uch soatgina flow holatida shugʻullanib, oʻzimizga ikki soat dam berib, keyin yana uch soatgina flow holatida shugʻullanib, umumiy holatda ham olti soat dars qilib, biz koʻproq narsa oʻrganib olganimiz bizga foydaliroq ekan, chem passiv holatda, zerikib, miyamizga narsa kirmasdan oʻrganishimizdan koʻra. Undan tashqari, shu narsani bilishimiz kerakki, aytib oʻtganimdek flow holati juda ham koʻp energiya sarflaydi va odamga dam kerak. Shunaqa payt odam oʻziga-oʻzi dam berishni bilishi kerak. Chunki aytganimdek, agar siz misol uchun olti soat kuniga hamisha olti soatda shugʻullanib kelayotgan oʻquvchi edingiz. Va tabiiy ravishda sizning organizmingiz shu narsaga koʻnikkan boʻladiki, miyangiz charchaganmi, charchamaganmi, siz olti soat dars qila olasiz. Chunki bu oʻsha odat tusiga kirib qolgan. Men sizga hozir flowni oʻrgatmayapman. Siz flowni oʻrganayapsiz-da, ha, boʻldi, mana bu yaxshi narsa ekan deyapsiz-da, flowga amal qilishga harakat qilib, miyani flow holatiga sov olmaysiz. Miyani flow holatiga sovayapsiz-da, bosib shugʻullanishni boshladingiz. Mazza qilib shugʻullanyapsiz. Lekin agar sizni eski qolib ketgan odatingiz, oʻsha olti soat shugʻullanish odatingiz sizni oʻzida qolib turib, sizning flow holatingiz faqatgina ikki soatga yetadigan boʻlsa, qolgan toʻrt soat shugʻullanganingizdan tolka yoʻq. Shu payt siz oʻzingizga stopni bera olishingiz kerak. Boʻldi, toʻxta, men hozir zerikishni boshladim, oʻqiyotgan narsamni tushunmayapman, sekin koʻzim charchayapti, boʻldi menga dam kerak degan narsani odam qila olishi kerak ekan. Chunki ha, yoʻq, boʻldi, men olti soat shugʻullanayotgan edim, yana olti soat shugʻullanishim kerak deb oʻzingizni majburlaydigan boʻlsangiz ham, miya zerikish holatiga oʻtadi. Zerikilgan maʼlumot bizda miyaga kirmaydi, zerikib olingan maʼlumot. Bu narsaga kelishib oldik. Chunki maʼlumot olayotganimizda biz qiziqishimiz kerak. Qiziqishimiz uchun bizga flow holati kerak. Flow holati bizni charchatadi. Flow holatidan shuning uchun vaqtida chiqib ketishimizni bilishimiz kerak. Endi flow holati qancha davom etadi? Bu savolga javob yoʻq. Chunki hamma har xil. Balki sizda 10 minut flow boʻlar, 20 minut dam kerakdir. Balki bir soat flow boʻlar, 10 minut dam kerakdir. Buni siz oʻzingiz bitta test qilib koʻrishingiz boʻladi, chunki har bitta odam oʻzi individual, shuning uchun bu unga bitta bir yechim yoʻq. Undan tashqari biz imtihonga boʻlgan ozgina nazaramizni, imtihonga boʻlgan nazaramizni oʻzgartirib olishimiz kerak. Imtihon biz uchun shunaqa narsa boʻlib qolganki, yillar davomida biz imtihonni faqatgina oʻsha maktablarda sinfdan sinfga oʻtishga, universitetda bahoyimizni olishga, universitetni bitirayotganimizda diplomimizga taʼsiri yoki IELTS olayotganimizda oʻsha IELTS imtihonimizni yuqoriroq darajaga, yuqori baho olishimiz uchun qaraydigan, oʻsha IELTS imtihoni imtihon sifatida qaralgan. Va tabiiy ravishda imtihonni odam oʻylasa, odamga stress oʻtkazadi. Bitta narsani tushunishimiz kerakki, tegi oʻzi, imtihonning oʻzi yomon narsa emas. Sizning hayotingiz imtihondan zavisit qilmasa, yaʼni imtihonning javobi past chiqsa ham sizga hech narsa qilmaydi, normalni hammasini desa, imtihon oʻzi yaxshi narsa. Shu sabab biz shu narsani oʻrganishimiz kerakki, har bitta oʻrgangan maʼlumotimizdan keyin oʻzimizni imtihon qilishni oʻrganishimiz kerak. Oʻzimizni bitta testga qoʻyib qoʻyishimiz kerak. Yuqorida aytib oʻtganimdek, misol uchun oʻsha ingliz tilini oʻrganyapsizlar, ingliz tilida sizlarga berilayotgan testlar, testlarning maqsadi sizlarni bilimlaringni sinash emas, bu leveldan levelga oʻtadigan test deb qabul qilish kerak emas buni. Har bitta oʻrgangan maʼlumotingizdan keyin siz ishlayotgan testingiz sizni shu maʼlumotni qanchalik yaxshi oʻrganganingizni, qanchalik kamchiliklaringiz borligini tushuntirib beradi. Undan tashqari testni eng zoʻr tomoni, testlarni oʻzini darajasi bor. Misol uchun oddiyroq test bor, oddiyroq testni ishlatdingiz-da, yorib tashladingiz. Oʻrtacha test bor, oʻrtancha testni ishlatdingiz-da, ozgina qiynalgan joylaringiz boʻldi, lekin qiyinchilikni nimani hisobiga olayotganini tushunib oldingiz va yuqori darajadagi qiyin testlar bor. Qiyin testlarni siz ishlayotganingizda, qiyin testlarni siz tushunmasangiz, siz mana mana shu qiyin testni darajasiga chiqib olishingiz kerak. Yaʼni shu qiyin testda berilayotgan savol nimaga asoslanib savol berilyapti. Shu savolga men qanaqa qilib javob topaman degan narsani yuqorida biz relevance toʻgʻrisida gaplashdik-ku, yaʼni oʻsha miyadagi bor boʻlgan maʼlumotlarni bogʻlash toʻgʻrisida gaplashdik-ku, shu qiyin savolga, qiyin berilayotgan savolga siz miyangizda bor boʻlgan narsani bogʻlay olsangiz, yaʼni bogʻlab olsangiz xullas, shundagina siz mavzuni zoʻr qilib oʻrgangan boʻlasiz. Bogʻlashga harakat qilyapsiz, shu yerda oʻxshamayapti. Mavzuni qayta-qayta oʻqing, mavzuni koʻproq analiz qiling, koʻproq research qiling, bitta dona kitobdan emas, boshqa kitobdan oʻrganing, internetdan oʻrganing, Google chajitsadan oʻrganing. Mavzuga shunchalik kirib ketingki, mana mana shu yuqori darajadagi test bilan siz bir xil bilimda boʻling, yuqori darajadagi testni ishlayotganingizda sizga muammo boʻlmasin umuman, yorib tashlab ishlaydigan qiling. Shu holatdagina siz buni ham yaxshi oʻzlashtirgan boʻlasiz. Undan tashqari yuqorida aytib oʻtgan flow holatimga, relevance oshirish holatiga, odam oʻzini-oʻzi imtihon qilish uchun sizga oʻqish, oʻqib oʻrganishingiz uchun bir idealniy bir strategiya kerak boʻladi. Lekin afsuski idealniy strategiya degan tushunchani oʻzi yoʻq. Chunki men yuqorida sizlarga aytib oʻtdim, biz hammamiz individualmiz, yaʼni menga toʻgʻri keladigan narsa sizlarga toʻgʻri kelmaydi. Sizlarga toʻgʻri keladigan narsa boshqa bir sheriginglarga toʻgʻri kelmaydi. Ikkita eng aʼlochi oʻquvchini olib, ikkalasini oʻtkazib qoʻyib, oʻshalarning dars qilishini biz kuzatadigan boʻlsak, ularni bir-biri bilan oʻxshash, bogʻliq boʻladigan tomonlari faqatgina flow holati. Bu ham flow holatiga osonlik bilan tushib oladi, bunisi ham tushib oladi. Lekin bittasi flowga tushish uchun ertalab bomdoddan keyin shugʻullanayotgan, ikki soat shugʻullanayotgan, kuni boʻyi hech narsa qilmayapti va oʻshaning oʻzi bilan yetib borayapti. Mana bunisi ertalab turish qiyin boʻlayapti-da, kuni boʻyi hech narsa qilmay yurib, kechki payt miya shunaqa choʻtki ishlayapti-da, kechki payt bosib dars qilyapti. Tushuntira oldim-mi? Hamma har xil. Buning uchun biz eksperiment qilib koʻrishimiz kerak, yaʼni biz oʻzimiz uchun nima toʻgʻriligini bilmaymiz. Har xil eksperiment qilib koʻringlar, yaʼni 10 minut bosib shugʻullaninglar, 10 minut dam olib koʻringlar. Dam olayotganda ham aynan qanaqa dam turi sizga toʻgʻri kelyapti. Siz mana bu Instagramingizni skrol qilsangiz miyangiz dam olayaptimi, yoki 10 minutda siz uxlab olishingiz kerakmi? Hamma har xil-da, buni bilolmaymiz. Va bitta narsani bilishingiz kerakki, qachonki siz oʻzingiz uchun bir ideal strategiyani topadigan boʻlsangiz, siz oʻrganish jarayonida yana yangi, yangi, yangi maʼlumotni oʻrganib-oʻrganingizdan keyin, sizning eski siz uchun ideal boʻlgan strategiya ham oʻzgarib, oʻzingiz uchun yana yangi bir strategiya qilishingiz kerak boʻlib qoladigan holatga ham kelib qolishingiz mumkin. Buni sabab shundaki, siz bitta joyda toʻxtab qolmayapsiz. Siz yangi maʼlumotni oʻrganyapsiz, tabiiy ravishda dunyo qarashiz kengayyapti, dunyo qarashiz kengaygandan keyin siz oʻzingiz uchun yangi yoʻllarni, yangi ishlash yoʻllarini, eski siz uchun ideal boʻlgan strategiyadan yaxshiroq bir strategiyani oʻylab topishingiz mumkin. Shuning uchun bu narsaga bir boriday qarash kerak. Oʻrtoqlar, asosiy narsalar shu edi. Oʻrgangan narsalaringlarni analiz qilib, amaliyotda qoʻllaydigan boʻlsanglar, inshaallah ancha bir yangi narsalar, maʼlumotlarni oʻrganishinglarga katta yordam boʻladi.



