Thumbnail for Xomanoiyning o'ldirilishi va Razvedka.  by Saud Cyber

Xomanoiyning o'ldirilishi va Razvedka.

Saud Cyber

14m 1s1,745 words~9 min read
AI audio transcription
Transcript source

AI audio transcription

This transcript was generated from the video's audio because no usable YouTube caption track was available. The transcript below is server-rendered so it can be read, searched, cited, and shared without opening the original YouTube player.

Timestamped outline
Pull quotes
[0:00]2026-yil 28-fevral, shanba erta tongda Tehron markazidagi Pastur ko‘chasi va bu yerda bitta bino bor.
[0:25]Salom, men Saud va bugun men sizlarga so‘nggi 16 yilning eng aqlli kiber hujumini aytib beraman.
[0:25]Bu hujum 16 yil davom etdi va bu hujum yuzlab muhandislarning ishtirokini talab qildi.
[0:25]Tasavvur qilinglar, sizlar Xomaneyning shaxsiy tansoqchisizlar va sizlarga ishonadi.
Use this transcript
Related transcript hubs

[0:00]2026-yil 28-fevral, shanba erta tongda Tehron markazidagi Pastur ko‘chasi va bu yerda bitta bino bor. Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomaneyning qarorgohi. Bu yerda bitta kamera bor. Oddiygina yoʻl kamerasi. Va bir necha daqiqadan keyin mana shu oddiy yoʻl kamerasi Xomaneyni oʻldiradi.

[0:25]Salom, men Saud va bugun men sizlarga so‘nggi 16 yilning eng aqlli kiber hujumini aytib beraman. Bu hujum 16 yil davom etdi va bu hujum yuzlab muhandislarning ishtirokini talab qildi. Va bu hujumning eng muhim qismi texnologiya, hech kim ko‘rmaydigan joyida edi. Sizlarning shahringlardagi yo‘l kameralarida. Tasavvur qilinglar, sizlar Xomaneyning shaxsiy tansoqchisizlar va sizlarga ishonadi. Sizlar uning yonida 20 yildan beri ishlaysizlar va bugun shanba, soat 9:00 dan o‘tdi. Xomaney mehmon kutyapti, eng yuqori darajadagi rahbarlar yig‘ilishi kerak. Mudofaa vaziri, muhofazachilar korpusi qo‘mondoni va bosh shtab boshlig‘i. Yig‘ilish boshlanadi.

[1:06]Sizlar qarorgohning tashqarisida turibsizlar. Sizlarning ishinglar har qanday tahdidni sezish va telefoninglar doim qo‘linglarda. Soat 9:45 o‘tdi va birdaniga samolyot ovozi eshitilyapti. Va juda g‘alati, juda g‘ayritabiiy. Tehron havo hududi yopilgan. AQSh va Isroil bilan keskinlik bor, lekin urush emas, hech qanaqa signal yo‘q edi. Sizlar telefoninglarni oldinglar va hamkasbinglarga qo‘ng‘iroq qildinglar, lekin band. Juda ham g‘alati. Boshqa raqam terasizlar, boshqa tansoqchi, lekin u ham band. Yana boshqa, yana band va hammasi band. Sizlarning telefoninglar ishlayapti, lekin tarmoq ishlamayapti. Pastur ko‘chasi atrofida taxminan 10 ta mobil minora qanaqadir tarzda o‘chirilgan va sizlarning bilmagan narsanglar ham shu. Kimdir buni ataylab qildi. Kimdir istalgan vaqtda bu minorani o‘chirib qo‘yishi mumkin va o‘sha kimdir aniq hozir ularni o‘chiribdi. Soat 9:46 o‘tadi va Pastur ko‘chasidagi binoga taxminan 30 ta raketa tushadi va Xomaney o‘ldi. Mudofaa vaziri Nasrizzoda, bosh shtab boshlig‘i Bag‘eriy va Muhofizlar korpusi qo‘mondoni Pakpur o‘ldi. Birinchi 40 soniya ichida bizlar Eronning eng yuqori harbiy-siyosiy rahbariyatini tugatdik va savol shu yerda boshlanadi. Xomaney dunyodagi eng yaxshi himoyalangan odamlardan bittasi edi. Va uning bunkeri aytishlaricha yer ostida liftda yetib borish uchun 5 daqiqalik joyda edi va uning aniq joyini bilish deyarli mumkin emas edi. Buni Eron razvedkasi yillar davomida ta'minlagan. Lekin Isroil bildi. Aniq xona, aniq daqiqa va aniq shtab. Qanaqa qilib? Tehronning ko‘r ko‘zlari sababli. 2018-yil atrofida Eron rejimi o‘z fuqarolarini kuzatishni juda ham xohladi. Norozilar bor edi, dissidentlar bor edi va hijobni rad qilgan ayollar bor edi. Rejim yechim topdi. Tehronni kamera bilan to‘ldirish. Yo‘l kameralari, bino kameralari, transport kameralari va ko‘chada har 50 metrda bitta kamera.

[3:07]Va bu kameralarning hammasi Xitoyniki edi. Hikvision, Dahua, Tiandi tanish eshitilyapti va uchta Xitoy brendi. Eronning butun kuzatuv tarmog‘ini mana shular qurdi. Tiandi o‘zini masalan, Eronga do‘st muqobil deb reklama qilardi. Ular Muhofizlar korpusiga, politsiyaga, armiyaga sota olardi. Ular hatto so‘roq qilish uchun yo‘lbars o‘rindiq deb nomlanadigan qiynoq qurilmasini ham sotgan. Eron rejimi shunaqa o‘ylardi. Bu kameralar bizningki va biz xohlagan vaqtimizda kuzatamiz. Aslida bunaqa emas edi. Bu kameralarni Isroil ham kuzatib turardi. 2026-yil mart oyida Financial Times shunaqa yozadi. Isroil razvedkasining maxfiy bo‘limi, Unit 8200, yillar davomida Tehronda deyarli barcha yo‘l kameralarini buzgan edi. Video tasvirlar shifrlanardi va Tel-Aviv hamda janubiy Isroildagi qayergadir yuborilardi. Tushirishga harakat qilinglar, bu shunchaki bir necha kamera emas, bu yuz minglab soat va har kuni bir necha yil davomida degani. Va ulardan bittasi maxsus joyda turardi. Xomaneyning qarorgohi yaqinida edi. Bu kamera juda ham oddiy ko‘rinardi va yo‘l kamerasi edi. Lekin u maxsus burchakdan o‘rnatilgan edi.

[4:21]U Xomaney tansoqchilari shaxsiy mashinalarini qo‘yadigan avtoturargohni ko‘rsatib turardi, o‘sha burchakka moslashtirilgan. Xomaney harakat qilishidan oldin uning tansoqchilari mashinaga keladi va tansoqchilari Xomaney bilan harakat qiladi. Tansoqchilar bu signal, bu kamera Xomaneyning ko‘lankasi edi. Lekin bitta kamera bilan odam o‘ldirolmaysizlar, bu shunchaki ma'lumot, qayerda kim turibdi. Sizlarga ko‘p kamera kerak va sizlarga boshqa bitta narsa kerak, sun'iy aql. Unit 8200, Isroil razvedkasining texnologik bo‘limi bitta narsa qurdi. Ular buni Target Production Machine deb nomladi, ya'ni nishon ishlab chiqarish mashinasi. Bu shunaqa ishlardi. Birinchi qism kirish ma'lumotlari, unga ma'lumot berishimiz kerak. Tehron kameralardan jonli video oqimi, minglab kanal, mobil aloqa signallarini tinglash, sun'iy yo‘ldosh suratlari. Yuqori aniqlikdagi har 30 santimetrgacha ko‘ra oladi va Mossad agentlari hisobotlari, ya'ni yer ustidagi odamlardan va eng muhimi nima, bilasizlarmi, tarixiy ma'lumotlar, kundalik tarixiy ma'lumotlar. Ya'ni bu odam odatda qachon qayerga boradi. Bu odam qachon qanaqa mashinaga o‘tiradi yoki bu odam payshanba kuni ertalab nima qiladi. Bu hayot namunasi deyiladi, inglizchada bunga pattern of life deymiz. Bitta Isroil ofitseri Financial Timesga shunaqa deydi: “Bizlar Tehraonni Quddusni bilgandek bilardik” deydi. “O‘sib ulg‘aygan ko‘changlarni bilgandek, boshqa ko‘chani bilganinglarda, u ko‘chada nima yo‘qolganini darrov seza olardilar” degan. Ya'ni bu xonanglardan nimadurning yo‘qolib qolishiga o‘xshaydi. Endi ikkinchi qism. Bu ma'lumotlarning hammasini AI bitta joyga birlashtiradi, ya'ni sun'iy intellekt. Kompyuter ko‘rishi, kameradagi har bitta yuzi, har bitta mashinani va har bitta yurish tarzini taniy oladi. Ijtimoiy tarmoq tahlili, bu odam bu odam bilan har payshanba uchrashadi degan naqshlarni topdi. Anomaliya aniqlash, bu odam hech qachon shu vaqtda shu yerda bo‘lmagan. Demak, nimadir o‘zgardi deb signal bera oldi va eng oxirida uchinchi qism, ya'ni chiqish. Mashina bitta narsa ishlab chiqaradi, bitta gina narsa, 14 ta raqam. Bu raqamlar koordinata, lekin oddiy GPS koordinatasi emas, juda aniq. 14 ta bu sizlarning xonanglardagi aniq joyinglar, ya'ni sizlarning o‘rninglar, sizlarning stulinglar santimetr darajasida. Xomaney yig‘ilish xonasiga kirdi, stol atrofida o‘tirdi va AI mashinasi 14 tagina raqam ishlab chiqardi va 14 ta raqam Isroil reaktiv samolyotiga jo‘natildi. Soat 9:45 o‘tdi, soat 9:46 o‘tdi, Xomaney o‘ldi. Va birinchi marta tarixda bitta davlat boshlig‘i AI mashinasi tomonidan ishlab chiqarilgan koordinata bilan boshqa davlatdan turib o‘ldirildi. Hozir shunaqa o‘ylab turganinglarni his qilayotgandekman. Bu film ssenariysi, ya'ni Gollivud filmi-ku deb. Bunaqa emas, ya'ni bu 16 yil davomida qurilgan doktrina aslida. Boshlanishi 2010-yilga taqaladi. AQSh va Isroil birgalikda Stuxnet deb ataluvchi kompyuter viruslarini ishlab chiqqandi, bu haqda oldin ham gaplashgandik va bu virus Eronning Natanz yadro stansiyasiga yashirin yo‘l bilan kirdi. Gollandiyalik inson orqali aslida va yadro sentrifugalarini ishdan chiqardi va hech qanaqa bomba, hech qanaqa raketa, faqatgina fleshkadagi kod. Va mingta sentrifuga ishdan chiqdi, 30%. Bu tarixdagi birinchi marta kompyuter kodi fizik dunyodagi halokat keltirib chiqarishi edi, ya'ni kod tashqariga chiqqan edi. Keyin 2021-yil Isroil bilan bog‘liq guruh, Predatory Sparrow, Eron temir yo‘l tarmog‘ini buzib kirdi, poyezdlar to‘xtab qolgandi, stansiya doskasida esa shunaqa narsa edi: “Xomaneyning o‘z shaxsiy kabinetining telefon raqami” ya'ni istagan inson telefon qilishi mumkin. 2022-yil xuddi shu guruh Eron po‘lat zavodiga kirdi, mashinalar nazoratdan chiqdi va eritilgan po‘lat zavod ichida to‘kilgandi va guruh qayta hujum qilingan tasvirlarni ham o‘zlari nashr qilgan edi. 2023-yil esa Eron yoqilg‘i quyish shaxobchalari 70% nasoslari o‘chdi. 2024-yil sentyabr. Endi mana bu narsani eslashinglar kerak. Livan, Hizbulloh janchilari peyjer ishlatardi. Bu eski telefon kabi qurilma va ular peyjer ishlatardi, chunki xavfsiz deb o‘ylashardi, chunki telefonlar tinglanadi deb o‘ylashardi. Aslida telefon bilan o‘rtasida ko‘p farq yo‘q va bir kuni barcha peyjerlar bir vaqtning o‘zida portladi.

[8:44]Isroil soxta kompaniyalar yaratdi, mana shu ishni qilish uchun. Bu kompaniyalar peyjer sotardi va har bitta peyjer ichida 6 gram portlovchi modda yashirilgan edi. Va Livan sog‘liqni saqlash vazirligi shunaqa dedi: 12 kishi halok bo‘ldi peyjer hujumida. 2750 kishi yaralandi. Keyingi kuni ham radio aloqalar portladi va yana 30 kishi o‘ldi. Bu ta'minot zanjiri hujumi, oddiy hujum emas, texnologiya, qurol emas. 2024-yilning iyulida Hamas yetakchisi Xaniya Tehrondagi mehmonxonada o‘ldirildi. Uning yotoqxonasiga ikki oy oldin yashirin bomba o‘rnatilgan edi. Ikki oy bombaning ustida uxlab yotgan edi. Nasrulloh Bayrutdagi bunkerda o‘ldirildi. 83 ta bunker baster bomba bilan. Lekin oldin Mossad agentlari maxsus signal qurilmalar o‘rnatishgan edi va 2026-yil fevralda Xomaney… Endi men sizlardan bitta narsa so‘rayman. Bu hikoyaning menga nima daxli bor? Bu mendan minglab kilometr uzoqlikda. Lekin 2019-yil noyabrda Amerika nashri Foreign Policy shunaqa yozadi: “Huawei O‘zbekiston bilan 1 milliard dollarlik shartnoma tuzdi.” Ya'ni 883 ta kamera Toshkentda o‘rnatildi, 1 milliard dollar.

[10:02]Va bu birinchi qadam edi. 2025-yilning dekabrida Amerika texnologiya jurnali TechCrunch shunaqa yozgandi, esinglarda bo‘lsa, O‘zbekistonning milliy raqam tanish kuzatuv tizimi internetda parolsiz ochiq edi. Aslida bunaqa emas edi, test rejimdagi kameralar chiqqani va hokazo haqida keyinchalik tafsilotlar berildi. Va bu MaxVision degan Xitoy kompaniyasi tomonidan qurilgan edi. Kameralarda HoloWits degan boshqa Xitoy kompaniyasining logosi bor edi. Toshkent, Jizzax, Qarshi, Namangan va o‘sha researcher tadqiqotchi bir necha soniya ichida bitta haydovchining olti oylik harakatini qayta tiklay oldi, ya'ni Chirchiqdan Toshkentga, Toshkentdan Eshonguzarga har kuni, har soatda qayerda to‘xtagan, qayerda yoqilg‘i quygan. Hech kim bu odamning roziligini so‘ramagan. Hech kim bu ma'lumotlarning qayerga ketishini bilmagan edi. 2026-yil yanvarida ID.GOV orqali ma'lumotlar oqdi va raqamli texnologiyalar vaziri 60 000 yozuv ochilganini tasdiqladi. Bloody Wolf deb ataluvchi xakerlar guruhi 2025-yilning oktyabridan boshlab o‘zbek davlat tashkilotlariga soxta xat yuborib turibdi va soxta Adliya vazirligi xatlari, Java fayllari NetSupport degan ko‘rinmas dastur orqali borgan. Va Group-IB tahlilchilari 50 dan ortiq o‘zbek qurboni borligini tasdiqlagan. Kiberxavfsizlik markazining 2024-yil hisoboti 12 million kiber hujum urinish, 2025-yilda 107 million va 2026-yilda 200 milliondan ortiq prognoz qilingani aytiladi. Va bu raqamlar sizniki edi. Sizning telefoningiz, sizning bank kartangiz, sizning xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotingiz. Va bu yerda savol o‘zgaradi. Endi savol Tehronda nima bo‘ldi emas.

[11:43]Endi savol bu siz bilan ham bo‘lishi mumkinmi? Va bundan chiqaradigan beshta darsimiz bor. Bir, tarmoq segmentatsiyasi. Tehron kameralari nima uchun buzildi? Chunki ular bitta tarmoqda edi. Ya'ni chet eldan buzib kiruvchilar bilan bitta tarmoqda. Bitta kamera buzilgach, boshqa minglab orqasidan keladi va yechim oddiy edi, kameralar alohida tarmoqda turishi kerak edi va faqatgina kuzatuv markazigagina ma'lumot jo‘natish kerak edi. Ikki, parol gigienasi. Hozir men sizlarga shunaqa narsa deyishim mumkin, internetda 100 mingtalab kamera bor ochiq va ularning ochiqligining sababi, parollar admin yoki 12345 yoki root bo‘lgani uchun. Sizlarning uylardagi kameraning paroli ham zavoddan kelgan parol bo‘lishi mumkin. Agar shunaqa bo‘lsa, almashtiringlar hoziroq. Uch, dasturiy yangilash. Kameralar bu kichik kompyuterlar va ularni yangilash kerak. Lekin hech kim bu ishni qilmaydi. Tehronda balki Isroil 2017-yildagi Hikvision zaifligidan foydalangan bo‘lishi mumkin. 2017-yil sakkiz yil oldin yangilanish chiqqan edi, lekin hech kim o‘rnatmagan, hech kimning vaqti yo‘q. To‘rt, egress monitoring, ya'ni sizlarning qurilmalar qayerga ma'lumot yuborayotganini ko‘rish. Tehron kameralari Isroildagi serverlarga ma'lumot yuborardi yillar davomida va buni hech kim sezmagan. Sezish mumkin edi, faqatgina qarash kerak edi. Besh, zero trust deyiladi inglizchada, ya'ni nol ishonch. Hech qaysi qurilmaga avtomatik ishonma. Sizlarning uylardagi smart televizorlarga ishonmaslik kerak, sizlarning ofisinglardagi kameraga ishonmaslik kerak va sizlarning shahringlardagi yo‘l kameralariga ishonmaslik kerak. Har kuni ulanishni tekshirishinglar kerak, qayoqqa ma'lumot ketayotganini bilinishi kerak va shunaqa qilib, bizlar boshlagan joyga qaytamiz. Yo‘l kamerasi. U Tehronda. U Toshkentda va yoki Jizzaxda yoki Qarshida yoki Namanganda. Sizlarni ko‘rib turibdi. Savol yana kim ko‘rib turibdi? Bu savolga javob izlasanglar, HAAD Training Centerga kelishinglarni tavsiya qilaman. O‘zbekistondagi eng katta kiberxavfsizlik communityimiz. Va pastdagi linkdan ro‘yxatdan o‘tishinglar mumkin yoki shunchaki qo‘ng‘iroq qilib ma'lumot olishinglar mumkin. Sizlarning shahringlardagi kameralar kimnidir nishonida emasligini ta'minlash bu sizlarning ishinglar va biz sizlarga buni qanaqa qilib qilishni o‘rgatishimiz mumkin.

Need another transcript?

Paste any YouTube URL to get a clean transcript in seconds.

Get a Transcript