[0:00]Tasavvur qiling, 100 million so'm kreditni bir yilga 10 foiz stavka bilan oldingiz. Bir yildan keyin 110 million so'm to'laysiz, ammo bu vaqtda inflyatsiya sabab 110 millionning qadri siz kredit olgan davrdagi 98 millionga teng bo'lib qoldi. Siz bu orqali nafaqat kreditni evaziga biror biznesni rivojlantirishingiz, balki foydaga chiqishingiz ham mumkin. Ajoyib, ammo bu mamlakat iqtisodiyotni botqoqqa tiqadi. Nega? Bugungi sonda siz qanday qilib 20-asrda arab davlatlarining Isroilga qarshi urushi va Erondagi islom revolyutsiyasi ortidan AQSH iqtisodiyoti cho'ka boshlagani, inflyatsiya inqirozi va uni qotili haqida bilib olasiz. Bu Tangauz, biz o'tmish va bugungi kundagi murakkab iqtisodiy tizimlar haqida oddiy tilda gapiramiz. Boshladik. AQSHdagi inflyatsiya inqirozi 1960-yillardayoq boshlangan edi. Bir tomondan Vyetnamdagi urush xarajatlari oshirilgan. Ikkinchi tomondan, buyuk jamiyat nomli tashabbuslar doirasida ichki ijtimoiy dasturlar kengaytirilgan. Davlat katta miqdordagi pullarni sarflagan. Davlat majburiyatlarini ortgani bilan soliq tushumlari ham shunga teng ko'payib bormasdi. Chunki pul asosan iqtisodiyotni kuchayishiga emas, urushga, harbiy rivojlanishga sarflana boshlagan edi. Bu doimiy byudjet taqchilligiga olib kela boshladi. Ushbu xarajatlar asosan yangi dollarlarni chiqarish hisobidan qoplanadi. Bozorga juda ko'p dollar tashlanadi. Hukumat inflyatsiya oshsa oshsin, aholi ishsiz qolmasin degan logika asosida faoliyat yuritadi. 1971-yilda Bretton Woods valyuta tizimi doirasida qabul qilingan oltin standartidan voz kechildi. Endi dollar oltiniga bog'lanmaydigan bo'ldi va bu yanada ko'proq dollar chiqarish imkonini berdi. Pul-kredit siyosati ancha katta erkinlikka ega bo'ldi, ammo bu ayni vaqtda inflyatsiya xatarlarini ham kuchaytirdi. 1973-yilda arab davlatlari va Isroil o'rtasidagi urushda G'arbning Isroilga yordami sababli arab davlatlari AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada, skitkasiga Yaponiyaga ham neft embargosini e'lon qiladi. Qisqa vaqtda neft narxi 3 dollardan deyarli 12 dollarga ko'tarilib ketadi. Bu AQSH iqtisodiyotiga jiddiy zarba edi. Energiya resurslariga qattiq bog'lanib qolgan AQSH iqtisodiyotida ishlab chiqarish va transport xarajatlari keskin oshib ketdi. Energetik inqirozi tezda umumiy iqtisodiy inqirozga aylanib ketdi. Yoqilg'i xarajatlarining ortishi sanoatdan tortib qishloq xo'jaligi va logistikagacha bo'lgan ko'plab sohalarda tovar va xizmatlar narxlarining ko'tarilishiga olib keladi. Eronda 1979-yilda sodir bo'lgan revolyutsiya neft narxiga yana ta'sir qiladi va AQSHni qiyin ahvolga solib qo'yadi. Mahsulotlar narxlari yana oshdi. Natijada AQSH iqtisodiyoti stagnatsiya holatiga tushib qoldi, ya'ni inflyatsiya o'sib boradi, iqtisodiyotni o'sishi esa sekinlashadi va ishsizlik ko'payadi. AQSH hukumati pul kredit siyosatini yengillashtirishga urinadi. Logikaga ko'ra, biznes uchun qulay sharoitlarda kredit taklif qilinsa, ular bu kreditlarni olib, kengayishi, rivojlanishi va buning ortidan ishsizlik kamayishi kerak edi. Ammo bu harakatlar inflyatsiya bosimini battar kuchaytirdi, chunki bu vaqtga kelib inflyatsiyani oshishiga sabab faqatgina dollar qiymatini mamlakatdagi tovarlar qiymatiga nisbatan ko'payib ketganida emasdi. Sal avvalroq aytganimdek, neft bilan muammo AQSH narxlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Tovarlarni ishlab chiqarishni tannarxi oshib ketadi. Odamlar doim oladigan oyligi avvalgi xarajatlarga yetmay qoladi. Biznes avvalgidan kamroq pul topa boshlaydi. Shu sababli imtiyozli kreditlar berish va bozorga yanada ko'proq dollar tashlash vaziyatni faqat yomonlashtirardi va inflyatsiyani battar oshirardi. Ayni vaqtda dollarga nisbatan ishonch ham asta-sekin pasayib borardi. Yuqori inflyatsiya sabab foiz stavkalari ham o'zgaruvchan bo'lib qoladi, na biznes, na davlat uzoq muddatli ishonchli moliyaviy rejalar qura olardi. Investorlar inflyatsion risklarni qoplash uchun obligatsiyalar bo'yicha yuqoriroq daromad talab qila boshlashadi. Bu esa davlat qarzining qiymatini oshishiga va byudjetga qo'shimcha bosim o'tkazilishiga sabab bo'ldi. AQSH bu vaziyatdan qanday chiqib ketishi tushunarsiz edi. Dunyoning iqtisodiy jihatdan eng qudratli mamlakati maqomini olganiga ko'p bo'lmagan Amerika Qo'shma Shtatlari borgan sari cho'kib borardi. 1979-yili federal zaxira tizimi raisi lavozimini iqtisodchi Paul Volker egalladi. Ushbu tayinlovga qadar u AQSH moliya vazirligi va New York Federal zaxira bankida bir qator muhim lavozimlarda ishlagan. U ish boshlagan paytda Federal zaxira tizimi siyosiy institutlar va jamoatchilik fikrining jiddiy bosimi ostida edi. Ular regulyatordan bir vaqtning o'zida ham inflyatsiyani jilovlashni, ham bozorga qo'shimcha pul tashlab, iqtisodiy faollikni qo'llab-quvvatlashni kutayotgandi.
[5:08]Bu esa umuman bir-biriga zid harakatlar. Volker Federal zaxira tizimini bu tashkilotga nisbatan jamoatchilikning nafrati va g'azabi cho'qqisiga chiqqan vaqtda boshqargan. Bozor ishtirokchilari orasida regulyator ishsizlik o'sishi va iqtisodiyot sekinlashishi bilanoq turli imtiyozlar berishga majbur bo'ladi degan qat'iy ishonch shakllangan edi. Chunki Volkerkacha shunday bo'lib kelgan. Shu sababdan Federal zaxira tizimini har qanday inflyatsiyaga qarshi choralari vaqtinchalik va ishonchsiz deb bilinardi. Paul Volker kelguniga qadar Federal zaxira tizimi inflyatsiyaga qarshi iloji boricha yumshoqroq kurashishga harakat qilgan. Narxlar juda tez o'sganda, u asosiy stavkani biroz oshiradi. Asosiy stavka kredit foizni eng kam miqdorni belgilaydi. Ya'ni, deylik O'zbekistonda u 14 foiz. Bu degani hech qaysi bank sizga 14 foizdan kamroq stavkada kredit bera olmaydi. Bu stavka butun iqtisodiyot uchun asos hisoblanadi. Agar u o'ssa, kredit qimmatroqqa tushadi. Agar stavka pasaysa, pul arzonlashadi va kredit olish ham nisbatan arzonroqqa tushadi. Muammo shunday ediki, 1970-yillarda Federal zaxira tizimi asosiy stavkani juda ehtiyotkorlik bilan oshirgan. Masalan, 1977-yilda inflyatsiya 6 foizdan oshgan, 1979-yilda esa 11 foiz atrofida bo'lgan.
[6:39]Lekin asosiy stavka uzoq vaqt davomida bu ko'rsatkichlardan pastligicha qolgan. Bu real foiz stavkalari nolga yaqin yoki hatto manfiy bo'lganini anglatardi. Oddiy qilib aytganda kredit olish juda foydali edi. Agar siz yillik 9-10 foiz stavka bilan qarz olsangiz-u, narxlar 11-12 foizga ko'tarilsa, qarzingiz siz uni qaytarish vaqtingizga kelib tezroq qadrsizlanardi. Videoni boshidagi 100 million so'mlik kredit haqidagi misolim esingizdami? AQSHda aynan mana shu holat yuz beradi. Bunday tizimda iqtisodiyotning o'zi, odamlar va kompaniyalarni ko'proq qarz olishga va tezroq sarflashga undaydi, chunki ertaga pullarning qiymati pasayadi. 1979-yilda Paul Volker federal zaxira tizimiga rahbarlik qila boshlaganda yillik inflyatsiya darajasi 13-14 foizga yaqinlashib qolgan edi. U pulning qiymati orqali butun iqtisodiyotni o'zgartirish uchun asosiy stavkani keskin oshirishga kirishdi. 1980-yilga kelib federal fondlar stavkasi qariyb 17 foizgacha ko'tarildi. 1981-yilda esa 20 foizga oshadi. Bu o'z-o'zidan boshqa barcha stavkalarni ham yuqoriga tortdi. Ipoteka 18-19 foizgacha, biznes kreditlari 20 foiz va undan yuqori darajaga chiqdi.
[7:57]Korporativ qarzlar bo'yicha stavka esa 21-22 foizgacha yetishi mumkin edi. Endi qarz olish shunchaki qimmat emas, balki iqtisodiy jihatdan ma'nosiz bo'lib qoldi. Agar ilgari kompaniya 10 foizlik kredit olib, narxlar o'sishi hisobiga xarajatlarini qoplashni ko'zlagan holda ishlab chiqarishni kengaytira olgan bo'lsa, 20 foizlik stavkada bu endi ish bermay qoldi.
[8:22]To'lanadigan foiz kutilayotgan foydani yeb qo'yardi. Odamlar ipoteka bo'yicha oylik to'lovlar deyarli ikki barobarga oshgan sababli uy-joy sotib olishdan to'xtashadi. Avtokreditlar ko'tarib bo'lmas yukka aylandi. Biznes esa investitsiyalarni keyinga sura boshladi. Volterning mexanizmiga ko'ra, yuqori asosiy stavka kreditlarni qimmatlashtiradi. Kredit olish kamayadi, odamlar kamroq xarajat qila boshlaydi, talab pasayadi. Kompaniyalar esa narxlarini oshira olmaydi, chunki odamlar tovar sotib olmay qo'yadi. Ular narxlarini sekin-sekin tushirishga majbur bo'ladi. Bu juda radikal va xavfli qaror edi. Volker kreditlarni shu qadar qimmatlashtirdiki, iqtisodiyot sekinlashishga majbur bo'ldi. Chunki kreditga yashashni davom ettirish haddan tashqari og'irlik qila boshlagan edi. Aynan shu vosita, ya'ni kredit qiymati orqali federal zaxira tizimi o'sha paytga kelib oddiy holatga aylanib ulgurgan inflyatsion spiralni sindirishga urinadi. Paul Volker siyosatning oqibatlari og'ir kechadi. U real iqtisodiyotda tezda o'z aksini ko'rsatdi. 1980-yildayoq AQSH iqtisodiyoti retsessiyaga yuz tutdi. So'ng qisqa tanaffusdan keyin 1981-1982-yillarda yanada chuqurroq tanazzulga uchradi. Ishsizlik darajasi shiddat bilan o'sa boshlab, 1982-yil oxiriga kelib deyarli 11 foizga yetdi va bu buyuk depressiya davridan beri eng yuqori ko'rsatkichlardan biri edi. Eng qattiq zarba kreditlash bilan bog'liq bo'lgan sektorlarga tegdi. Qurilish sohasi deyarli to'xtab qoldi. 18 foizlik ipoteka stavkalari aholining katta qismi uchun uy-joy xarid qilish imkonini yo'qqa chiqardi. Uylar savdosi keskin pasayib ketdi. Quruvchi kompaniyalar loyihalarni ommaviy to'xtata boshladi. Qurilish sohasidagi bandlik esa kamaydi. Odamlar ishsiz qoldi. Avtomobilga talab ham kamaydi, chunki avtokreditlar iste'molchilar uchun haddan tashqari qimmatga tushdi. Kichik va o'rta biznes mavjud o'z qarzlarini yopish uchun kredit ololmay qoldi, chunki yangi kredit botqoqqa tiqardi. Albatta jamoatchilikning bunaqa radikal qarorga munosabati o'ta salbiy bo'ldi. Fermerlar, qurilish kompaniyalari va sanoat vakillari federal zaxira tizimi siyosatiga ochiqchasiga norozilik bildirib, regulyatorni ataylab iqtisodiy tanazzul keltirib chiqarishda ayblashdi. 1980-yilning o'rtalarida stavka 9 foizgacha tushirildi, ammo 1981-yilning boshida yana 19 foizga oshirildi. Shu yili Vashingtonda fermerlarning norozilik namoyishlari bo'lib o'tadi. Ishsizlikning ortishi va korxonalarning yopilishi jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab bo'lgach, markaziy bankka siyosiy bosim kuchaydi. Paul Volker esa sabr bilan kutdi. Oradan bir necha yil o'tib, uning siyosati samara bera boshlaydi. Agar 1980-yilda AQSHda inflyatsiya 13 foizdan oshgan bo'lsa, 1983-yilga kelib u 3-4 foizgacha pasayadi. Bir necha yil ichida narxlar o'sishi uch barobarga sekinlashdi. Asta-sekin inflyatsion kutilmalar ham o'zgara boshladi. Biznes va uy xo'jaliklari o'z moliyaviy qarorlarida narxlarning keskin oshishini kamroq hisobga oladigan bo'lishdi. Narxlar tushib bordi. Vaziyat barqarorlashib borardi. Inflyatsiyaning pasayishi uzoq muddatli foiz stavkalarini tushishiga olib keldi. Inflyatsiya bosimi pasayishi bilan parallel ravishda Federal zaxira tizimi ham asosiy stavkani kamaytirib bordi. 1981-yilda u 20 foizga yetgan bo'lsa, 1982-yilning oxiridayoq 9 foizgacha tushadi. Bu iqtisodiy faollikning tiklanishiga sharoit yaratdi. Kreditlarning arzonlashishi investitsiyalarning o'sishiga, qurilish sohasining tiklanishiga va iste'mol talabining ortishiga turtki bo'ldi. Shu sabab bilan dollarga jamg'arma vositasi sifatida ishonch yana mustahkamlandi, chunki narxlarni oldindan bashorat qila olish imkoniyati o'tgan 10 yillikdagiga qaraganda yuqori edi. Paul Volker iqtisodni oyoqqa turg'izish yo'lida radikal harakatlar qilishdan toyimagani uchun ham tarixda inflyatsiya qotili laqabini oldi. Bir necha yil ichida inflyatsiyani 13 foizdan yuqoriroq darajadan 3-4 foizgacha tushira olgan shaxs sifatida iqtisod bo'yicha kitoblardan joy oldi. Volkerni bu qarori amalda bo'lib turgan paytda juda ko'p oilalar qiynalgan, turmush darajasi pasaygan, ko'pchilik umuman ishsiz, pulsiz qolib ketgan. Boshqa tomondan esa ularning hayot tarzi 2-3 yillik qiyinchilikdan so'ng yaxshilangan. Narxlar tushgan yoki dahshatli tarzda qimmatlashishni to'xtatgan. Bu ikki tomonni inobatga olgan holda Paul Volkerni harakatlarni qanday baholaysiz? Fikringizni izohda yozib qoldiring. Kanalimizga obuna bo'ling. Video yoqqan bo'lsa, unga layk bosishingizni so'rab qolaman. Bizni telegram va instagramda ham kuzatishingiz mumkin. Hayr.



