Thumbnail for 15 daqiqada Uzum Marketda do‘kon ochishni o‘rganasiz (2026) by Ustoz AI

15 daqiqada Uzum Marketda do‘kon ochishni o‘rganasiz (2026)

Ustoz AI

15m 38s1,914 words~10 min read
Auto-Generated

[0:00]Bir videoda Uzum marketda o'zingizni do'koningizni ochishni o'rganasiz. Hech qanaqa kurslar ham, mutaxassislar yordami ham kerak bo'lmaydi. Qanday hujjatlar kerak bo'ladi? Nimalar ochish kerak? Qaysi saytda qanday qadamlarni bajarish kerak bo'ladi? Soliq va Uzum tomonidan shtraf va cheklovlarga tushmaslik uchun nimalar qilish kerak? Hammasini batafsil tushuntirib beraman. O'zim Uzum market ochilgandan beri savdo qilib kelaman. 100 tadan ortiq o'quvchilarim hozirgi kunda Uzum marketda muvaffaqiyatli savdo qilib kelishyapti. Agar siz ham bu yo'lda birinchi qadamlarni bosmoqchi bo'lsangiz, bu videoni oxirigacha ko'ring.

[0:39]Uzum marketda sotuvchi bo'lish uchun qanday hujjatlar kerak? Avvalambor, tadbirkorlik shaklini tanlash kerak. Masalan, yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish mumkin, mas'uliyati cheklangan jamiyat yoki oilaviy korxona yoki xususiy korxonani ro'yxatdan o'tkazib, o'z faoliyatinglarni boshlashinglar mumkin yoki yakka tartibdagi tadbirkorlikni ro'yxatdan o'tkazib faoliyat boshlashinglar mumkin yoki o'zini o'zi band qilib faoliyatda mahsulotlarni sotishinglar mumkin. Faqat e'tibor beringlar, o'zini o'zi band qilib faoliyat yuritadigan bo'lsanglar, unda faqatgina o'zinglar ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishinglar mumkin. Ya'ni tayyor mahsulotni ulgurji sotuvchidan olib sotish mumkin bo'lmaydi. Buning uchun agar xulosa qiladigan bo'lsak, bizga eng optimal bo'lgan tadbirkorlik shakli bu yakka tartibdagi tadbirkorlik bo'ladi. Va biz ham yakka tartibdagi tadbirkorlikni hozir ochgan holda Uzum market saytidan ro'yxatdan o'tamiz. Avvalambor, tadbirkorlik shakli bu yakka tartibdagi tadbirkorlik bo'ldi. Keyin esa bankdan hisob raqam ochamiz. Plastik emas, e'tibor beringlar, aynan hisob raqam, asosiy hisob raqam bo'ladi, ya'ni borib ochsanglar yanada qulay bo'ladi. Qaysi banklarni tanlashimiz kerak desanglar, deyarli hamma banklarda shartlar bir-biriga o'xshaydi. O'shanga o'zinglar yashash manzilinglar, lokatsiyalardan kelib chiqib, chunki ertaga borish oson bo'ladigan bankni tanlasanglar maqsadga muvofiq bo'ladi. Undan tashqari bizga mail pochta kerak bo'ladi, ya'ni pochtanglarni tayyorlab qo'yinglar ro'yxatdan o'tish uchun, bizda hozir tayyor bo'lib turibdi va telefon raqam bo'lsin. Agar sizlarni telefoninglar mijoz sifatida Uzum marketdan ro'yxatdan o'tgan bo'lsanglar, u ham to'g'ri keladi. Bo'ldi, bizga tadbirkorlik shakli kerak, bankdan hisob raqam ochishgan bo'lishimiz kerak, bitta telefon raqamimiz bo'lishi kerak va pochtamiz bo'lishi kerak. Va endi biz hozir kompyuterdan, aynan notebook bo'ladimi yoki oddiy kompyuter bo'ladimi va biz saytga kiramiz. Qaysi saytga? Seller.uzum.uz saytiga kiramiz va bu yerda sotuvchi bo'lish tugmasini bosamiz. Mana bu yerga hozir akkountni yaratish barcha ma'lumotlarni kiritib chiqamiz. Ismim, telefon, pochta va bitta parol o'ylab topamiz. Imkon bo'lsa, parol bitta katta harf bo'lsin, bitta son bo'lsin, kichkina harflar bo'lsin, o'rtacha sakkizta simvoldan iborat bo'ladigan bo'lsin. Parol tayyor bo'ldi, endi davom etish. Va hozir bizning telefonimizga kod keladi. Shu kodni terishimiz kerak. Kodni terganimizdan keyin saqlash va davom etish tugmasini bosamiz. Va endi pochtamizga ham kod keladi. Bu yerda men pochtani tayyor qilib ochib qo'yganligim uchun, mana xat keldi Uzum marketdan, shuning ustiga bosaman. Mana bu kodni ko'chirib, ro'yxatdan o'tish. Ana bo'ldi. Bu yerda mana o'zi yordam beryapti. Nima qadamlarni bosishimiz kerakligini. Birinchi bo'lib biznes shakli. Shu aytib o'tgandek yakka tartibdagi tadbirkorlik eng qulayini birinchi ga qo'yilgan. Mas'uliyati cheklangan jamiyat yoki boshqa yuridik shaxs sifatida, oilaviy korxona yoki xususiy korxonani yoki o'zini o'zi band qiluvchi shaxs sifatida. Biz yakka tartibdagi tadbirkorlikni shu Davlat xizmatlari markazidan offlayn ko'rinishida, ya'ni borib ochib kelganligimiz uchun, shu ma'lumotlarni kiritamiz. Davom etish. Familiya kiritamiz. Ism, otasining ismi, qo'shimcha telefon, ya'ni o'zinglarni telefoninglar emas, ya'ni yaqin insoninglarni telefonini yozib qo'yish kerak bo'ladi, ya'ni nomer telefon qaytarilgan bo'lishi kerak emas. Davom etish tugmasini bosamiz. Bu yerga esa undan avvalgi ma'lumotlar yakka tartibdagi tadbirkorlik rekvizitlar bilan bir xil bo'ladigan bo'lsa, ilgari kiritilgan ism sharhlardan foydalanish tugmasini bosamiz. Va JSHEERni terishimiz kerak. JSHEERni kiritamiz. Ro'yxatdan o'tish guvohnomasini kiritamiz.

[4:39]Bu yerda mana yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tganlik guvohnomasi, mana shu yerda e'tibor beringlar, hozir guvohnomadan tashqari yana bank ham, ya'ni hisob raqam ochganinglar hujjatini ham nusxasi urilgan holatda uni ham yuklab qo'yishinglar kerak. Ya'ni bu joyga ikkita ma'lumot guvohnoma bilan bankdagi ma'lumotinglarni ikkalasini skaner variantni yuklaysizlar. Va bu joyga pasportning nusxalari kerak, uni ham yuklab qo'yamiz skaner variantni. Davom etish. Endi hisob raqam kiritamiz. Hisob raqam nomi bu, masalan, o'sha bankimizni nomini yozishimiz mumkin yoki asosiy deb qo'yamiz. Misol uchun bizda bir nechta hisob raqamiz bo'ladigan bo'lsa, birinchisi asosiysi, ikkinchisi ikkilamchi hisob raqam bo'lishi mumkin. Masalan, Ipoteka bank asosiy. Bu yerga hisob raqamni o'zini kiritamiz va MFO, ya'ni beshta sondan iborat kiritamiz. Davom etish. Bu yerda esa biz Uzum market marketpleysi My Soliq Uz dan komissioner qilib belgilashimiz kerak. Nima degani komissioner va nima uchun biz uni belgilaymiz? Sababi biz tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotganligimiz uchun bizda har bir sotuvimiz chek uriladi. Va aynan shu chek urish mas'uli komissionerimiz bo'ladi, ya'ni Uzum market biz uchun shu cheklarni uradi. Shuning uchun biz soliq organlari uchun belgilab qo'yishimiz kerak, kim shunga mas'ulligini, kim komissionerligini. Komissioner qilishimiz uchun mana mana bu elektron soliq xizmatlari tugmasini ustiga bosamiz. Bu yerda e'tibor beringlar, hamma shablon ko'rsatib berilgan. Biz faqatgina buni kopirovka qilib, shu joyga qo'yib chiqamiz, shuning uchun hammasi oson bo'ladi. Elektron soliq xizmatlari tugmasini ustiga bosdim va menda kalit bo'ladi. Bu kalitni ham biz Davlat xizmatlari markaziga yakka tartibdagi tadbirkorlikni ochganimizda aynan kalitni ham olib olishimiz kerak. Kalitimiz bitta fleshka bilan borsak yozib berishadi. O'rtacha 7 kb dan baland bo'lishi kerak kalitimizning hajmi. Agar 7 kb dan baland bo'lsa, bizda to'liq ishlaydi bu kalit, shunga e'tibor beringlar. Shaxsiy kabinetni ichiga kiramiz va bu yerda o'zimizni kalitimizni topib. Kirish qilamiz va o'zimizning parolimizni teramiz. Agar siz Davlat xizmatlari markazidan elektron kalitni oladigan bo'lsangiz, sizga SMS keladi parolingiz. O'sha parolni SMS kelgan parolni bu joyga yozib qo'yinglar, esinglardan chiqib qolmasligi uchun. Va kirganimizdan keyin bizda mana xizmatlar degan tugmasi chiqadi, shu xizmatlar tugmasini bosib, mana bu yerda agar osonroq bo'lish uchun komissioner qilib qidirsak, mana komissioner deb qidirsak bizda chiqib keldi. Yakka tartibdagi tadbirkorning komissionerlari ro'yxatini shakllantirish, shu tugmani bosamiz va qo'shish tugmasini bosamiz bu yerda. Va aytib o'tgandek bu joydagi ma'lumotlarni biz seller.uzum.uz saytidagi mana mana bu yerda bizga hamma ma'lumotlarni ko'rsatib bergan. Ya'ni bu yerda adashtirishimiz kerak emas, o'zimizning ma'lumotlarimizni kiritmaymiz, aynan Uzum marketning ma'lumotlarini o'zgartirilmagan holatda shu ma'lumotlarni olib ko'chirib qo'yishimiz kerak. Kopirovka qilib. Endi esa shartnoma raqamini kiritishimiz kerak. Mana bu yerda shartnoma ham raqami ko'rsatib o'tilgan. Shuni ko'chirib, bu yerga qo'yamiz. MFO hisob raqam, shartnoma tuzilgan sanasi ham bu yerda ko'rsatib o'tilgan. Mana to'rtinchi yil 2025. Shuni ko'chirib, to'rtinchi iyul 2025 yil qo'yamiz.

[8:10]Shartnoma amal qilish muddati ham bu yerda ko'rsatilgan. To'rtinchi yil 2026 yilgacha. Shu joyga bitta tekshirib olinglar, chunki agar komissioner noto'g'ri to'ldirilgan bo'lsa, qaysidir joyi, ertaga ish davomida ham, hozir indamasligi mumkin, ertaga ish davomida ham sizlarda agar nobob xatolik kelib chiqqan bo'lsa, do'koninglarni yoki kartochkanglarni bloklab qo'yishi mumkin. Bitta tekshirib chiqqanimizdan keyin, bo'ldi. Endi biz oxirgi qadam sub-komitet tugmasini bosib o'tirmaymiz. Bu joy hech narsa yozilmagan holda marketpleys tugmasini bosib, saqlash tugmasini bosamiz. Saqlash tugmasini bosganimizdan keyin bizda mana ro'yxatga kelib chiqdi. Endi esa keyingi qadam biz bu komissioner qilganimizni skrinshot qilib yuklab qo'yishimiz kerak. Biz skrinshot qildik, endi yuklaymiz. Mana va tugatish. Ma'lumotlarimizni to'liq o'qib chiqib hammasini bo'ldi. Endi keyingi qadamga o'tamiz. Keyingi qadam bizda bu komissioner belgilaganimizni yana bot orqali aktivatsiya qilish uchun yozib qo'yishimiz kerak, ya'ni tezroq aktivatsiya qilib beradi shunda. Buning uchun biz buni hali komissioner belgilagan skrinimiz va undan tashqari bu betimizni ham skrin qilib, salomlashib yuborib qo'yamiz. Skrinlarni olib hozir jo'nataman. Assalomu alaykum bizni aktivatsiya qilib bering.

[9:52]Aktivatsiya so'rash majburiy emas, lekin so'rasanglar tezroq aktivatsiya qiladi va sotuvga chiqib ketasizlar. Aktivatsiya taxminan bir kunning ichida bo'ladi, botga yuborib qo'yganimizdan keyin, keyin esa biz agar kartochkalarimizni yaratgan bo'lsak, bemalol time slotlar olamiz. Time slotlar bo'yicha ham keyingi video darslikda aytib o'taman. Endi esa biz do'kon yaratishimiz kerak. Buning uchun do'kon yaratish tugmasini bosamiz va do'konimizga nom o'ylab topishimiz kerak. Nima sotmoqchimiz, biz qurilish materiallarini sotamiz va asosan lampochkalar sotamiz, shu uchun do'konimiz nomini ham shunga moslashtirib qo'yamiz. Masalan, Farhod Nur deb nomladim. Endi esa bu yerda saytni davom ettirib ketish kerak, xuddi shu Farhod Nur probelsiz yozib o'tiladi, ya'ni ertaga to'g'ri-to'g'ri shu havolani yozilsa, bizni Uzum marketdagi do'konimiz havolasiga kirib ketadi. Endi esa mana bu joyga e'tibor beramiz, ya'ni do'konning qisqacha nomi. Havolasi, do'konning nomini doimiy holda keyinchalik savdo qilayotgan paytinglarda ham o'zgartirishinglar mumkin, lekin do'konning qisqacha nomini bir marta yoziladi, keyinchalik o'zgartirib bo'lmaydi. Shuning uchun bir marta yozasizlar, e'tibor beringlar. Nima uchun do'konning qisqacha nomi muhim va yozish kerak va keyinchalik o'zgartirib bo'lmaydi? Chunki bu shtrix kodimizda ertaga ko'rinib turadi, agar bizda bir nechta tovar, bir nechta do'kon bo'ladigan bo'lsa, biz shtrix kodga qarab biz ajrata olamiz, qaysi do'konga qaysi tovar to'g'ri kelishini. Shuning uchun biz shunaqa nom o'ylab topishimiz kerak, ya'ni mana hozir Farhod Nur, ya'ni ertaga menda bir nechta do'kon bo'ladigan bo'lsa, men ajrata olaman, ya'ni Farhod Nurda lampochkalar sotiladigan do'kon. Va shtrix kodni o'sha Farhod Nur chiqqanda faqatgina o'sha do'konga tegishli bo'lgan tovarlarga o'sha shtrix kodni yopishtiraman, yozaman. Ko'pi bilan yettita harfdan iborat bo'ladi. Men birinchi bo'lib Nur so'zini far deb yozib qo'yaman, esmda qolish uchun. Va eng oxirida do'kon tavsifini kiritamiz. Rus tilida va o'zbek tilida. Bizda mijozlar yoki rus tilida gapiradi yoki o'zbek tilida, shuning uchun albatta ikkita tilda bo'lishi kerak. Do'kon tavsifida shu bizning do'konimizda qanaqa tovarlar sotiladi, agar imkon bo'lsa o'zimizning korxonamiz qayerda ishlab chiqarilishini ham qisqa qilib aytsak, bizda mijozlar ertaga yanada loyalniy bo'ladi. Tavsifini yozish uchun bizga albatta chat GPT yordam beradi. Men hozir rus tilida va o'zbek tilida tayyorlab qo'ydim. Ya'ni bu yerda aytdim, rus tilida va o'zbek tilida marketpleysda savdo qiladigan do'kon uchun, lampochkalar sotadigan do'kon uchun tavsif yaratib ber deb yozgandim, tayyorlab berdi. Shuni olib hozir o'zbek tilisini o'zbek tiliga va rus tilisini rus tiliga ko'chirib qo'yaman. Bo'ldi, endi saqlash tugmasi mana qizil rangga o'zgardi va biz saqlash tugmasini bosishimiz mumkin. Tabriklayman, bizda birinchi do'konimiz yaratildi. Faqatgina bu do'konimiz aktivatsiya bo'lmaganini qayerdan bilishimiz mumkin? Bizda yuk xati sahifasiga kirganimizda qizil tugma paydo bo'lmagan, ya'ni yuk xatni shakllantirish tugmasi paydo bo'lmagan, aynan aktivatsiya bo'lgandan keyin shu tugma paydo bo'ladi va biz bemalol tovarimizni marketpleysga topshira olamiz. Yana bir narsa, biz do'konimizni bezatishimiz mumkin. Mana mana bu yerga qanday qilib kirdim, agar ustiga bosadigan bo'lsak, do'konimizning nomini ustiga bosadigan bo'lsak, va mana bu yerda shu tugmaning ustiga bosib, asosiy so'zlamalarni kiritib chiqdik, ya'ni o'sha do'konimizning nomini, havolasini. Endi bezatish tugmasiga o'tib, bu yerda bezatishimiz mumkin. Bezatishda mana tavsiya etiladigan format ko'rsatilgan, bu do'kon avatari, bu do'kon avatari qayerda ko'rsatiladi?

[13:39]Masalan, mijoz sotuvchiga chat orqali yozganda, sotuvchiga yozish tugmasini bosganda va u bilan suhbatlashayotganda o'sha yerda mana shu do'kon avatari ko'rinib turadi mijozga, kim qaysi do'kon bilan gaplashayotganini. Shuning uchun imkon qadar tushunarli qilgan bitta logo, avatarimizni qo'yishimiz kerak. Men hozir tayyorlab qo'yganman, ya'ni lampochka sotiladiganligi uchun lampochkaga tegishli bo'lgan. Bu yerda tavsiya etiladigan format bor, agar o'zinglar qiladigan bo'lsanglar, masalan, Canvaga kirib shu formatni belgilab chiroyli qilib bezatishinglar mumkin yoki dizaynerlarga murojaat qilsanglar ular sizlarning o'rninglarga qilib beradi. Va endi bizning muqovani yuklash, ya'ni bu hozir sizlarga ko'rsatib beraman qaysi dizayn bo'ladi do'konimizni dizayni bo'ladi. Mana misol uchun ko'rsatib beraman qayerda turadi bu dizayn. Mana biz Uzum marketga kirib mijoz sifatida kirib, bitta do'konni ichiga kiradigan bo'lsa, ya'ni bitta kartochkani ichiga kirib va u yerdan bitta do'konni ichiga, masalan, Ramina degan do'konni ichiga kiradigan bo'lsa, bu yerda ko'rsatadi. Mana mana bu hozir biz birinchi bo'lib avatarni kiritdik. Mana mana bu avatar, bularda ham o'zligiga xos logosi bor ekan, undan tashqari mana hozir bu joyga kiritamiz, ya'ni bu o'sha do'konimizni bezatilishiga ozgina dizayn qo'shib berilyapti. Biz ham tayyorlab qo'yganligimiz uchun shu dizaynni qo'shib qo'yamiz. Mana lampochka sotiladiganligi uchun shu ko'rinishda dizayn qildik va saqlash tugmasini bossak, bizda do'konimiz yaratildi va undan tashqari bezatildi. Shu bilan endi aktivatsiya bo'lgandan keyin bemalol tovar kartochkalarimizni yaratib savdoga chiqazib yuborishimiz mumkin bo'ladi. Bu videoda biz Uzum marketda noldan qanday qilib do'kon ochishni ko'rib chiqdik. Keyingi darslarda endi tovar kartochkasini yaratib, savdoga chiqazish jarayonlarini hammasini bajaramiz. Keyingi videoni ko'rish uchun ekranda chiqqan pleylist ustiga bosing.

[15:33]Videodarslar tezroq chiqishi uchun donat qilib, Ustoz AI loyihasini qo'llab-quvvatlang.

Need another transcript?

Paste any YouTube URL to get a clean transcript in seconds.

Get a Transcript