[0:07]Yo hammaga xayr. Assalomu alaykum deb kanaliga xush kelibsizlar. Bugun sizlar bilan ko'rib chiqadigan mavzuyimiz bu to be. To be o'zi nima? To be maktabda, litseyda bizga to be to be to be deyirishadi. Hurmatli o'qituvchilar, o'rtoqlar, kollegalar. Tubini bolalariga nimaligini tushuntiringlar, iltimos. Nabodi o'qituvchilar ko'rayotgan bo'lsangiz, chunki bilaman, o'qituvchilar ko'radi. Chunki men ham boshqa o'qituvchilarni videosini ko'raman, zarurobejnyy, chunki odam ideya olish kerak, darsni qiziroq o'tish uchun bu narsa neytralniy, normalniy narsa bu. Bu normalniy narsa. O'shaning uchun iltimos, to be dan boshlab o'rgatinglar. Maktabda o'qitasizlarmi, litseyda, universitetda ham, to be dan boshlanglar, iltimos darslarni. Okey o'rtoqlar, to be ning o'zi nima? To be bu bitta qo'shimcha. To be oddiy bitta qo'shimcha. To be bu gapga qo'shilib keladigan qo'shimcha. Tubini yozilishi mana bunaqa yozuv chiqdi. To be talaffuz qilayotganda to be yoziladi, lekin biz to be deb aytamiz buni. To be deb talaffuz qilamiz. To be ni tarjimasi o'zbekchaga bu bo'lmoq degani. To be o'zbekchaga prostoy bo'lmoq deb tarjima qilinadi. To be o'zi nimaga kerak bizga bunaqa qarasak? Bu qo'shimcha o'zi nimaga kerak? To be bizda gapga qo'shilib kelib, gap kim yoki nima to'g'risida ketayotganligini aniqlashga yordam beradi. Prostoy qo'shimcha, gap kim yoki nima to'g'risida ketayotganligini aniqlash uchun yordam beradigan qo'shimcha. To be nimaga qo'shilib keladi? To be kishilik olmoshiga qo'shilib keladi. Kishilik olmoshlari bu men, sen. Adabiy tilda qilyatganda men, sen, biz, siz, ular. Shevada qilyatganda, men, sen, biz, siz, ulardek. Kishilik olmoshlariga biz to be qo'shilib kelar ekan. Mana to be mana mana shu turishini ko'ryapsizlar tubini. Formasini mana shu mana mana bu tubini o'zi be so'zi, be ning o'zi bo'lmoq degani. To'si prostoy keyinchalik o'tib olamiz buni. Bunga hozir e'tibor bermaylik, mana be ni o'zini alohida olaylik. Mana shu be bizda o'zi bo'lmoq degani. Mana shu be bizda gaplarda kelayotganida ko'rinishini mana shu formasini o'zgartirib keladi. Uchta ko'rinishda kelishi mumkin. Birinchisi bu m ko'rinishida, ikkinchisi are ko'rinishida, uchinchisi is ko'rinishida. Mana mana shu is, are, mana shu hammasi to be bo'ladi. Gapda misol uchun mana uzun gap berilgan sizlarga, m, is, are ni ko'rsatib, bu kimdir mana bu nima deb so'rasa, bilinglar bu to be. Lekin buni biz bo'lmoq deb gapni o'rtasida tarjima qilmaymiz, chunki bu qo'shimcha. Bu nimadirni bo'lishini bildirib keladi. Buni hozir misol bilan ko'rib chiqamiz. Ingliz tilida mana biz bilib oldik to be kishilik olmoshiga qo'shilib kelar ekan. Endi ingliz tilida kishilik olmoshlarini ko'rib chiqaylik. Birinchisi bu I, I. Bu men degani. Biz endi men deb aytamiz. Ikkinchisi bu you. You ingliz tilida siz degani. Siz yoki sen degan ma'nosi bor. Undan tashqari bizda uchta uchinchi shaxsni aytadigan kishilik olmoshlari bor. Bu u degani. Bu o'g'il bolaga nisbatan u degani, qiz bolaga va predmet, jonsiz narsaga nisbatan u degani. Bular he, o'g'il bolaga nisbatan u, she, qiz bolaga nisbatan u, it, bu predmetga nisbatan u degani. Undan tashqari bizda we so'zi bor. We bu bizda biz degani. They bor. They degani ular degani. Ular, tushunarli-a? Kishilik olmoshlarni ko'rib chiqdik-a. Mana shu kishilik olmoshlari hammasi o'ziga yarasha bitta donadan to be ni oladi. I kishilik olmoshi M to be sini oladi. O'shanda biz gapimizda I am deb ishlatamiz. Bu men degani o'sha menga to be qo'shimcha bo'lib kelyapti. Buni hozir gapda chuqurroq kiramiz, chuqurroq bilib olasizlar, mana yaxshilab nimaligini. You are to be ni oladi. He, she, it uchchalasi is to be sini oladi. We bilan they are to be sini oladi. O'shanda bizda I am bo'lyapti. He, she, it is olyapti. You, we, they are ni olyapti. Tushunarli-a? Uchta to be bor, o'sha uchta to be ni kishilik olmoshlarini ko'rib yubordik. Okey, endi to be ni misollarini ko'rib chiqamiz. Eng oddiy misol qilib bitta gapni olaylik. I am a student. I am a student. Ko'ryapsizlarmi, I olyapman kishilik olmoshini. M ni olyapman, I kelayotganligi uchun, chunki I ga M qo'shimchasi o'sha M to be qo'shilib keladi. A student bu prostoy bitta gap, I am a student. Tarjimasi bu gapimizni tarjimasi, men studentman bo'lyapti. O'zbekchaga tarjima qilsak men studentman bo'lyapti. O'z-o'zidan bitta savol tug'iladi, mana bu gapimizdagi A qayerdan keldi degan.
[4:27]Bu narsa ingliz tilida artikl deyiladi. Artiklni keyinchalik xudo xohlasa yana o'tamiz bu narsani, ungacha prostoy hozir bitta bilib olishilar kerak bo'lgan narsa, artiklni ingliz tilida biz kasbdan oldin ishlatamiz. Bizda student kasb bo'lyapti, misol uchun nima ish qilasan desa, men studentman desanglar bu sizlarni kasbinglar bo'lib qoladi o'z-o'zidan. O'shaning uchun kasbdan oldin biz A artiklni qo'yamiz, A yoki N artiklni qo'yamiz kasbga qarab, bu keyinchalik bilib olamiz buni. Prostoy o'sha studentdan oldin A keladi deb qabul qilinglar, bo'ldi. O'sha student kasb bo'lganligi uchun. Endi gapimizni qaranglar, to be ning ishlatilishi. Hozir mana shu misoldan keyin to'g'ri bilib olasizlar. Gapimiz: men studentman deb tarjima qilinadi. Agar mana bu to be ni olib tashlaydigan bo'lsak, M ni olib tashlaydigan bo'lsak, gapimiz men student bo'lib qoladi. Tasavvur qilinglar, mana chet ellik bitta odam keldida, sizlarga men student deyapti. Sizlar nima qilasizlar, srazu to'g'irlab qo'yasizlar: yo'q, nimalar deb tashlayapsan, u men student bo'lmaydi, men studentman bo'ladi deysizlar. Xuddi shunaqa ingliz tilida ham. I am a student men studentman bo'ladi. I a student men student bo'lib qoladi. Bu prostoy grammatik notg'ri-da, biz grammatik noto'g'ri gapirmaymiz-ku. O'shaning uchun to be ni qo'yish kerak. Bu kamera qalinlab ketdi. Tubini sizlarga aytdim-a, gap kim yoki nima to'g'risida ketayotganligini aniqlash uchun ishlatiladi deb. Gapimizda I kelyapti, M ni beryapmiz-da, student deyapmiz. Ya'ni men studentman. Gap kim to'g'risida ketyapti? Men to'g'rimda ketyapti. O'shaning uchun mana men studentman bo'lyapti. Tushunarli-a? Bu yerda endi sizlar o'ylashilar mumkin kim student? Men studentman bo'lyapti. Tushunarli-a? Men kimman? Men studentman bo'lyapti. Gap student to'g'risida ketmayapti, men to'g'rimda ketyapti, unaqasi ham, bunaqasi ham. O'shaning uchun biz M dan foydalanamiz. Men sizlarga aytgan qoidam bor-ku, mana bu men studentman deb aytasizlar dedim-u, bu narsa bu hech qayerda yozilmagan bu qoida. Bu yerda hech qanaqa qoida yo'q, to be gap kim yoki nima to'g'risida ketayotganligini aniqlash uchun ishlatiladi deydigan narsa yo'q. Buni 50 ta ustoz bo'lsa, 50 xil qilib tushuntiradi. Lekin men o'sha praktika qilganim, o'sha bolalarga tushuntirganim, bolalar tushunib, mana shu orqali dars berayotgan o'qituvchilarim ham bor. Ular ham mana shunaqa qilib tushuntirishadi, bolalarga tushunarli bo'ladi. O'shaning uchun eng optimalniy variant mana shu bo'ladi. O'shaning uchun bu aytdi-ketdi yozilgan qoida ekan deb o'ylamanglar. Endi qaranglar. You bilan bizda qaysi to be kelardi? Boya aytib o'tdim, are to be si kelardi. Endi mana shu gapni you are a student desak nima bo'ladi? Tarjimasi siz studentsiz bo'ladi. Endi nega sen studentsan demayapman? Bu savolga hozir yana kelamiz. Hozir misolimizga qaytaylik. You are a student, siz studentsiz. Agar gapimizdan are ni olib tashlaydigan bo'lsak, siz student bo'lib qoladi. Ko'ryapsizlarmi, noto'g'ri. He, she, it ni ham xuddi shunaqa. He, she, it, it bo'lmaydi. He is a student, ya'ni o'g'il bola student. Ingliz aniqda rus tilida bizda on bor-ku, xuddi shunaqa. She is a student, qiz bolaga nisbatan u student, ya'ni o'sha qiz bola student. It is a pen. Bu ruchka degani. Oddiy misol sizlarga. They bilan we ga hozir misol qilib bera olmayman, chunki bu bular ko'plikda, biz, siz ko'plikda. Uni uchun ko'plikning qoidasidan ham foydalanishi kerak. Ko'plikning qoidasiga keyingi darsimizda bir ikkita darsdan keyin kelamiz, u we bilan they qolib ketmaydi, xavotir olmanglar. Bugun o'sha birliklarni o'zida ishlab turinglar ozgina praktika bo'lishi uchun. Okey, misollarga tushunarli bo'lgan bo'lsa, o'zinglar bitta gap tuzib oqaylik. Misol uchun sizlarga o'qituvchi so'zi. Teacher. Talaffuzni ham teacher deyiladi. Teacher deb u Britaniyaga talaffuz qiladi. U bizlar uchun oddiy jaydari qilib teacher desanglar ham bo'ladi. Sizlarni hozir qiladigan ishinglar, men o'qituvchiman, siz o'qituvchisiz, o'g'il bola o'qituvchi, qiz bola o'qituvchi deb yozishilar kerak. Faqat mana bu bundan oldingi misolga qaytib, topib mana bu studentni olib tashlab, o'qituvchini shundoq qo'yib qo'ymanglarda, o'zinglar o'sha eslab qolganinglar bo'yicha yozinglar buni daftarga. Chunki yozganinglarda gapni qanaqa so'zlarni qanaqa yozilishini ham bilib olasizlar. O'sha o'rinda yodlashilar ham osonroq bo'ladi. O'sha yozayotgan narsalarni. Bu praktika. Bundan keyin srazu men javobini ko'rsataman qanaqa yozilishini. Okey, jada bir nima qiyin narsa emas edi. Oddiy narsa edi.
[8:29]Ko'rdinglarmi qanaqa misollarni chiqib kelganini. Mana shunaqa qilib yoziladi. Bu prostoy kirib kelish uchun sizlarga aniq boshlang'ich misollarda. Endi qaranglar. Ingliz tilida gaplar asosiy uchta ko'rinishga ega bo'ladi. Bu affirmative, ya'ni o'zbekchasiga darak gap deyiladi. Yoki jayda qilib aytganda positive gap deydi. Negative gap, ya'ni inkor gap va question gap, ya'ni so'roq gap. Bitta gapimizni biz uch xil formada berishimiz bo'ladi. Darak gap misol uchun men studentman dedim sizlarga, men sizlarga dalillayapman, shundoq aytayapman, men sizlarga studentligimni. Undan tashqari gapni inkor qilsam bo'ladi, men studentmasman, men studentmasman desam bo'ladi. Yoki so'roq qilib aytsam bo'ladi. Men studentmanmi deb bersam bo'ladi savolni. Endi mana shularni hozir to be dan biz negativ va question yasashlarni o'rganamiz. To be dan negativ yasash uchun biz not qo'shimchasidan foydalanamiz. Not qo'shimchasini biz to be mizdan keyin qo'shamiz. Ya'ni to be bizda am, is, are edi, mana shu am, is, are dan keyin biz not qo'shimchasini qo'shsak, gapimiz negativ bo'lib qolar ekan. Endi mana shu gapimni xulosadan qilib bitta boyagi men studentmasman deb yozib ko'raylik, keyin original javobiga qaytamiz. Okey aytganimdek, I am not a student, ya'ni men studentmasman. I am a teacher. Ko'ryapsizlarmi, mana bitta negativ gap aytyapman, men studentmasman. Keyingi gapim pozitiv deyapti, men doktorman. Keyingisi, you are not a teacher. You are a taxi driver. Taxi driver bu haydovchi degani. Ya'ni siz o'qituvchi massiz, siz taxi haydovchisiz bo'ladi gapimiz. Okey, keyingi gapimiz. He is not a taxi driver, he is a doctor. U demak, gapimizni tarjimasi, u haydovchi emas, u doktor bo'ladi. Ko'ryapsizlarmi, negativ pozitiv, negativ pozitiv gaplar tuzilyapti. Endi ingliz tilida to be dan savol gap yasash uchun biz to be ni gapimizni boshiga chiqaramiz. O'shanda qanaqa bo'ladi gaplarimiz? Misol uchun savol beraylik, men sizlarga savol beryapman. Siz o'qituvchimisiz? You deb gapirayotganimda to be si are bo'lardi, to'g'rimi? Chunki bizda you are ni oladi. Endi o'sha are ni olib gapni boshiga chiqaraman. O'shanda gapimiz qanaqa bo'ladi? Are you a teacher? So'roq belgisi. Men sizlardan so'rayapman: siz o'qituvchimisiz? Tushunarli-a? Endi qiz bolani o'qituvchimi deb savol bersak qanaqa bo'ladi? O'zinglar bitta qilib oqinglar, pauza qo'yib. Okey, bemalol qilgan bo'lsanglar kerak, juda ham oddiy narsa. Is she a teacher? Tushunarli-a? Okey, bu umuman qiyin emas. Odam bilib olsa, umuman oson narsa. Endi uchta ko'rinishni ko'rib oldik, to'g'rimi?
[11:17]Pozitiv gap, negativ gap, question gap. Videoni oxirida men sizlarga o'zbekcha gap aytaman, o'zbekcha gapni inglizchaga tarjima qilib kommentariyada yozinglar. To'g'ri bo'lsa, men xudo xohlasa hamma kommentariyalarni ko'rib chiqishga harakat qilaman. To'g'ri bo'lsa to'g'ri qilib, agar noto'g'ri bo'lsa, xatolaringizni sizlarga aytib yuboraman nima qanaqaligini. Boya sizlarga you so'zi to'g'risida aytgan edim-a? You so'zi ingliz tilida siz deb tarjima qilinadi. Nimaga? Biz o'rganayotgan ingliz tili bu Britaniyaning ingliz tilisi. Ingliz tili bilasizlar, amerikanskiy ingliz tili bo'ladi, Britanskiy ingliz tili bo'ladi. Biz o'rganayotganimiz sof ingliz tili. Ingliz tili sof bo'lgandan keyin, bu Britaniyaniki bo'lgandan keyin, biz Britaniyani, Buyuk Britaniyani ozgina kulturasini o'rganishimiz kerak. Britaniyaning kulturasini o'rganib, shu narsani bilamizki, ular juda ham samimiy, juda ham yaxshi aristokrat odamlar bo'ladi. O'shaning uchun ular hammani sizlab gapiradi. O'zidan kattani ham sizlaydi, o'zidan kichkinani ham sizlaydi, bolasini ham sizlaydi. Hatto kuchugini ham sizlaydi. Kuchukga qarab you deyotgan bo'lsa, demak uni ham sizlayotgan bo'ladi. Endi bizda savol tug'iladi, hop you ni qachon unda sen deb ishlatiladi degan. Ingliz tilida you so'zi sen bo'lib faqatgina bitta donagina holatda keladi. Endi hozir videoni pauzaga qo'yinglar-da, sizlarga ikki minut vaqt. O'ylab ko'ringlar, qachon you so'zi sen o'rnida kelishi mumkin? Okey. O'ylab ko'rgan bo'lsanglar, eng mana bu studentlarimda ko'p bo'ladigan variantlar qaysi? O'rtog'iga nisbatan aytganda. Aytdim-ku, o'zidan kattani ham, kichkinani ham sizlaydi ular. Unaqa emas. Birovdan jahli chiqqanda, bu juda ham yaxshi variant, birovdan jahli chiqqanda. Chunki hurmatsizlikni ko'rsatib, sani deb tashlayotganday bo'ladimi deydigan narsa. Yo'q, hurmatsizlikni ham emas. Okey, uchinchi variantimiz to'ppa-to'g'ri variantimiz. Ingliz tilida you so'zi faqatgina xudoga nisbatan birlikda ishlatiladi. Bu savolga nega deb savol berganda, aniq javobini bilmayman, lekin menimcha odamning dini qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, odam o'zi uchun xudoni bitta deb biladi. O'shaning uchun ham, biz misol uchun, alhamdulillah, ko'pchilik musulmon bizning yurtimizda. O'shaning uchun biz Allohni bitta deymiz. Xristianlar ular Isoni bitta deydi, buddistlar ham Buddani deydi. Mana shunaqa qilib hamma o'ziga xudoni bitta deb bilganligi uchun, hamma xudoga nisbatan you deyotganda sen deb aytgan bo'ladi. Endi uni biz qayerdan bilib olamiz, odam you deb xudoga aytyaptimi yo'qmi, boshqami? Bunda biz gapimizning ma'nosiga e'tibor beramiz. Misol uchun biroruni bir chekkada ko'rib turibsizlarda, kimdir duo qilyapti. Va duo qilayotganda xudodan so'rayapti: ey xudo, menga nimadur, nimadur ber deb. O'shanda xudoga nisbatan you deb gapirayotgan bo'lsa, biz uni ma'no jihatdan sen deb aytayapti deb tushunamiz. Uni talaffuzi ham, yozilishi ham bir xil bo'ladi, bir xil you deb yoziladi. O'shaning uchun gapimizning ma'nosiga qarab biz aniqlab olamiz. U birlikda kelyaptimi, ko'plikdanmi? Faqatgina xudoga nisbatan you deyotgan bo'lsa, bo'ldi, u sen. Qolgan hamma kimdir sizlarga you deyapti, mana men sizlarga you deyapman. Sizlar yana bitta o'zinglar o'tirgan bo'lsanglar ham, sizlarning hurmatlaringizni qilib men sizlayapman. Agar sizlar ko'pchilik bo'lib o'tirgan bo'lsanglar ham, men sizlarni o'z-o'zidan sizlayotgan bo'laman. Ko'p bo'lganinglar uchun va hurmat qilganim uchun ham. Okey. Shunaqa narsa. Endi bolalar, sizlarga savol to be bo'yicha. Bolalar, o'rtoqlar ko'nglinglarga kelmasin, mana shu o'quvchilarimga bolalar deb gapiraman, katta yoshlilarga ham shunaqa qo'yayotganim yo'q, iltimos. Sizlarga savol. Mana to be ni qanchalik tushungan-tushunmaganinglarni bilish uchun. To be ga endi bitta misol qilib, sizlarga savol beraman. My name is degan gapni hamma biladi. Ingliz tilini yaxshi o'rganmaganlar ham biladi. My name is misol uchun men o'zim to'g'rimda misol qilib, my name is Bekhzod. Endi sizlarga savol. Nega my name is Bekhzod gapida men is to be sidan foydalanyapman? Hozir pauza qilib, bir minut o'ylanglar va to'g'ri variantni keyin men sizlarga to'g'ri javobini aytaman. Pauza. Okey. Gapimizda my name is bo'layotganligining sababi, men boshida aytdim, gap to be, gap kim yoki nima to'g'risida ketayotganligini aniqlash uchun ishlatiladi deb. My name is so'zida gap ism to'g'risida ketyapti. Ya'ni name so'zi to'g'risida. Name so'zi bizda nima? Name bu jonsiz narsa, to'g'rimi? Jonsiz narsa bo'lgandan keyin, biz bu narsani ingliz tilida it deymiz, predmet narsa, to'g'rimi? Chunki ingliz tilida name, ya'ni ism degan, chunki bu faqat tushuncha, unaqa ism degan narsa yo'q, uni hech kim ko'rmagan-ku. O'shaning hisobiga biz name tushuncha bo'lganligi uchun uni it deymiz. It bizda qaysi to be ni oladi? Is to be sini oladi. O'shaning uchun my name is Bekhzod. My bu mening degani, buni I ga hech qanaqa aloqasi yo'q. I bu men, my bu mening. Misol uchun agar I kelganda biz M ni olsak bo'lardi. Lekin bu yoqda bizda gap name to'g'risida ketyapti. Mening ismim Bekhzod. Men Bekhzod emasman. Mening ismim Bekhzod bo'layotganligi uchun, men is to be sidan foydalanyapman. Agar I am Bekhzod bo'lganda, unda men M to be sidan foydalangan bo'lardim. O'shanda gapimning tarjimasi men Bekhzodman bo'lardi. Lekin my name is Bekhzodda, mening ismim Bekhzod bo'ladi.
[16:19]Okey, mavzu hammaga tushunarli degan umiddaman. Savollaringiz bo'lsa kommentariyaga yozinglar. Bundan buyog'ini ham ingliz tilini bosib olib ketinglar, o'rtoqlar. Hammaga rahmat.



