Thumbnail for 🔴Oʻzbekiston iqtisodi qay ahvolda? #fikratuz by Fikrat

🔴Oʻzbekiston iqtisodi qay ahvolda? #fikratuz

Fikrat

25m 32s1,891 words~10 min read
YouTube auto captions
Transcript source

YouTube auto captions

This transcript was extracted from YouTube's auto-generated caption track. The transcript below is server-rendered so it can be read, searched, cited, and shared without opening the original YouTube player.

Timestamped outline
Pull quotes
[0:30]Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, bosh direktorining birinchi o'rinbosari, lekin biz bugun Abdulla aka bilan gaplashib oldik erkinroq gaplashish uchun.
[0:30]Umuman studiyada savollarimizga javob berishlari uchun bugun ular davlat davlat idorasi xodimi emas, amaldor emas, iqtisodchi olim sifatida savollarimizga javob beradilar.
[0:30]Chunki, chunki siyosat degan narsa bor, hurmatli muxlislar, nimalardir aytiladi, nimalardir aytilmaydi.
[0:30]Bu siyosat, ya'ni hamma narsa ochib tashlanmaydi o'zi, lekin olimlarga ruxsat bor, shuning uchun bugun bizning savollarimizga iqtisodchi olim sifatida javob beradilar.
Use this transcript
Related transcript hubs

[0:30]Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar. Fikrat tahlil dasturining navbatdagi soni efirda. Studiyada doimiy ekspertimiz, iqtisodchi olim Abdulla Abduqodirov. Hozir rasmiy lavozimlarni aytib o'taman, lekin bitta ogovorga bor ichida. Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, bosh direktorining birinchi o'rinbosari, lekin biz bugun Abdulla aka bilan gaplashib oldik erkinroq gaplashish uchun. Umuman studiyada savollarimizga javob berishlari uchun bugun ular davlat davlat idorasi xodimi emas, amaldor emas, iqtisodchi olim sifatida savollarimizga javob beradilar. Chunki, chunki siyosat degan narsa bor, hurmatli muxlislar, nimalardir aytiladi, nimalardir aytilmaydi. Bu siyosat, ya'ni hamma narsa ochib tashlanmaydi o'zi, lekin olimlarga ruxsat bor, shuning uchun bugun bizning savollarimizga iqtisodchi olim sifatida javob beradilar. Abdulla aka, xush kelibsiz, assalomu alaykum. Assalomu alaykum. Abdulla aka, bugun noodatiy boshlamoqchiman ko'rsatuvni. Muxlislaringiz judayam ko'p, o'zi umuman Fikrat tahliliy dasturida qayta chiqishni boshlaganingizdan judayam xursand ular. Va ularning savoli bilan boshlasam bo'ladi. O'zi umuman O'zbekiston iqtisodi haqida ko'rsatuvimiz, lekin ularning savollari. Abdulla aka, shu savolga hech javob topa olmayapman. Aytingchi, nega dunyoda neft narxi sezilarli pasayib ketsa ham, O'zbekistonda iste'molchilar hech narsani sezmaydi? Qizig'i, ba'zan oshganini kuzatamiz. Birinchidan, O'zbekistonda neft qazib chiqarish hajmlari O'zbekistonni o'zini iste'mol darajasiga yetarli emas. Biz doimo netta importyor bo'lamiz, ya'ni doim neft va neft mahsulotlarni import qilib kelganmiz, birinchi sabab shu. Ikkinchidan, neftni narxi tushgani bilan, ko'tarilgani bilan, u neftni qayta ishlash xarajatlari doimiy bo'lib qoladi. Va hech qachon haligi neftni qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar, masalan, benzin, kerosin va boshqa aytaylik, o'sha mazut ishlab chiqaradigan korxonalar hech qachon o'zini foydasidan voz kechmaydi. Chunki u raqobat kuchli bo'lmagan bo'lgan taqdirda ham bunaqa korxonalar odatda butun mamlakatda bo'lsa, bir besh-oltita bo'ladi va ular o'zini bozordagi mavqeyidan to'la foydalanadi. Endi ularni, bizda masalan, ikkita neftni qayta ishlash korxonasi bor, Jizzaxda ham mana uchinchisi bo'lgan. Lekin ularni, aytaylik, neftni olib kelib, neftni qayta ishlab va bozorga tayyor mahsulotni olib chiqish xarajatlari yoki to'g'ridan-to'g'ri neft mahsulotlarini import qiluvchi kerosin yoki benzinni import qiluvchi korxonalarni, aytaylik, o'rtasidagi raqobat qanchalik kuchligini men aniq bilmayman. O'ylaymanki, bu sohada raqobat judayam kam, aslida uch-to'rtta guruhlar o'tirib olgan bu biznesga va bu guruhlarda o'rtasida qandaydir kelishmovchilik alomatlari bor. Lekin uni isbotlab berish judayam qiyin. Chunki bizning antimonopolya komitetimizga ham isbotlash uchun aniq dalillar kerak. Bozorda shunday, nima desam ekan, yashirin kelishuv degan alomatlar bor, lekin bizning qonunchilikda hali yashirin kelishuvni isbotlab beradigan mexanizmlar hali ishlab chiqilmagan. Buning uchun judayam katta, ko'p yillar davomida kuzatuvlar kerak bo'ladi, judayam ko'p insayder ma'lumotlar kerak bo'ladi, uning uchun aniq bilishingiz kerak, bozorga bozorga kirib kelayotgan o'yinchilarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi qanday bo'lyapti, boshqalarda qanday tannarx, shuning uchun u judayam katta haligi isbot bazasini talab qiladigan narsa bo'lgani uchun va ko'pincha bu narsa sud qarorlari bilan amalga oshiriladi, shuning uchun ham.

[4:08]Rahmat, Abdulla aka. Endi savollar judayam ko'p. Endi mavzuga kirishdan boshlaymiz. Demak, mustaqil bo'lganimizga 33 yil bo'ldi. Bilaman, savollar sizga doim qiyin. Aytasiz, ataylab qilasizmi deysiz, lekin majburman bu savolni berishga. 91-yildan boshlab mana 33 yil o'tdi, deylik. Mana birinchi chorak asrni agar ko'proq e'tiborga oladigan bo'lsak, iqtisodiyot unaqa judayam zo'r bo'lib ketmadi. Endi ko'p narsa solishtirishdan ma'lum bo'ladi. Mana Qozog'istondagi Qozog'iston iqtisodiyotini statistikasini berishganda 455 000 faol tadbirkorlik subyektlari bor ekan. Yo'q uzr. O'zbekistonda 455 000, Qozog'istonda 1 million 818 000. Bizdan to'rt barobar ko'p faol tadbirkorlik subyektlari bor ekan. Aholisi esa deyarli ikki barobar kam ekan. Men qozoq qardoshlarimiz uchun xursandman. Malades, rivojlanishyapti, rivojlanishayotgan bo'lsa, marhamat. Men faqat nega bizni ko'rsatkichlar bunchalik past, bunchalik ortda qolib ketgan? Abdulla aka, masalan, birinchi chorak asr. Axir start pozitsiyamiz bizda shunaqa farqmidi? Qanaqa farqmidi, start pozitsiyada, ya'ni 91-yil? Yo'q, start pozitsiyamiz deyarli bir xil bo'lgan, hatto bizda ustunlik ham bo'lgan, chunki o'sha paytda eng og'ir muammo oziq-ovqat xavfsizligi bo'lgan. Oziq-ovqat xavfsizligi masalasida O'zbekiston boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha yuqori pozitsiyada bo'lgan, chunki biz Ya'ni, birlamchi masalani hal qildingiz. Birlamchi masala hal qilib bo'lmagan-ku, lekin hal qilishga hamma asoslari bo'lgan. Chunki bizda qishloq xo'jaligi faoliyati ancha rivojlangan bo'lgan va u rivojlangan

[5:49]mana shu bug'doyni doim import qilib kelganmiz, lekin bug'doydan tashqari hamma narsani biz o'zimiz ishlab chiqarganmiz, qishloq xo'jaligida. Go'shtni ham birozgina import qilganmiz-u, lekin asosan, asosan boshqa mahsulotlar ham biz o'zimizga o'zimiz yetarli darajada ishlab chiqarganmiz, ya'ni start pozitsiyamiz boshqalardan kam bo'lmagan, ustun bo'lsa bo'lganki, kam bo'lmagan. Endi faqatgina korxonalar soni bilan hozirgi kunda eshitilgan yutuqlarni solishtirish ham noto'g'ri. Chunki, aytaylik, endi agar siz Qozog'iston bilan solishtiradigan bo'lsangiz, men ham Qozog'iston bilan solishtirishga majburman. Qozog'iston o'zini hududi bo'yicha butun dunyoda to'qqizinchi o'rinda turadi va uni yalpi ichki mahsuloti biznikidan uch barvargina katta. Biz Qozog'istonni hududidan ancha-ancha kichkinamiz, aholimiz ancha-ancha ko'p, lekin baribir bizning iqtisodiy ko'rsatkichlarimiz bo'yicha Qozog'iston bilan yaxshi raqobat qila olamiz. Va aytaylik, yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga ta'siri ko'rsatkichlar masalasida, keyin umumiy aholini turmush darajasi, ayniqsa, men uchun eng muhim daraja, muhim ko'rsatkich. Aholining umumiy turmush darajasi ko'rsatkichlarida biz boshqalardan ortda qolmayapmiz judayam sezilarli darajada, lekin baribir undan yaxshi bo'lishi mumkinmidi degan savollar qo'yadigan bo'lsangiz, ha, mumkin. Ancha potensialimiz bor edi, imkoniyatimiz bor edi. O'tganki ko'rsatuvda aytib o'tgan edikki, biz 1990-yildagi iqtisodiyotimizning hajmini 2011-yilga kelibgina erishdik, esingizda bo'lsa. Ya'ni 20 yil orqaga ketganmiz. Buning sababi nima deb so'raydigan bo'lsangiz, men iqtisodchi sifatida aytamanki, o'zbek so'm kuponini va o'zbek so'mini kiritishda judayam katta qilgan xatolarimiz.

[7:56]Endi postkommunizm bolalik

[8:09]Ya'ni aytmoqchimanki, boshqaruvda biz judayam katta, iqtisodiy boshqaruvda ham, siyosiy boshqaruvda ham judayam katta xatolarini qilganmiz. Chunki bitta narsani inobatga olishimiz kerak. Sotsializmdan kapitalizmga yoki boshqa bir tizimga o'tish tajribasi ko'p mamlakatlarda yo'q. Bizda o'zi aksincha O'zi aksincha bo'ladi-da. Ko'pincha, haligi kapitalizm, yo bozor iqtisodiyotidan sekin sotsializmga o'tib ketadi. Shunday. Bizda bu bu tajriba hech kimda dunyoda deyarli bo'lmagan va uni hech kim bilmasdi. Mana bunaqa qilsang to'g'ri bo'ladi, mana bunaqa qilsang noto'g'ri bo'ladi. Har kim o'zini bilganini, bilimi doirasida ish tutib, siyosiy irodasi va iqtisodiy aqli bo'yicha ish tutadi va turli xatolarini qilishga mahkum va bu xatolar, men aytamanki, haligi Ленинни bitta nimasi bor edi, детский болезнь коммунизма деген. Ya'ni kommunizm, endi postkommunizm bolalik bolalikday bosib o'tadigan kasalliklari o'ziga xos. Immunitetini, immuniteti to shakllanguncha bu kasalliklar bo'ladi. Bu kasalliklar orasida birinchi bizda o'ta markazlashtirilgan hokimiyatdagi judayam qattiq ishonish va judayam qattiq unga haligi e'tibor berish kasallik. Mana shuning orqasida judayam ko'p bizda raqobat o'lgan va bu raqobatni yo'qligi hamma sohalarda, hamma jabhalarda ko'rinadi.

[11:26]Abdulla aka, mana siz aytdingiz tajriba vaqt yetishmasligi. To'g'ri, chunki hech kim 80-yillarning oxirida hech kim kutmagan birdan bunday o'zgarishlar bo'lib ketishini, tizim o'zgarib ketishini, ya'ni 70 yil davomida qurilganini bir kunda o'zgartirishni to'g'ri kelishini. Bu tushunarli, lekin, lekin dunyoda shunday davlatlar bor ediki, ular ham mustamlakadan chiqqan, masalan, Malayziya, deylik, yoki umuman noldan ko'tarilgan Janubiy Koreya kabi mamlakatlar bor edi-ku. Ularni Singapur, masalan, to'g'ri, juda kichik davlat-ku, lekin men ko'proq shu Malayziya, Janubiy Koreya va Turkiya misolida, ya'ni ular mana shunday o'zgara oldi. Bizda nega bunday bo'lmadi? Buni birinchi navbatda siyosiy sabablari bor. Aytganman, aytish mumkin-ki, birinchi, siyosiy boshqaruvda bizda yakka hokimiyatlik judayam katta rol o'ynaydi.

[13:00]Va hali bilmadim, uni endi siyosatchilar aytish kerak, qanchalik bizni xalqimiz o'sha aytaylik, hokimlar va turli lavozimlarni saylashga tayyorligini darajasini, men iqtisodchi sifatida bunga baho berishim qiyin, lekin birinchi navbatda, men ko'rishim mumkin-ki, iqtisodchi sifatida bizda har bitta jabhalarda raqobat yo'q, ayniqsa, iqtisodiyotda raqobat yo'q. Bir ikkinchidan, o'ylaymanki, iqtisodiy boshqaruvda bizda judayam ko'p ko'rganman, haligi bitta modelda o'sha boshqaruv modelini ushlab olsang, unga xuddi haligi bir injilga qaraganday qaraydi. Bu ham noto'g'ri, chunki agar ko'rib turibsan-ki, bu model o'zini oqlamadi va turli-turli yomon oqibatlarga olib kelyaptimi, undan tezroq voz kechib turib, boshqa variantlarini ko'rish imkoniyatlariga biz ko'proq tayyor bo'lishimiz kerak. Uchinchisi, bizda haligi nima desam ekan, islohotlar deb ko'pincha ikkinchi darajali narsalarga ko'p e'tibor beramiz-da. Eng muhim darajalar, hamma aytgan, olimlar aytgan muhim ahamiyatga ega bo'lgan masalalarni nimaga chetlab o'tishga harakat qilamiz. Baholanki, muammoni ildizi asli o'sha yerda. Masalan, agar siz bugungi, masalan, byudjet taqchilligini o'shib ketishi va siz eslatib o'tdingiz O'zbekistonda 550 000 tadan korxonalar soni deb, nimaga tadbirkorlik shunchalik rivojlanmagan deb aytadigan bo'lsangiz, men aniq aytaman, 2019-yilda qilgan fiskal islohotlarimiz va 2015-yildan boshlangan inflyatsiyani jilovlash degan mexanizmlarni amalga oshirganmiz. Shu ikkita narsa tadbirkorlikni bo'g'ib tashlagan bizda. Uni men ko'rsatib berishim mumkin, sobitqadamlik bilan har bittasini, har bitta gapimni. Agar kimdaki, yo'q, qarshilik bo'lsa, unaqa emas desa, mayli, marhamat, men har qanday haligi nimalarga tayyorman, muloqotlarga va o'zimni pozitsiyamni ko'rsatib berishga, raqamlarda ko'rsatib berishga men tayyorman. Shuning uchun bu ikkita narsa, agar bittasi bo'lib, bittasi keyinroq bo'lganda ham mayli edi, bular bir-biriga ustiga nalazhit nima qildi, yopirildi.

[17:54]Xo'p, bir kun hammasini natsionalizatsiya qilamiz deyishibdi. Endi natsionalizatsiya qilganingiz bilan, xo'p, natsionalizatsiya qilganingiz bilan xo'p, natsionalizatsiya degani, bu hamma narsani davlat hisobiga o'tkazish degani. Biz bu rejimda 70 yilda yashadik. Nima? Davlat boshqalardan ko'ra yaxshiroq boshqardimi hamma aktivlarni? Yo'q, unaqa emas. Gap u mulk kimning qo'lida emas, mulk kimning qo'lida egaligida emas, bu mulk qanchalik samarali boshqarilishida. Shuning uchun natsionalizatsiya qilish, balki ba'zi hollarda kerakdir, masalan, eng strategik aktivlarni, o'sha aytaylik, gaz, neft va boshqa temir yo'llar, aytaylik, va transport, energetika sohasidagi, suv sohasidagi aktivlarining bo'lishi muhimdir. Lekin boshqa aktivlarni ushlab turishdan men hech qanaqa matni ko'rmayman. Abdulla aka, demak endi blitz tarzida o'tamiz. Xo'p. O'zbekistondagi qaysi institutsional tuzilmalar iqtisodiyotimiz rivojiga xalaqit beryapti? Yoki yaxshi ishlamayapti deb hisoblaysiz? Bor institutsional tuzilmalar bunday deyolmayman. Yo'qlarni aytishim mumkin. Bizda bugungi kunda iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Markaziy bank qilayotgan ikkita siyosat o'rtasida judayam katta tafovut bor va bu tafovutni kamaytirish yoki yo'q qilishga intilish bilan biror bir platformani men ko'rmayapman. Eng muhimi shu. Bular bir-biri bilan gaplashishi kerak, bular bir-biri bilan bitta muloqotga kelishi kerak, bular bir-biri bilan qilayotgan ishni bir yosunni olib kelishi kerak, bo'lmasa hozirgi kunda biz xuddi haligi krilof pasyagiga o'xshagan masalada qisqichbaqa, oqqush va baribir nimadir o'rtasidagi uch hammasi tortishib, laqqa baliq u yoqqa tortgan, aravani bunday bo'lyapti.

[22:55]Rahmat. Abdulla aka, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishimiz vaziyatni jiddiy o'zgartiradimi? Yo'q. Jahon savdo tashkilotida mana bugungi kunda Amerika ham bor, Xitoy ham bor, Rossiya ham bor, Jahon savdo tashkilotida. Nima qilyapti bular? Xohlagan paytda haligi o'zini iqtisodiyotini himoya qilish uchun turli noto'g'ri va tarif chegirmalarini qo'yapti, norasmiy sanksiyalar qo'yapti. Ya'ni to'g'ri, bunday olganda o'yin qoidalari o'sha Jahon savdo tashkilotida aniq aytilgan, lekin u o'yin qoidalarini buzishga qanday sanksiyalar yoki buzmaslikka qanday kafolatlar bor, bugungi kunda ular ishlamayapti. Bu bir. Ikkinchisi, xo'p, Jahon savdo tashkilotiga ham kirdik deylik. Biz olib chiqib sotadigan mahsulotimiz qanchalik raqobatbardosh va nimalar ular, qaysi miqdorda ular, qaysi hajmda? Ya'ni bozorga borishingiz mumkin, lekin muhimi bozorga borishingiz emas, muhimi bozorga nima olib chiqib, qaysi narxda so'rashing. Va bozordan nimani sotib kelishingiz mumkinligi. Ya'ni Jahon savdo tashkiloti, bu bir bozorga kirish tartibi. Bunday qilaylik, bu tartib yaxshi bo'ldi degani bilan, sizni bozoringiz yurishib ketdi degan narsa emas, undan katta umid qilishimiz kerak emas. U bitta haligi siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan narsa, lekin iqtisodiy tomoni, agar biz o'shandan foydalanib, biz o'zimizning iqtisodiyotimizni ichki tarif, notarif siyosatimizni to'g'rilab olsak va shunga yarasha ichki raqobatbardoshligimizni oshira olsak va mintaqada raqobatbardoshligimizni oshira olsak, shundagina Jahon bozorida raqobatbardosh bo'la olamiz. Eng muhim xatoyimiz ichki raqobatbardoshlikni kuchaytirmasdan turib, biz Jahon bozorida haqida o'ylaymiz. O'zingni ichingda raqobatbardosh bo'lmagan narsa qanaq qilib Jahonda raqobatbardosh bo'ladi? Abdulla aka, sizga kattakon rahmat. Kelgusi ko'rsatuvimizda ko'rishguncha. Savollar o'zi judayam ko'p. Endi ayrimlari yana boshqa grafiklarni talab qilarkan. Endi taklif bo'lyapti, Abdulla aka bilan endi alohida bir qismini ochib beradigan ko'rsatuvni qilsangiz deyishyapti. Masalan, deylik, ishlab chiqarish bo'yicha holatimiz qanday, umuman O'zbekiston bo'yicha shuni alohida. Savdo-sotiq bo'yicha, xizmatlar sohasida, turizm, hozir shunday so'rashyapti-ki, mana alohida-alohida bitta-bitta ko'rsatuv qilinglar, ya'ni umumiy ko'rsatuvga ulgurmas ekanmiz deyishdi, har bittasini alohida ochib bersalar Abdulla aka, ya'ni biz qanday holatdamiz va asosiysi nima qilishimiz kerak, eng katta berilayotgan savol umid qanday bundan buyog'iga? Rahmat. Kelgusi ko'rsatuvlarda ko'rishguncha salomat bo'ling.

Need another transcript?

Paste any YouTube URL to get a clean transcript in seconds.

Get a Transcript