[0:00]Siz ham ingliz tilini tushunasiz-lekin gapira olmaysizmi? Shunaqa o'quvchilarim bor, haqiqatdan malades bolalar. Ular rosa ko'p ingliz tili bilan shug'ullanadi. Aytilgan vazifani aytilgan vaqtda, xatolarini ustida ishlab, qo'shimchalar bilan birga qilib keladi. O'zi uchun ko'p podkast eshitadi, yangi lug'at yodlaydi, reading qiladi, ingliz tilida kontent ko'radida, lekin baribir shunga qarab gapira olmaydi. Agar sizda ham shunaqa muammo bo'ladigan bo'lsa, bugungi videoda biz qanaqa qilib speakingni muammosini writing orqali hal qilish mumkinligini, Xudo xohlasa, ko'rib chiqamiz. Avvalambor aqlimiz Ismoil, mana mana bu videosida aytgan input-output to'g'risida gaplashib olaylik. Qancha input qildingiz, input qilganingizdan qancha output qildingiz? Nima u? Input-output bu nima? So'z o'zidan bilib olsak bo'ladi. Input, ya'ni biz biliminni input qilyapmiz. Output, out so'zidan chiqarib yuboribmiz, ya'ni bilimin qabul qilish, o'rganilgan bilimin amaliyotda qo'llash. Ko'pchilik o'quvchilar faqatgina input qiladi. Chunki siz grammatikada ishlayotgan vazifangiz input, qabul qilyapsiz. Readingingiz input, listeningingiz input. Outputda bizda faqatgina writing bor va speaking bor. Biz odatda writinglarni faqatgina berilgan vazifani writingni o'rnini qilamiz. Ya'ni butun boshli bitta unitimizda bir dona writing bo'ladigan bo'lsa, o'shani o'zi bilan bajardimmi, bajardim bo'lib qoladi. Lekin speakingga ko'proq ruh qaratamizda, shunga qaramasdan nimagadir gapirayotganimizda fikr kelishi qiyin. Nimagadir gapirayotgan paytimizda dodirab qolamiz. Bular hammasi bir-biriga bog'liq. Avvalambor output o'zi qanaqa ishlaydi? Bizning miyamizda bitta fikr paydo bo'ladi. Fikrni ifodalash uchun biz so'zlardan foydalanamiz, so'zlar bitta gap yasaydi, u gapni keyin biz ifodalab beramiz. Og'zaki nutqda speakingda bu chainda, bu bu bir-biriga bog'liq bo'lgan zanjir, buni bitta qismini tashlab keta olmaysiz. Ya'ni sizda fikr paydo bo'ldi, ketidan fikr ifodalash uchun siz so'zdan foydalandingiz, so'zlarni combination bizda gap hosil qildi, gapni keyin siz og'ziga yetkazib berishingiz kerak. Speaking paytida bu narsa ozgina muammo, chunki speaking paytida siz bu protsessni tezlashtirishingiz kerak. Ya'ni siz tez o'ylashingiz kerak, tez sizga kerakli payt kerakli so'z kelishi kerak, uni tez qilib qilib chiqarib berishingiz kerak. Nimaga tez? Chunki siz speaking qilyapsiz-da, ana odam sizni soatlab poylab o'tirmaydi-yu fikr yetkazib berishingizni. Bu narsa shoshiladi bizni, shoshirgan hisobiga stressga tushamiz. Stressga tushganimizning hisobiga xato qilamiz, xatoimizni anglab yetib battar stressga tushib maqillab qoladi odam. Xuddi shu protsessni agar biz yozma ko'rinishida qiladigan bo'lsak, yozma ko'rinishida bizni hech kim shoshirmaydi, bizni hech chalg'itadigan faktorlar bo'lmaydi, stress bo'lmaydi. Shu sababdan biz avvalambor fikrni yetkazib berishni yo'lga qo'yib olishimiz kerak. Buning uchun biz writingimizni chotki qilib olishimiz kerak bo'ladi. Endi writingimizni qanaqa qilib zo'r qilib olsak bo'ladi? Buning uchun to'rtta qadam bor. Birinchi qadam, hozir qilishinglar kerak bo'lgan ish, bu mana mana shu videoni tagida kommentariya qoldiringlar, shu video haqida. Ingliz tilida, agar sizlarni akkauntinglar bo'lmasa, kommentariy yozolmayman desanglar, hech qisi yo'q. Daftaringlar olib kelinglarda, faqat hozir bo'lsin, hozir bo'lsin keyin emas. Daftariga shu video haqida fikr yozinglar. Fikrningiz ingliz tilida bo'lsin, o'zinglarning darajanglarda bo'lsin. Yangi lug'at qidirishlar, bundan bir zo'r anlaboq strukturalarni o'ylab topishinglar shart emas. I like this video, I don't like this video, I like the teacher, don't like the teacher, the video is interesting. Mana mana shu narsalar elementarniy narsa, iltimos pauza qilinglar, mana mana shu narsani yozib olinglar. Yozib bo'lgan bo'lsanglar endi sizlarga savol. Shu kommentariyani yoki o'sha daftariga o'sha fikringlarni yozganinglardan keyin ichinglarda qanaqa tuyg'u bo'lyapti? To'g'risini aytinglar, qanaqadir kayfiyatinglar nisbatan ko'tarilgandek bo'lyapti. Chunki men sizlarga ingliz tili o'qituvchisi sifatida vazifa berdim, sizlar vazifani ingliz tilida bajardinglar. Bu yerda hozir qanaqa grammatikadan foydalandinglar, so'zinglar osonmidi, qiyinmidi, to'g'rimidi, noto'g'rimidi, ahamiyatga ega emas. Sizlar ingliz tilida vazifa bajardinglar, organizm dopamin ishlab chiqardi, kayfiyat ko'tarildi. Hamma narsa ingliz tilida mana mana shunaqa arzimagan kichkina-kichkina qadamlardan boshlanadi. Biz birinchi qadamni tashlab oldik, endi qilishimiz kerak bo'lgan ikkinchi stepimiz bu shu kichkina qadamni o'zimizni kunlik bir daily rutinimizga kirgizish. Ya'ni kunlik jurnal tutamiz. Kunlik jurnal nimadan iborat bo'ladi? Kunlik jurnalga biz kun davomida qilgan ishimizni, yoki kecha qilgan ishimizni, yoki ertangi kunga planimizni yozamiz. Maqsad fikrimizni ingliz tilida yozish. Ahamiyatga ega emas bu yerda, siz grammatikani xato qilasizmi, qilmaysizmi, qaysi so'zdan foydalanasiz, foydalanmaysiz, umuman ahamiyatga ega emas. Maqsad fikrni ifodalash. Mana shu elementar vazifa qanchalik zo'r effekt berishini isboti sifatida men sizlarga quvonch bilan taqdim qilaman. Tamam. Bu o'quvchimizni intermediate darajada o'qiyotganida men bularni gruppasiga dars berardim. Men intermediate o'quvchilarimga aytganman. O'zinglarga Telegramda bitta gruppa ochib olasizlarda, kunlik qilayotgan ishinglarni yozib borasizlar, xohlaganinglar og'zaki variantda, xohlasanglar yozma variantda deb. Mana shu o'quvchimizni haftalik qilgan haftalik qilib, intermediate darajani o'rtasidan kelib turib IELTSga tayinlandida bir oygina. IELTSdan 7 olib chiqdi. Hozirgi IELTS bahosi 7,5 va yaqinda Birmingham Universityga 100% scholarship yutib oldim, ya'ni 100% stipendiya yutib ketyapman. Arzimagan vazifani qilganligi uchun. Sizlar ham shu narsani hozirdan boshlasanglar bo'ladi. Jurnal farqi yo'q, u fizicheskiy jurnal bo'ladi, daftar ko'rinishida, yoki sizlar Telegramda bitta kanal ochib olasizlarmi, ahamiyatga ega emas. Qanaqa fikr berishlar ahamiyatga ega emas, grammatika xato bo'ladi, bo'lmaydi, ahamiyatga ega emas. Maqsad elementar fikrlarni ingliz tilida yetkazib berish. Bu aytilgan ish taxminan bir hafta-10 kun bajarganingizdan keyin, uchinchi qadamga o'tsak bo'ladi. Bu tekst yozish. Tekst yozish deganda bizda taxminan bir 100tacha so'zdan iborat bo'lgan paragraf nazarda tutilyapti, xohlagan mavzuyinglarga, mavzu o'zinglarga yoqsin. My perfect day, my dream job ahamiyatga ega emas. Bu yerda qilishinglar kerak bo'lgan narsa, o'zinglarning fikringlarni iloji boricha o'rinli qilib ifodalab berishga harakat qilasizlar. Va muhim tomoni grammatika va so'zlaringlarni spellingga e'tibor berasizlar. Grammatik xatolarni maksimal darajada to'g'irlashga harakat qilamiz, ChatGPTga yozgan narsamizni tekshirtiramiz. Tekshirtirayotganimizda mana mana bu promptdan foydalansak bo'ladi. Bu prompt sizlarga aynan qayerda qanaqa xato qilganinglarni ko'rsatib beradi, men buni opisaniyada ham qoldiraman. Bu yo'l bilan sizlar nafaqat writinginglar, balki grammatikalarni ham yo'l-yo'lakay fiks qilib ketasizlar. Undan tashqari spelling mistakelarni ham fiks qilib, listeningga tayyor bo'lasizlar. Yuqorida aytib o'tilgan vazifani bir hafta-10 kun davomida bajarganingizdan keyin, keyin to'rtinchi final stepga o'tsangiz bo'ladi, bu esse yozish. Esse yozish deganda ko'pchilik o'quvchilar IELTSga, IELTSning strukturasiga, IELTSning qolipiga tushadigan esseni nazarda tutadi. Yo'q unaqa emas. Esse bu siz biror bir topikka nisbatan bo'lgan fikringiz. Esse yozayotganda nimalarga e'tibor beramiz? Birinchi o'chiratda bu topikka to'g'ri tanlash. Men sizga uchinchi qadamda aytdimki, topik o'zinglarga yoqadigan bo'lsin dedim. Endi hozir o'zimizning darajamizda ozgina yuqoriroq bo'lgan bir topikni tanlaymiz. Misol uchun agar siz intermediate darajada bo'ladigan bo'lsangiz, yozsangiz bo'ladi, social media to'g'risida. I social media is harmful degan bitta topik olasz va shu topikga bo'lgan o'zingizni fikringizni berasiz. Fikr berayotganda o'zining konkret ketma-ketligi bor, bu to'g'risida men masterklassda ham o'tgan edim. Ko'rgan bo'lsanglar, mana men sizlarga slaydimni chiqarib qo'yaman, shu slayd bo'yicha ko'rsanglar bo'ladi. Fikr berayotganda birinchi bu biz opinionni beramiz, ya'ni o'zimizni fikrimizni beramiz. Undan keyin biz reasonni beramiz, ya'ni shu fikr qayerdan kelib chiqayotganini, undan keyin misol beramiz, hayotdan olingan va resultini beramiz. Shu narsa nimalarga ko'z qilishini va tabiiy ravishda grammatikamizga va tanlab ishlatayotgan so'zlarimizga e'tibor beramiz. Yuqorida aytib o'tilgan qadamlarni qadamma-qadam bajaradigan bo'lsangiz, taxminan bir oylarda o'zingizda xudo xohlasa o'zgarish sezadigan bo'lasiz. Lekin bitta narsani ham tushunishingiz kerakki, siz bir oyda bo'ldi men o'zgarib qoldim deb bu narsani butunlay tashlab yubormaysiz. Qancha ko'p writingga vaqt ajratadigan bo'lsangiz, shuncha siz word selectioningizni yaxshilab olasiz, ya'ni kerakli so'z kerakli payt keladigan bo'ladi. Tayyor frazalarni siz o'zingizdan shundoq-shundoq pulemyotdek otadigan bo'lib qolasiz, qiyin fikrlarni ham osonlikcha ifodalab beradigan bo'lasiz. Va albatta siz speaking uchun shuncha qilayotgan praktikangiz sekin amaliyotda ko'rinishni boshlaydi.

Nega Tushunasiz, Lekin Gapira Olmaysiz? Yechim — Writing'da
Leap English: Online Academy
7m 35s1,159 words~6 min read
Auto-Generated
Watch on YouTube
Share
MORE TRANSCRIPTS


