[0:01]Isrofgarchilik, dabdababozlik va shuhratparastlik odam, jamiyat, mamlakat va hatto butun boshli millatni vayron qilishi mumkin.
[0:10]150 yil oldin bu mamlakat nihoyatda qashshoq edi. Aholi sonining koʻpligi, sanitariya sharoitining yoʻqligi va shaharlardagi axlat chiqindilarining koʻpligi aholining umr koʻrish davomiyligining pastligiga hamda okean ortiga bo'lgan katta migratsiyaning sababi boʻlgan. Biroq, bir asr davomida hammasi asta sekinlik bilan tubdan o'zgara boshladi. Bugungi kunga kelib, bu Yevropaning eng gullab yashnayotgan, innovatsion va kuchli iqtisodiyotlardan biri. Ushbu mamlakat aholisi esa dunyodagi eng baxtlilardan biri hisoblanadi. Albatta, shuni ta'kidlash joizki, ideal davlatlar yoʻq, ammo ideallikka intilayotgan va unga yaqin boʻlgan mamlakatlar bor. Ana shunday davlatlardan biri bu Shvetsiya. Shvetsiya bugungi kunda boy tabiiy resurslar, samarali shakllantirilgan ichki va tashqi transport infratuzilmalari, yuqori malakali aholiga ega industrial jihatdan rivojlangan mamlakat sifatida tan olingan. Shvedlarning muvaffaqiyat siri nimada? Qanday qilib shvedlar dunyoning eng boy davlatlardan biriga aylandi? Keling, qadrli Uz fakt kanalining tomoshabinlari, buni birgalikda bilib olamiz.
[1:33]Agar siz sayohat qilishni yaxshi ko'rsangiz va ta'tilingizni o'zingiz rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, Avia sales xizmatidan foydalaning. Avia sales yordamida siz dunyoning istalgan nuqtasiga eng arzon narxlarda chiptalarni topishingiz mumkin. Telefoningizga ilovani yuklab oling, yo bo'lmasam saytiga tashrif buyurib, keng funksional xizmatlar hamda avia chipta narxlarining xilma-xilligi bilan tanishib, o'zingiz uchun yaxshi variantni qidirib toping. Avia sales tez va arzon sayohat. Avvalambor mamlakat haqida qisqa ma'lumotlardan boshlaymiz. Shvetsiya Shimoliy Yevropaning Skandinaviya yarim orolida joylashgan mamlakat. Uning maydoni 450 000 kvadrat kilometr. Mamlakatda boshqaruv shakli konstitutsiyaviy monarxiya. Ya'ni bu yerda prezidenti yo'q, davlat boshlig'i qirol Karl 16-Gustav hisoblanadi. Monarx asosan turli xil rasmiy va norasmiy marosim vazifalari uchun kerak. Mamlakatni esa parlament tomonidan saylanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat boshqaradi. Parlament har toʻrt yilda bir marta umumiy ovoz berish yoʻli bilan qayta saylanadi. Shvetsiya temir va yogʻochga boy mamlakat. 19-asr oxiridan boshlab Shvetsiya ushbu foydali qazilma va materiallarni faol eksport qilib keladi. Shuningdek, mamlakat mis, qo'rg'oshin, uran, ruh, oltin, kumush, volfram va boshqa qazilmalarga boy. Mamlakat hududining yarmidan ko'pini zich o'rmon egallaydi. Poytaxti Stokgolm. Bugungi kunda u dinamik dizayn, avangard moda, nafiz oshxona, ilgʻor pop musiqa va kelajak innovatsiyalari uchun jahon markazi hisoblanadi. Gugurt, kiyim zaminogi, yurak stimulyatorlari, ultratovush tekshiruvi, oziq-ovqat mahsulotlarining qog'oz idishi, sog'ish uskunalari, avtomobil xavfsizlik kamari, Spotify musiqa xizmati, Skype, Bluetooth, GPS va boshqa ixtirolar shvedlarga tegishli. Shvetsiya iqtisodiyotida yetakchi o'rinni mashinasozlik, elektronika, kimyo ishlab chiqarish egallaydi. Mamlakat nafaqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi, bu shvedlar uchun yetarli emas. Ular ishlab chiqargan mahsulotlar doimo juda yuqori sifatga ega boʻladi. Aytishadiku Shvetsiyada ishlangan, demak aql bilan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda mamlakat aholisiga nisbatan dunyoga mashhur brendlar soni bo'yicha ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda. Ularning ro'yxati har kimni hayratga soladi. Volvo, Saab, Ericsson, Electrolux, Ikea, Oriflame, H&M, Tele2, Scania, Tetra Pak, Zeva, Astra Zeneca, Libra, Hasselblad, Alfa Laval, bularning barchasini sanab o'tish mushkul. Ularning har biri jahon bozorida yetakchilardan biri hisoblanadi. Shuningdek, mamlakat harbiy sanoat majmuasiga ega ekanligini eslab o'tish o'rinli. Shvedlar manevrli Gripen qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar, suv osti kemalari, kemalar, tanklar, oʻzi yurar gaubitsalar, portativ zenit raketa tizimlari va boshqa harbiy sohaga taalluqli mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, Shvetsiya atrof-muhitni muhofaza qilish hamda havo va suv tozaligi bo'yicha eng ilg'or mamlakatlardan biri.
[4:48]Aytishlaricha, Shvetsiyaning iqtisodiy mo'jizasiga mamlakatning 200 yillik tashqi siyosiy betarafligi sabab bo'lgan. Napoleon urushidan so'ng Shvetsiya urushlarda qatnashmaslikka qaror qilgan edi. Katta urushlar Shvetsiya sanoati va infratuzilmasiga ta'sir qilmagani bois, mamlakat iqtisodiy rivojlangan. Biroq, boshqa fikrlarga ko'ra, mamlakatning iqtisodiy farovonligiga urushdagi betaraflik emas, balki Shvetsiya tubdan yangi iqtisodiy boshqaruvni tashkil etgani uchun mumkin bo'ldi. Bu mamlakatda sotsializm, qirol va demokratiya qandaydir tarzda birgalikda mavjuddir. Shvedlarning demokratiya tizimi Folkhemmet deb nomlanadi. Bu shvedlarning o'rta yo'li, ya'ni kapitalizm va sotsializm o'rtasidagi muvozanat. Folkhemmet mafkurasiga ko'ra butun jamiyat bir oiladek bo'lishi kerak. Shunda hamma mamlakat uchun o'z hissasini qo'shadi va bir-birining shaxsiy hayotini va huquqlarini hurmat qilgan holda bir-biriga g'amxo'rlik qiladi. Shvetsiya muntazam ravishda dunyoning eng baxtli mamlakatlar o'ntaligiga kiradi. Bu yerda yilning sakkiz oyi sovuq bo'lishiga qaramay, mahalliy aholi yaxshi yashash uchun qanday sharoit yaratish kerakligini yaxshi biladi. Bilasizmi, shvedlarning siyosat va hayotdagi farovonligi ularning madaniyati bilan chambarchas bog'liq. Shvetsiya aholisi haddidan oshirmaslik, hamma narsada muvozanatni saqlash, ish va dam olish, shaxsiy va ijtimoiy hayot, foyda va zavq o'rtasidagi muvozanatni saqlashni bilishadi. Hayotni keraksiz narsalar bilan ortiqcha yuklamasdan faqat zaruriyatni qondirish bu shved mentalitetining asosiy xususiyatlaridan biridir. Shvedlar bu turmush tarzini Lagom deb ataydi. Lagom bu milliy xarakter va shvedlarning falsafasidir. Oqilona iste'mol, minimalizm, narsalarning amaliyligi, tabiiy resurslarni tejash, ijtimoiy mas'uliyatdir. Lagom barcha narsada mo'tadillik. Ko'p ham emas, oz ham emas. Aynan keragicha deb tarjima qilish mumkin.
[6:55]Lagom samarali ishlang, lekin shaxsiy hayotingiz hisobidan emas. Kamchiliklarsiz hayot kechiring, ammo hashamat bilan emas. Yaxshi kiyining, lekin shkafni narsalar bilan to'ldirib tashlamang. Balansga erishish uchun biror narsani inkor qilishning hojati yo'q. Faqatgina isrof qilmasdan kerakligini ishlating. Lagom falsafasiga ko'ra uchta arzon narsadan ko'ra bitta yuqori sifatli narsani sotib olish afzalroq. Bu xoh kiyim bo'lsin, xoh mebel, yo uy-ro'zg'or buyumlari, farqi yo'q. Ovqat berilayotganda shvedlar ovqatni har bir odamga suzib bermaydilar. Har kim o'zi xohlaganicha ovqatni o'ziga suzib oladi. Agar siz yeyayotgan taomingiz idishda qolib ketsa, bu lagom emas. Isrofgarchilik. Shvedlar yuqori sifatli materiallardan tikilgan kiyimni afzal ko'rishadi. Bu yerda ham lagom prinsipi ishlaydi. Hech qanday zarlarsiz, minimalistik va maksimal qulaylik. Lagom hashamat va boylikni namoyish qilishni qabul qilmaydi. Kishining bunga bemalol qurbi yetsa ham, qimmatbaho soatlar, sumkalar va hashamatli mashinalar bilan maqtanish haqiqiy shved uchun munosib emas. Aytaylik, ortiqcha ishlab chiqarishni oldini olish uchun shvedlar ikkinchi qo'l buyumlaridan foydalanishdan tortinmaydilar. Velosiped ularning sevimli transport vositasi. Minimalizm sevimli uslub. Tabiiylik sevimli obraz. Bu mamlakatda boshqalarga qaraganda ko'proq ishlash foydasi yo'q, chunki Shvetsiyada dunyodagi eng yuqori soliqlar olinadi. Daromad solig'i 56% gacha yetishi mumkin. Oylik qancha yuqori bo'lsa, soliq ham ko'payib boradi. Har bir qo'shimcha ish soati ishchiga ham, ish beruvchiga ham soliq stavkasini oshiradi. Shuning uchun Shvetsiyada hech kim 12 soatlab, dam olishsiz, ta'tilsiz ishlamaydi. Ha, bu mamlakatda boyib ketish qiyin, ammo o'zingiz va oilangiz uchun bemalol vaqt ajrata olishingiz aniq.
[8:55]Ota-onasi bo'lmagan shved yetimlari bolalar uyida yashamaydi. Bunday uylar Shvetsiyada hattoki yo'q ham. Farzandlar darrov asrab olinadi. Shvetsiyada bolaning otasi ham, onasi ham farzandli bo'lsa yoki bola asrab olsa, to'lanadigan tug'ruq ta'tiliga chiqadi. Ta'til 480 kun davom etadi.
[9:16]Shvetsiya butun dunyo bo'ylab dizayn va arxitektura sohasida yetakchi davlatlardan biri sifatida tan olingan. Mo'tadillik tamoyili bu yerda ham aks ettirilgan. Binolar minimalistik, hech qanday ortiqcha dekorlarsiz, amaliy va funksional hamda shu o'rinda juda-juda chiroylidir. Stokgolm metrosi xuddi shu prinsiplar asosida qurilgan. Tunnellar granit qoyalar ichida o'yilganligi uchun, muhandislar metropoliteni tekislab, bezatish o'rniga shunchaki yorqin ranglarda bo'yab qo'ygan. Bugungi kunda bu dunyodagi eng g'ayrioddiy va unutilmas metrolardan biri.
[9:55]Viktoriya Tower Skandinaviyaning eng baland mehmonxonasi. Bu esa o'z o'qi atrofida aylantirilgan dunyodagi yagona osmono'par bino. Emporia savdo markazi. Shvetsiya shimolida joylashgan daraxtlardagi ajoyib mehmonxona. Shvetsiyani Daniya va Yevropaning qolgan qismi bilan bog'lovchi ko'prik. Muzdan yasalgan mehmonxona. Uppsala Kongress va konsert zali. Globen dunyodagi eng katta sfera binosi. Xullas, bir narsani tushunishimiz kerakki, Shvetsiyada qurilayotgan barcha binolar asosiysi ekologik toza, energiyani tejaydigan va ijtimoiy barqaror bo'lishi kerak. Shvedlar uchun ekologiya, inson va tabiatning yaqinligi deyarli milliy g'oya hisoblanadi.
[10:55]Yaqinda o'tkazilgan so'rov shuni ko'rsatdiki, shvedlarning 40% ekologiya va ifloslanishni eng tashvishli muammolardan biri deb bilishadi. Taqqoslash uchun butun dunyo aholisining atiga 7% xuddi shu statistik ma'lumotlarga ko'ra bu muammolardan xavotirda ekan. Shvetsiya ehtimol bugungi kunda dunyodagi eng ekologik va toza mamlakat. Tanqidli eko faol Greta Tunberg aynan Shvetsiyadan ekanligi ajablanarli emas. odamlar azob chekmoqda, odamlar o'lmoqda, sizlar esa faqat pul haqida gapirasizlar va o'sayotgan iqtisodiyot haqida ertaklar aytasizlar. Bunga qanday haddingiz sig'yapti?
[11:47]Shvetsiya chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha ham dunyodagi yetakchilardan biri. Bu mamlakatda maishiy chiqindilarning 99% qayta ishlanadi. Hozirgi vaqtda eng ilg'or axlat zavodlari aynan Shvetsiyada joylashgan. Chiqindilar bugungi kunda mamlakat isitish tizimida katta rol o'ynaydi. Mamlakatdagi axlatlarning deyarli yarimi issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun zamonaviy zavodlarda yondiriladi. Bu zavodlarda tutundagi zaharli moddalarni o'tishiga yo'l qo'ymaydigan maxsus quruq filtrlar bilan jihozlangani bois, ular atmosferani uncha ifloslantirmaydi. Plastik, qog'oz, oziq-ovqat chiqindilari qayta ishlash yoki bio gaz ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
[12:33]Barcha maishiy chiqindilarning atigi 1% dan kamrog'i esa poligonlarga to'g'ri keladi, chunki bu chiqindilar bilan boshqa hech narsa qilish ilojisiz. Shvetsiyada 2002-yildan beri har qanday energiya ishlab chiqa olishi mumkin bo'lgan axlatni poligonlarga tashlash taqiqlangan. Mamlakatdagi chiqindilar energetik talablarni qoplamagani sababli, shvedlar uchun o'ta defitsit bo'lgan axlat hatto qo'shni davlatlardan import qilinadi.
[13:07]Chiqindilarni qayta ishlash ustida deyarli butun jamiyat shug'ullanadi. Davlat, xususiy kompaniyalar va hattoki har bir Shvetsiya aholisi. Deyarli har bir xonadonda axlatni tashlash uchun kamida to'rtta konteyner bor. Shvedlar chiqindilarni hammaga ma'lum bo'lgan prinsiplar bo'yicha ajratadilar. Organik moddalar, shisha, metall, plastmassa va xavfli chiqindilar, misol uchun batareykalar, lampochkalar va boshqa texnik chiqindilar alohida tashlanadi. Shvedlar yonuvchi gazlar, yoqilg'i va benzinni muomaladan chiqarib, ekologiyani saqlash, havoni zararli chiqindilardan tozalash maqsadida oziq-ovqat va organik axlatlardan bio yoqilg'i ishlab chiqaradi. Mamlakatdagi ko'plab korxonalar, shuningdek, deyarli barcha davlat idoralari bugungi kunda yonuvchi yoqilg'ida ishlaydigan mashinalardan qutulib, elektromobillarga o'tmoqda. Deyarli barcha shahar va shaharlararo avtobuslar esa biyo yoqilg'i yoki etanollarga o'tib olgan.
[14:06]Xulosa qiladigan bo'lsak, Shvetsiya turmush darajasi yuqoriligining sabablariga bu mamlakatda boy va kambag'allar o'rtasidagi tafovut deyarli yo'qligi, aytganimdek, bu yerda maqtanish, hashamatni ko'z-ko'z qilish, noodatiy hol. Deyarli hamma odamlar o'zlarini bir xil darajada his qiladi. Masalan, 3.5 milliard dollarlik boylikka ega bo'lgan Ikea asoschisi Ingvar Kamprad butun umri mobaynida asosan second hand kiyim kiygan hamda eski Volvo avtomobilini boshqargan. U hech qachon o'zini boshqalardan ustun ko'rmagan ekan. Shvetsiyada ta'lim bepul. Meditsina deyarli bepul, iqtisodiyot barqaror. Muhtoj bo'lganlar esa doimo davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Albatta, bularning barchasi odamlarning ertangi kunga ishonchini oshiradi. Baxtli odamlar ana shunday yashaydilar. Hech kimdan hech narsa kutmasdan, me'yorda ishlab, kamtarlik va minnatdorchilik bilan dunyoga qarashadi.
[15:10]Mana videomiz ham o'z nihoyasiga yetdi. Agar video sizga yoqqan bo'lsa, layk tugmasini bosib uni do'stlaringiz bilan albatta bo'lishing. Qandaydir fikr yoki mulohazalaringiz bo'lsa, kommentariyalarga marhamat. Kanalimizga obuna bo'lmagan bo'lsangiz, albatta obuna bo'ling, qo'ng'iroqchani esdan chiqarmang. Shunda siz bizning yangi videolarimizni o'tkazib yubormaysiz. Siz bilan Uz Fakt kanali edi. Keyingi videoda ko'rishguncha xayr do'stlar.



