[0:03]Allahumma la sehla illa ma ja'altahu sehla. Va in shitta ja'altal hazna sehla bi qudratika ya arhamarrahimin.
[0:13]Bismillahir Rohmanir Rohiym. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini volidalari Sobiraxon Hoja Aya xotiralariga bag'ishlab yozgan marsiyalaridan parchalar. Onajonim, volidayi mehribonim. Onajonim, siz dorul-faroni tark ayladib, dorul-baqoga rihlat qildingiz. Badan jismga, moddiy narsalarga bog'liq bo'lgan bu tor dunyo tashvishlarini ortda qoldirib, ufqlar cheksiz bo'lgan, hech qanday moddiy narsaga bog'liq bo'lmagan ruhiy olamga yetishdingiz. Endi men jigarbangingiz, siz azizimni jismingizga, bu moddiy dunyoga tegishli bo'lgan jonibingizga xitob qila olmayman. Endi men jigarbangingiz, siz mehribonim ila faqatgina ko'zim to'la yosh, qalbim to'la sog'inch bilan hayolimdagina gaplasha olaman. Volidayi mehribonim, farzandlar hijronining dardi qanday bo'lishini bilish uchun muhajir farzandlar hijronini totib yashagan ona bo'lishi kerak. Siz onajonimning o'z farzandlaringiz hijroni dardini qanday kechirganingizni bilish uchun esa ham sizni, ham farzandlar hijronini bilish kerak. Chunki siz hamma onalardan boshqacha ona edingiz. Siz farzand hijroning dardini hammadan ko'ra o'zgacha kechirar edingiz. Bizning hijratimiz voqea bo'lganidan so'ng, ko'ngil so'ragani kelganlar ham o'zingizni hol-ahvolingizni so'rab, dardingizni yangilamaslik maqsadida bizdan so'z ochmay, Alloh taolodan hammasi yaxshi bo'lishini so'rab, duo qilib ketishibdi. Mahalla ko'yda, turli marosim va yig'inlarda ham sizning ko'nglingizga tegadigan bir og'iz so'z aytmaslikka harakat qilishibdi. Bir kuni sizning huzuringizda begona bir ayol bilmasdan shu masalada so'z ochib qo'ygan ekan, ovozingiz boricha yig'lab, o'rningizdan turib chiqib ketibsiz. Qiblagohimizning dardlari o'zlariga yetib turgan bo'lsa-da, sizga tasalli berishga harakat qilibdilar. Siz esa kechalari hech kimga bildirmay, bizni chaqirib yig'lar ekansiz. Ushbu tabiat ila yana chidab yurish uchun faqat Allohga bo'lgan ulkan iymon, Allohning roziligidan cheksiz umidvorlik va qazoi qadariga ishonch bo'lishi kerak xolos. Onajonim, volidayi mehribonim. Bizning muhajirlikdagi hayotimiz oldingisidan ko'ra yaxshi kechayotgani haqidagi xabar sizni tinchlantira olmadi. Kelib, bizni ko'rib ketganlarning aytgan gaplari ham sizga tasalli bera olmadi. Siz azizimning Allohning muhabbatidan, payg'ambarimiz alayhissalomning muhabbatidan keyin farzand muhabbatiga to'lib toshgan buyuk qalbingiz bizni o'z ko'zingiz bilan ko'rmaguningizcha tinchitadi. Bizning hijratimizdan keyin kelgan birinchi haj mavsumida muqaddas yerlarni yana bir bor ziyorat qilish baxtiga muyassar bo'ldingiz. Bizni esa o'zingizni ziyorat qildirish baxtiga musharraf etdingiz. Odatdagidek, siz bizni ko'rgani kelganingizda yoki biz sizni ziyoratingizga borganimizda bo'lganidek, har birimizga o'zingizni ta'biringiz ila aytganda arzimagan sovg'a keltiribsiz. Ushbu odatingizni bizga nisbatan mehringiz cheksiz ummon qadar ekanligini ramzi deb bilaman. Onajonim, volidayi mehribonim, haj ibodatidan boshqa vaqtda doimo biz bilan o'tirdingiz. Ikkimiz yolg'iz qolib hasratlashdik ham. Bolaligimdan qolgan odat bo'yicha boshimni tizzangizga qo'ydim. Siz esa boshimni quchoqlab, yumshoq qo'llaringiz bilan siladingiz. O'shanda umrimda eng oxirgi marta shunday baxtli ollarni kechirayotganimni bilmas edim. Bundan keyin umr bo'yi sizning mehr to'la quchog'ingizni qumsab o'tishimni hayolimga ham keltirmas edim. Bundan keyin g'arib boshim va yelkarim umr bo'yi sizning mayin qo'llaringizga zor bo'lib o'tishini bilmas edim.
[5:46]Onajonim, volidayi mehribonim, o'shandagi munavvar yuzingizga termulib boqishim oxirgi boqish ekanini endi umrim bo'yi bu aziz yuzlarga qayta boqa olmasligimni bilmas edim. O'shanda sizni mayus va ma'sum ko'zlaringizga so'nggi bor boqayotganimni, bundan keyin umr bo'yi bu ko'zlar menga, men esa ularga boqa olmasligimni, o'zingizga xos gavdazingizni va o'zingizga xos yurishingizni qirg'in nazarim bilan so'nggi bor kuzatib qolayotganimni bilmas edim. Onajonim, volidayi mehribonim. Siz bizni ko'rib qaytdingiz. Yo'q, siz bizga o'zingizni ko'rsatib ketdingiz. O'sha safaringiz, onalik jasoratingiz, onalik mehringiz, onalik g'ayratingiz, onalik fidokorligingiz, onalik fazilatingiz va yana bir qancha xislatlaringiz majmuasi ekanini endi anglab turibmiz. Onajonim, volidayi mehribonim, men o'zimni didasi qattiq, ko'zdan yosh chiqishi qiyin odamlar qatoriga qo'shib yurardim. Bu fikrim to'g'ri emas ekan. Xabarni eshitganimdan keyin ko'p yig'laydigan bo'lib qoldim. Holimni ko'rgan ba'zi kishilar bir marta qattiq yig'lab yuboring, barcha dardingiz chiqib ketadi deyishdi. Ammo men unday qila olmadim. Yig'lab yurib sizning nomingizdan Baytullohni qayta-qayta tavof qildim. O'sha yerda namoz o'qidim va duolar qildim. Hijriy 1419-sananing 9-muharram kuni edi. Shom namozidan keyin yana Baytullohni sizning nomingizdan qayta-qayta tavof qildim. So'ng Hijri Ismoilda ikki rakat namoz o'qidim. Bu yer ham Ka'bai Muazzamaning ichidan hisoblanadi. Shu sababdan ko'pchilik bu yerda namoz o'qishga alohida e'tibor beradi. Men ham imkon topsam shunday qilaman. Bu safar siz uchun o'sha sharafli joyda namoz o'qidim, duolar qildim. Odatda qo'limdan kelgancha Ka'bayi Muazzamani o'sha Ismoil devori tomonidan quchoqlab istig'for aytib duo qilib yurardim. Bu safar bo'sh joy topib Ka'bayi Muazzamaning devorini quchdim. Odatdagidek, dimog'imga po'shishning xushbo'y hidi urildi. Ammo qiladigan duoyim odatdagidek bo'lmadi. Balki, ey Rabbim, ey Parvardigori olam, ey g'ofuri rahim bo'lgan zot, onajonimni mag'firat qilgin. Volidayi mehribonimni rahmat aylagin deb duo qila boshladim. Shu payt ichimdan bir yig'i keldiki, uni vasf qilishlikka so'z ojiz. Xuddi sinifrogingiz dardini to'kib soladigan makonni endi topgandek edim. Umrimda hech qachon bunday yig'lamaganim o'zimga ayon. Xuddi shu ko'yda Ka'bayi Muazzamani ko'p bor quchib turish, mana 10 yilcha bo'ldiki, har yili bir yoki ikki marta Baytullohning ichiga kirib ibodat qilish, Alloh taologa yolvorish imkoniga ham ega bo'lmoqdaman. Ammo ushbu kunga o'xshash holati hech qachon bo'lgan emas. Men Allohning Baytini quchoqlagan holimda siz azizimga rahmat so'rab yolvorar edim. Shu bilan birga yuzimni bosib turgan Baytullohni devorini xuddi sizning tizzangiz va Ka'bani xushbo'y po'shishini xuddi sizning yumshoq ko'ylagingizdek his qilar edim. Xuddi bir onni o'zida ham Baytullohni, ham onajonimni quchib, ham yuzimni surtib, ham yolvorib, ham erkalanayotgandek edim. Alloh taolodan sizga mag'firat-u rahmat so'rab dildan chiqarib yig'ladim. O'zimni chetga olganimda endi yig'lamasam kerak deb o'yladim. Lekin bu fikrim xato ekanligi keyin ayon bo'ldi. Siz vujudimga joylagan tuyg'ular shunchalik kuchli ekanki, o'zimni o'zim tushuna olmay qoldim. Onajonim, volidayi mehribonim. Siz azizimni dorul-fanoadan dorul-baqoga rihlat qilganingiz xabari yetganidan bir necha kun o'tib, Baytulloh jiyorida turib, siz haqqingizda bir narsa yozishni niyat qilgan edim. Ochiqini aytsam, yaxshi bir narsa yoza olmadim. Umuman farzand uchun ona haqida marsiye yozish oson ish emas shekilli. Endi boshimizga tushgan paytda bu masala yuzasidan biror narsa o'qimaganim, hatto uchratmaganim ayon bo'ldi. Ehtimol, onasi vafot etgandan so'ng unga atab bir narsa yozish oson bo'lmagani uchun ham o'tgan salaf-u soliqlardan biror narsa topa olmayotgandirmiz. Lekin ahd qilganim uchun ko'nglimdagidek chiqmasa ham yozaverishni o'zimga ep bilib, yig'lab o'tirib yozmoqdaman. Oddiy holatlarda bir kunda 10-12 sahifa yozish men uchun hech gap emas edi. Hozir esa bir kunda bir sahifa ham yoza olmay qoldim. So'z topsam jumla topa olmayman. Jumla topsam yig'imni bosa olmayman. Chunki men oddiy narsa emas, siz volidayi mehribonimni eslab yozmoqchi edim. Sizsiz o'tgan kunlarimni yozmoqchi edim. Sizning meni sog'inganlaringizni yozmoqchi edim. Bemorligingizda sizni borib ko'ra olmaganlarimni yozmoqchi edim. Vafotingizdan oldin sizni bir og'iz so'zingizni eshita olmay qolganimni eslab yozmoqchi edim. Vafotingizdan oldin sizga bir og'iz alvido onajonim deya olmaganimni eslab yozmoqchi edim. Chunki siz vafot etganingizda hozir bo'lmaganimni yozmoqchi edim. Siz vafot etganingizda jasadngiz yonida turib, ko'zimdan yosh to'ka olmaganimni eslab yozmoqchi edim. Siz vafot etganingizda ta'ziyangizda ishtirok eta olmaganimni eslab yozmoqchi edim. Siz vafot etganingizda o'z qo'llarim bilan sizni qabringizga qo'ya olmaganimni, qabringiz ustida to'yib-to'yib yig'lab tuprog'ingizni silay olmaganimni yozmoqchi edim.
[12:22]Kech bo'lmasa, siz qo'yilgan qabrni ko'ra olmaganimni eslab yozmoqchi edim. Onajonim, volidayi mehribonim. O'zim sezmagan holda nihoyatda qiyin bir ishni qilishni iroda aytgan ekanman. Ushbu o'zimni ko'nglim to'lmagan satrlarni yozish davomida ko'p narsani anglab yetdim. Avvalo siz azizimga bo'lgan cheksiz muhabbatimni anglab yetdim. Shuningdek, sizni ulug'vorligingizni anglab yetdim. Ha, sizni ulug'vorligingiz kamtarligingizda ekanini anglab yetdim.
[13:03]Sizni ulug'vorligingiz soddaligingizda ekanini anglab yetdim. Ushbu va hozir men ayta olmayotgan boshqa omillar hisobga olinsa, yozayotgan narsam ko'ngildagidek saviyada chiqmasligi turgan gap edi. Shuning uchun o'zimni ma'zur hisob qilib ushbu narsani o'zimiz uchun asrab qo'yishga qaror qildim. Keyinchalik nima bo'lishi Allohga ayon. Onajonim, volidayi mehribonim. Alloh taolo sizni rahmat aylasin. Qabringizni pur nur aylasin. Yotgan joyingizni jannat aylasin. Savol-javobingizni oson qilsin. Qilgan ibodatlaringizni va amali soliqlaringizni o'zingizga hamroh aylasin. Sizni yo'qlab qilayotgan duolarimizni qabul aylasin. Qiyomat kuni yuzingizni yorug' aylasin. O'sha kunda siz anbiyolar, shuhadolar, avliyolar va siddiqalarga hamroh aylasin. Amin.
[14:09]Hijriy 1419-sana, 26-safar, milodiy 1998-yil 21-iyun. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari. Azizlar, eshitganlar hazratimiz va volidai muhtaramalari haqqilariga Qur'on o'qib, duo qilib qo'yishlaringizni so'rab qolamiz. Alloh hazratni ham, volidalarini ham, qiblagohlarini ham o'z rahmatiga olsin.



